O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Andijon Viloyati Boshqarmasi Asaka 1-son kasb-hunar maktabi




Download 1,06 Mb.
bet7/15
Sana29.05.2024
Hajmi1,06 Mb.
#256324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Botirova M Photoshop haqida

Dasturning Boshlanishi
1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo'limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to'g'risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi. Tomass vaziyatni o'zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi.

Qizig'i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shug'ullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini ko'rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Jon o'zining «Kompyuter grafikasi asoslari» kitobida shunday yozadi:«Men Tomas ishlarining natijasini ko'rganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o'xshashligini ko'rib hayron qoldim». O'shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan ko'p vaqt o'tmay Jon yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini ko'chirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni o'ylab topdi.

Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg'itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o'tmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o'ylab topdi va ishlov berish asboblar to'plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to'yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo'ldi. O'sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo'lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo'lgan.

1988-yilda «Display»ni «ImagePro» deb nomi o'zgartirildi. Dastur o'sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o'ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o'z dissertatsiyasini tugatmagan, to'liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o'xshash dasturlarni analiz qilishib, o'z dasturlari «Image Pro' ni boshqalardan oldinga o'tib ketganligini aniqlashdi.



Download 1,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 1,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Andijon Viloyati Boshqarmasi Asaka 1-son kasb-hunar maktabi

Download 1,06 Mb.