|
Mavzu: Bulutli texnologiyalar va ulardan foydalanish yo’llari
|
bet | 1/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,85 Mb. | | #242479 |
MAVZU: Bulutli texnologiyalar va ulardan foydalanish yo’llari
Ramazonov X.S.
- Bulutli texnologiyalarining yaratilishi va evalyutsiya jarayoni.
- Bulutli texnologiyaning asosiy model tavsiflari.
- Bulutli texnologiyalar hamda telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining o’zaro integratsiyalari tahlili.
Tayanch iboralar: bulutli texnologiya, model, telekommunikatsiya, tarmoq.
Glosariy - Cloud technology -Bulutli texnologiyalar, Bulutli texnologiyalar bu internet foydalanuvchisiga internet xizmati sifatida kompyuter resurslari taqdim etadigan ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir.
- Cloud computing- Bulutli hisoblash xizmati asosan 3 xil modelga koʻrsatiladi: 1. Infrastruktura xizmati (iglizcha Infrastructure as a Service), platforma xizmati (iglizcha Platform as a Service) va dasturiy vosita xizmati (iglizcha Software as a Service). Bunda infrastruktura xizmati eng quyi xizmat turi boʻlib, qolgan yuqori xizmat turlari ostkilarining detallarini yanada abstraktlash asosida quriladi.
- 2. Platforma xizmati
- 3. Dasturiy vosita xizmati
Axborot texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy ta’minotni o’rni juda ham katta ahamiyatga ega. Dastur to’laqonligicha ishlashi uchun shaxsiy kompyuter minimal tizim talabiga javob berishi kerak. Internet modernizatsiyalashtirildi va server uskunalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga 2008-yildan boshlab shunday g’oya yuzaga keldiki, dasturdan foydalanishda hisoblash tizimlarini birlashtirish va undan yagona manba sifatida foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Hamda (Cloud technology) Bulutli texnologiyar so’zi dunyo miqiyosida keng tarqaldi.
Bir qarashda “Bulutli texnologiyalar” tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizimdagi (serverlar, ilovalar, saqlash tizmlari va xizmatlar) dan tez, qulay, samarali foydalanish imkonini beradi. Faqatgina provayder orqali tarmoqqa ulanganda, ortiqcha urinishlarsiz, tez va aniq taqdim etiladi.
Bulutli texnologiyalardan foydalanish ATda bir qancha ustunliklarni yaratib beradi:
- Tashkilot boshqaruvida hisoblash resurslarini yanada samarali ishlatish mumkin.
- AT infratuzilmani boshqarishni takomillashtirish (shu jumladan, geografik jihatdan) ish boshqaruvida doimiy soddalashtirish va qulaylashtirish;
- tizim konsepsiyasini zahira tarzda saqlash va virtual mashinani migratsiyalash.
- AT infratuzilmani chiqimni kamaytirish, hisoblash resurslari, elektr quvvatlarini tejash.
Bulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan.
2005-yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan xolda bepul tadbiq qildi.
2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC” Windows versiyasini ishga tushirildi.
2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud” yuzaga keldi
|
| |