O’QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI




Download 31,95 Kb.
bet2/5
Sana06.02.2024
Hajmi31,95 Kb.
#152310
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jalol. T. 13 gur a.d. 1-semestr

1. O’QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI
1.1 Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o’rni
Mutaxassis tayyorlashda o’quv amaliyoti dasturining o‘rni shundan iboratki, elektr uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor kasbi doirasida o’quv amaliyotining tashkil etishning professional ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarida maxsus fanlar kesimida, o’quv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyoti ishchi o‘quv dasturlarini va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish professional ta’lim darajasi (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus)ning o‘qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda asos bo‘lib xizmatqiladi.
O’quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi tegishli mutaxassislik
tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘qitish natijasi belgilangan aniq ketmaketlik asosida va umumiy, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mazkur yo‘riqnomada ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bosqichlariga qo‘yiladigan talablar belgilab qo‘yilgan. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni va dolzarbligi shundan iboratki, kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash va ta’lim dasturlarini amalga oshirishda kasb standartlari va Worldskills standartlari talablariga muvofiq, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni hisobga olgan holda o‘quvchilarni amaliy mashg‘ulotlarini natijalarini baholash bo‘yicha yagona yondashuvga mezoni hisoblanadi.
1.2. O’QUV AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.2.1. Amaliyot mashg‘ulotining maqsadi
“Elektr uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor” kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu amaliyotning asosiy maqsadi O‘zbekiston energetika soxasida yangi texnologiyalar asosida elektr energiyasini ishlab chiqishda elektr jihozlariga teskor va sifatli xizmat ko’rsatish ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashni texnologik jarayonlarini o‘rganadi va boshlang‘ich amaliy tajribani egallash yoki keyinchalik kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos umumiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
1.2.2.Amaliyot mashg‘ulotining vazifalari
Ushbu amaliyot bosqichida har bir o‘quvchi uchun amaliyot uchun ajratilgan 48 soat vaqtni dasturda belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish uchun muhim bo‘lgan amaliy, zarur va yetarli amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun to‘g‘ri taqsimlash. Amaliyot dasturiga muvofiq boshlang‘ich kasbiy tajribani rivojlantirish uchun umumiy elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida sharoit yaratish. O‘quvchini ongli tushunishiga va o‘z faoliyatini baholashga jalb etish uchun ishlab chiqarish korxonalarida sharoit yaratish. Ish beruvchilar umumiy elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va professional ta’lim muasasasi bilan amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan maxsus talablar asosida ish joyini tashkil etish. Amaliyot natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha izohlar berish.
1.3. Amaliyot natijalari va mazmuniga qo‘yiladigan talablar
Elektr energiyasini ishlab chiqishda yangi texnologik jihozlar va asbob-uskunalarni, ish joyini ratsional tashkil etish va jarayonga mustaqil tayyorlaydilar. Ish joyini ratsional tashkil etadilar.Elektr energetika soxasiga va o’z mutaxassisligi bo’yicha yangi texnalogiyalarni o’rganadilar va boshqaradilar. Xorijiy mamlakatlar
energetika sohasini rivojlanish saloxiyatini va tizimdagi yangiliklarni o’rganib boradilar. Elektr energetika tizimidagi apitalc jihozlarga xizmat ko’rsata oladilar. Elektr energetika soxasida ish olib apital davrida ish joyida texnika
xavfsizligi sanitariya-gigiyena qoidalariga va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy
rioya qiladilar.



Download 31,95 Kb.
1   2   3   4   5




Download 31,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI

Download 31,95 Kb.