O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Andijon Viloyati Boshqarmasi Asaka 1-son kasb-hunar maktabi




Download 0,84 Mb.
bet4/9
Sana29.05.2024
Hajmi0,84 Mb.
#256327
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nishonboyev A Sistema va bloklarni tanlash va o\'rnatish

Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi yozilgan bo'ladi

Mana endi bizda Windows OT ni o'rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz.
“BIOS” termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bo’lgan qurilmalarga nisbatan qo’llaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida “PROM” yoki “Boot” terminlari qo’llaniladi.
Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bo’lsa, siz qo’rqmasdan “BIOS” terminini qo’llasangiz bo’ladi.
«BIOS» — bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizim osti tizimidir. Ya'ni, siz kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o'rnatmagan bo'lsangiz ham sizning kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko'rish, qo'shiq eshitishni ta'minlash emas, foydalanuvchi o'ziga mos Operatsion Tizim (OT) ni o'rnatishini ta'minlab turishdir.
“BIOS” kompyuterning doimiy xotirasiga o‘rnatilmaydi, shuning uchun operatsion tizimingiz o‘chib ketsa ham BIOS hech ham o‘chmaydi.
BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni ta’minlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi.
Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi firmalar odatda o‘zlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi:
• F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• F2 + delete — agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• F2+Fn — agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o'rnida qo'llaniladi;
• F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida qo'llaniladi;
• F1 – ba'zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo'llanilishi mumkin;
• Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo'lsa, unda quyidagi kombinatsiyalardan birini qo'llab ko'ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter, Fn+F1, Ctrl+Ins


Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Andijon Viloyati Boshqarmasi Asaka 1-son kasb-hunar maktabi

Download 0,84 Mb.