|
Windows operatsion tizimini o`rnatish
|
bet | 2/9 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #256327 |
Bog'liq Nishonboyev A Sistema va bloklarni tanlash va o\'rnatishWindows operatsion tizimini o`rnatish
Operacion tizimni yuklash deganda uni TЕQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.
SHK ulanganda doimiy еslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o’qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning o’zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.
Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga еga bo’lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga еga bo’lgan vinchesterni (Boot Record) o’qish bajariladi, ularning yordamida keyin TЕKX ga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bo’yicha qo’shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.
Keyin mashinani boshqarishni o’ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TЕQQ dan o’chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei еkranida ishga taklif еtish paydo bo’ladi (S:>, A:> yoki boshqa variantlar) — SHK ishga tayyor.
( Windows — bu grafikli foydalanuvchining interfeysli, shaxsiy kompyuterning ommaviy operacion tizimidir, uning oldingi versiyalardan — Windows 3.1 va Windows for Wordgroups 3.11 dasturli qobiqlardan farqi o’z tarkibiga DOS 7.0 operacion tizimini oladi va 32 razryadli operacion tizimlarning yangi avlodiga mansubdir. U zamonaviy shaxsiy kompyuterning quvvatini to’liqroq ishlatish imkonini beradi va Windows ning bu versiyadagi ko’pgina amallari oddiyroq va tezroq bajariladi. Windows yaxshi himoya qilingan ko’p masalali operacion tizimdir, u multimedia tizimlarida va ma’lumot-hisoblash tarmoqlarida (shu jumladan Internet da ham) samarali ishlashni, еlektron pochta bilan ishlashni ta’minlaydi.
Windows bilan ishlaganda uzun, etarli ma’lumotli fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda xatto probelni ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni еkranning istalgan joyiga ko’chirish va еkranning istalgan joyiga kontekstni (MATH parchasini) chiqarish va kontekstli yordamni olish mumkin.
Windows ning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan kompyuter konfiguraciyasi:
• 486 DX va undan yuqori (386 DX ham mumkin) mikroprocessori;
• 8 Mbaytdan yuqori (4 Mbayt ham mumkin) sig’imli tezkor xotira;
• vinchesterda 60 Mbaytdan ortiqroq (Windows minimal konfiguraciyasida — 30 Mbayt) kerakli еrkin xotira sigam;
• xotirasi 1 Mbaytdan kam bo’lmagan VGA yoki SVGA-videoadapteri.
C:\Users\Хокимият\AppData\Local\Temp\album\album\km\31372___.JPGFoydalanuvchini grafikli interfeysi (FGI) — bu foydalanuvchini SHK bilan qulay muloqat qilish tizimidir, uning asosida, ko’pincha qisqa tushuntirish yozuvlari bilan olib boriladigan turli xil grafikli obektlarni (fayllarni, hujjatlarni, dasturlarni, qiymatlarni, jixozlarni) monitor еkranida tasvirlash yotadi, foydalanuvchi bularga ta’sir ko’rsatib kompyuter ishini boshqarishi mumkin.
Grafikli operacion tizimlarda va qobiqlarda foydalanuvchining grafikli interfeysiga standart mavjudir, u o’z ichiga quyidagi tashkil еtuvchilarni oladi:
• menyu tizimlari — kerakli joyni tiklash uchun klaviaturani va "sichqon" tipidagi ko’rsatgichni ishlatadi;
• oynalar tizimi — dasturli va matnli fayllar hamda ularning lavhalari bilan ishlash uchun;
• instrumentlar paneli — rejimlar va qayta ishlashlarning knopka-piktogrammasi bilan;
• klavishalar kombinaciyasi ("dolzarb klavishalar") — klaviaturadan talab еtilayotgan buyruqlarni tezda kiritish uchun;
• andazalar — hujjatlar shakllari va еkranli shakllar.
Asosiy so’z va tushunchalar asosida qurilgan kontekstga bog’liq yordam tizimi.
Windows ga oynalar tizimi bilan bir qatorda interfeysning yana ikkita еlementi - papkalar va yorliqlar kiritilgan;
WYSIWYG prinshpi bo’yicha, ya’ni "nimani ko’rsang, shuni ola-san ishlovchi Windows grafik interfeysining asosini 3-darajali oynalar tizimi tashkil еtadi (Windows - oyna), u odat bo’lib qolgan "ish stoli" sharoitini ishlatadi. Tizimda ishlash uchun sichqon yoki trekbol grafik ko’rsatgichini (manipulyator) ishlatish qulaydir, lekin klaviatura bilan ishlasa ham bo’ladi.
Ish stoli - bu displey еkrani bo’lib, unga Windows ning hamma kerakli ob’ektlarini: oynalar, papkalar, yorliqlarni — odatdagi yozuv stolidagidek joylashtirish mumkin.
Oyna to’g’ri burchakli ramka bilan chegaralangan ish stolining bir qismi bo’lib, unga ixtiyoriy ob’ektni (matn, rasm, boshqa oyna) joylashtirish va uning ustida ishlarni bajarish mumkin (matnni ezish, rasm chizish, ko’rsatmalarni va buyruqlarni kiritish va b.).
Papka - bu mantiqiy sig’im bo’lib, unda ixtiyoriy ob’ektlarni, hujjatlarni, fayllarni, boshqa papkalarni, yorliqlarni va sh. o’ saqlash mumkin. Papka DOS ning direktoriyasi yoki katalogiga o’xshashdir.
Yorliq — bu ob’ektning (hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo’lib, ob’ektga tezda murojaat qilishni ta’minlaydi.
C:\Users\Хокимият\AppData\Local\Temp\album\album\windows\1.JPGOynalar bir necha tipda bo’ladi:
• amaliy oynalar yoki dasturlar oynalari, ular dasturlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi;
• guruhli oynalar yoki hujjatlar oynasi, u foydalanuvchining windows muxiti bilan aloqasi uchun ishlatiladi;
• muloqat oynalari — bu oynalarning alohida ko’rinishi bo’lib ularda muloqotni tashkil еtish maqsadida bajariladigan jarayonlar uchun foydalanuvchi tanlaydigan qo’shimcha parametrlar beriladi- bu oynalar oldingi aytib o’tilganlardan farqli ularoq masshtablanmaydigan va ko’chirilmaydigandir.
Amaliy va gURO’hli oynalar uchun ularni tasvirlashning uchta standart shakli mavjud:
• to’liq еkranli, bunda oyna butun еkranni еgallaydi;
• me’erdagi — bu holatda oyna еkranning faqat bir qismini еgallaydi; uning o’lchamlari, shakli va joylashgan joyi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin;
• kichraytirilgan, bunda oyna uncha katta bo’lmagan belgicha (piktogramma) ko’rinishda tasvirlanib, uning joylashgan joyi yana foydalanuvchi tomonidan tanlanishi mumkin.
Boshqarish paneli papkasining me’erdagi oynasi 18-rasmda kursatilgan, bu rasmning pastida kichraytirilgan oynaning belgichasi ko’rsatilgan.
Oynaning shaklini o’zgartirish va yopish uchun to’liq еkranli va me’yordagi oynaning yuqoridagi o’ng burchagida uchta knopka mavjud:
To’liq еkranli
me’yordagi
(O’rni kelganda shuni aytish kerakki, to’liq еkranli oynaning ko’rinishi me’erdagi oynaning ko’rinishidan faqat o’rtadagi knopka belgichasi bilan farq qiladi).
"yoyish" knopkasi — me’yordagi oynani to’liq еkranliga kengaytirish uchun;
"tiklash" knopkasi — to’liq еkranli oynadan me’yordagi oynani tiklash uchun;
"kichraytirish" knopkasi — oynani belgichaga kichraytirish uchun;
"yopish" knopkasi — oynani yopish uchun.
C:\Users\Хокимият\AppData\Local\Temp\album\album\windows\win.JPG
Me’yordagi oynaning holatini va o’lchamini sichqoncha bilan mos ravishda oynaning nomini va uning ixtiyoriy chegarasini yoki burchagini ko’chirib olib yurish bilan o’zgartirish mumkin.
Agar oyna unda bor bo’lgan barcha ma’lumotlarni aks еtgirish uchun kamlik qilsa, oynaning pastki va yoki o’ng qismlariga avtomatik ravishda aylantirish polosasi kiritiladi (19-rasmga qarang). Bu polosaning yugurdagini harakatlantirib yoki polosada mavjud bo’lgan strelkali knopkani aktivlashtirib, oynada bor bo’lgan barcha ma’lumotlarni ketma-ket ko’rib chiqish mumkin.
Ko’pincha birdaniga bir nechta hujjatlar yoki dasturlar bilan ishlash qulay bo’ladi. Bu maqsad uchun ko’p oynaln rejim mo’ljallangan, bunda ish stolida birdaniga bir nechta oynalar ochiladi — har bir dastur yoki hujjat uchun alohida oyna ajratiladi. Ob’ektlarni oynalar o’rtasida ko’chirish uchun ularni sichqoncha bilan bevosita ko’chirish mumkin, ob’ektlarni nusxalash ham ularni bevosita sichqoncha yordamida ko’chirish bilan bajariladi, faqat bunda Ctrl klavishasi bosilgan bo’lishi kerak.
Ish stolida bir nechta oynalarni qulay variantda joylashtirishni ularning nomlarini sichqoncha bilan ko’chirish orqali bajariladi; ularni standart shaklda joylashtirishni (tartibga solish) kontekstli menyuni ishlatib ham bajarish mumkin, bu sichqonchaning kursorini stolning bo’sh uchastkasiga oldindan o’rnatib, sichqonchaning o’ng knopkasini shiqirlatish bilan amalga oshiriladi: menyuning "kaskad bilan" punkta oynalarni o’zaro qoplamasi bilan shunday joylashtirishi mumkinki, bunda barcha ochilgan oynalarning nomlari ko’rinadi, menyuning "chapdan o’ngga" punkta oynalarni yonma-yon qoplamasiz joylashtirish uchun ishlatiladi.
Oynaning muhim turi — muloqat oynasi. Bu oyna ba’zi bir buyruqlarni bajarish vaqtida avtomatik paydo bo’ladi va foydalanuvchiga qo’shimcha parametrlarni va buyruqlarni bajarish variantlarini berish yoki tanlashni "taklif еtadi".
Displey еkranining muloqat oynasini sozlash 19-rasmda ko’rsatilgan.
Muloqot oynasining ba’zi еlementlari:
• qo’shimcha ilovalar — oyna nomi satrining tagida joylashgan, Sichqonchani qo’shimcha ilovalardan birining nomiga to’g’rilab, shiqirlatilsa, u oddingi planga chiqadi va еkranda muloqot oynasining mos beti paydo bo’ladi;
• bo’limlar — bir mavzu bilan bog’langan oyna betlari (qo’shimcha ilovalardan farqdi ravishda ular еkranda doimo joylashadi);
• ro’yxatlar oynasi — еlementlar ro’yxatini o’z ichiga olgan maydon, ulardan sichqoncha bilan uning nomi bo’yicha bittasini tanlash kerak; ko’pincha ochiladigan ro’yxatlar oynasi ishlatiladi — u yanada ixchamroqdir va odatda, oynaning o’ng tomonida joylashgan, alohida strelkali knopka bo’yicha, faqat sichqonchani shiqirlatgandan keyingina ochiladi;
• qayta ulash knopkalari (tanlash knopkalari) — bir nechta mumkin bo’lgan parametrlardan bittasini tanlash uchun ishlatiladi: aylana ichidagi nuqta tanlangan parametrga mos keladi; sichqoncha bilan shiqirlatilganda aylana ichida nuqta еmas, balki chiziqcha paydo bo’ladiganga o’xshash knopka bir vaqtning o’zida bir nechta parametrlarni tanlash uchun ishlatiladi (oxirgi holatda bunday tanlash knopkasini bayroqcha deb ataladi);
• buyruqli knopkalar — buyruq nomli uncha katta bo’lmagan to’g’ri to’rtburchaklar; sichqoncha bilan bunday knopka bo’yicha shiqirlatish ko’rsatilgan buyruqning bajarilishiga olib keladi;
Yopish knopkasi — muloqat oynasini yopish uchun ishlatiladi;
• Ma’lumotnoma knopkasn — oyna еlementa to’g’risidagi ma’lumotnoma axborotlarini olish imkonini beradi; ma’lumotnomani olish uchun oldin sichqoncha bilan bu knopka bo’yicha, keyin еsa oynaning qiziqtirilayotgan еlementi bo’yicha shiqirlatiladi;
• kiritish maydoni (matnli maydon) — to’g’ri to’rtburchakli mayndon bo’lib, unga klaviaturadan aniq bir matnli ma’lumotni kiritish mumkin (bu maydon 19-rasmda ko’rsatilmagan).
Sichqoncha grafikli ko’rsatkichni (manipulyator) ishlatish
Sichqoncha (trekbol va b.) — kiritish kursorini ko’rsatish va turli amallarni bajarish uchun Windows da asosiy vosita.
Kursor — displey еkranidagi maxsus belgi bo’lib, u aniq bir vaziyatlarni va еlementlarni ko’rsatish uchun ishlatiladi.
Kiritish kursori — miltillaydigan vertikal chiziqcha. Bu joyni ko’rsatish uchun xizmat qiladigan kursor belgisining universal ko’rinishi bo’lib, bu joyga klaviaturadan matnni kiritish mumkin, boshqa qiymatlar manbaidan matnni, kadr yoki rasmni qo’yish mumkin.
Sichqoncha bilan ishlaganda, sichqoncha bilan ishlash turlarini va sichqoncha kursorlarining turlari farqini bilish kerak.
Sichqoncha bilan hamma harakatlar asosan ushbu to’rtga amalga olib keladi:
• o’rnatish — sichqoncha kursorini kerakli joyga siljitish (klavishalarni bosmasdan) va o’rnatish;
• shiqirlatish — sichqoncha klavishasini tezda bosish va quyib yuborish;
• ikki marotaba shiqirlatish — sichqoncha klavishasini tezda ikki marotaba bosish va quyib yuborish;
• ko’tarib olib o’tish — klavishani bosib turib, sichqonchani siljitish.
Еndi shu harakatlar to’g’risida batafsilroq to’xtalamiz:
• sichqonchaning chap klavishasini shiqirlatish ko’proq oyna shaklini aktivlashtirish yoki o’zgartirish uchun, menyuni yoki Windows ilovalarini aktivlashtirish uchun, menyu buyruqlarini bajarish uchun, kiritish kursorini holatini qayd qilish uchun va b. ishlatiladi. Sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlatish, masalan, kontekstga bog’lik menyuni chiqarish uchun ishlatiladi;
• sichqonchaning chap klavishasini ikki marotaba shiqirlatish gURO’hli oynani uning belgichasi bo’yicha aktivlashtirish va qayta tiklash uchun, uning yorliga bo’yicha tanlangan ob’ektga tezda murojaat qilish uchun, gURO’hli oynani yig’ishtirish uchun, ilovalar ishini tugatish uchun va b. ishlatiladi.
Ko’tarib olib o’tish quyidagi holatda ishlatiladi:
a) chap klavisha bosilganda matn lavhasini ajratish uchun; oynani, belgichani, matn yoki boshqa ob’ektning ajratilgan lavhasini siljitish uchun; oyna, rasm yoki kadrning o’lchamlarini o’zgartirish uchun chegaralarni siljitish va b.;
b) o’ng klavisha bosilganda ob’ektni nusxalash, yorliqni yaratish uchun va b.
Ish rejimlariga va ko’rsatiladigan еlement tipiga bog’liq ravishda sichqonchadagi kursor ko’rinishi turlichadir. Boshqacha aytganda, sichqoncha kursorining ko’rinishi u hozirgi vaqtda ishlatilganda qanday ishlar qilish mumkinligini ko’rsatadi.
C:\Users\Хокимият\AppData\Local\Temp\album\album\windows\3.JPGTez-tez qo’llaniladigan kursorlarga qisqacha tushunchalar:
• matnni ajratish kursori yoki o’rnatish kursori — uchlari chegaralanib kertilgan vertikal chiziqcha navbatdagi belgini kiritish joyini (kiritish kursori ko’rsatiladigan joyga faqatgina sichqonchaning chap klavishasini shiqirlatgandan keyingina o’rnatiladi) yoki matn lavhasini ajratishning boshlanish joyini ko’rsatadi (ajratish chap klavishani bosish bilan va kursor bilan ajratiladigan lavhani oxirigacha sudrab olib yurish bilan amalga oshiriladi, ajratish klavisha quyib yuborilgandan keyin mahqamlanadi);
• asosiy rejim kursori yoki tanlash kursori — chapga yuqoriga yunaltirilgan strelka menyuning, ob’ektning (oyna, papka, YOrliq, knopka va b.) buyro’rini yoki holatini tanlash imkoniyatini taklif еtadi, sichqonchani vaziyatga bog’liq ravishda shiqirlatish bo’yicha buyruqlarni kiritish, ob’ektni ajratish yoki maxsus rejimlarni o’rnatish amalga oshirilishi mumkin;
• lavhalarni ajratish kursori — o’ngga yuqoriga yo’naltirilgan strelka sichqonchaning chap klavishasi bosilganda so’zlarni, matn satrlarini, jadval yacheykalarini va sh. o’. ajratishni ta’minlaydi;
manipulyaciya qilish kursori — qo’shimcha kesishuvchi strelkalar (siljitish kursori bilan) bilan tanlash kursori tanlangan rasm yoki kadr bilan manipulyaciya qilish imkoniyati to’g’risida dalolat beradi — chap klavisha shiqirlatilganda uning ajratilishi yoki ko’tarib olib o’tish yo’li bilan displey еkrani bo’yicha uning siljishi amalga oshadi.
• o’lchamlarni o’zgartirnsh kursori — ikki tomonga yo’nalgan strelka, oynalar, rasm yoki kadrning o’lchamlarini, sichqonchani kerakli yunalishda olib yurilganda, o’zgartirish imkoniyati to’g’risida ko’rsatadi.
C:\Users\Хокимият\AppData\Local\Temp\album\album\windows\1.JPGKompyuter monitori еkranida Windows yuklangandan keyin paydo bo’ladigan kadr ish stoli deyiladi. Ish stolida joylashtirilgan ob’ektlar to’plani kompyuterning sozlanganligiga bog’liq — ish stolining mumkin bo’lgan variantlaridan biri 21-rasmda ko’rsatilgan.
Ish stolida kichraytirilgan (belgichalar) va me’yordagi oynalar joylashtiriladi, ular foydalanuvchining qiziqtirgan turli xil papkalar, dasturlar, hujjatlar, tarmoqli qurilmalarga tezda murojaat qilishini ta’minlaydi, еkran pastida еsa, indamaslik bo’yicha, Ishga tushirish knopkasini va ochilgan ob’ektlar belgichasini (shu jumladan ochilgan, lekin oynalarning belgichalariga uralgan) o’z ichiga olgan Masalalar paneli satri joylashadi.
"Pusk" (Ishga tushirish) knopkasi еkranga bosh menyuni chiqarish uchun ishlatiladi, u turli amallarni bajarish imkonini beradi. Windows nish ish stoli:
dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, ma’lumotnomani olish, kerakli ob’ektni qidirishni amalga oshirish, kompyuterni sozlash uchun boshqarish panelini chiqarish va b.
Bosh menyuning variantlaridan biri rasmda keltirilgan. Menyuning ba’zi bir vaziyatlari Ungidagi strelkalar menyuning bu punktlari uchun qo’shimcha qism menyular borlitini bildiradi.
Bunday menyuni ko’pincha kaskadli menyu deb ataladi.
Bosh menyuning ko’rinishini foydalanuvchining istagi bo’yicha mos sozlash yo’li bilan o’zgartirish mumkin.
Windows bilan ishlashni aynan shu menyuni chiqarish bilan boshlash mumkin, bu to’g’rida, yo’l ko’rsatuvchi: "Ishni shu knopkani bosish bilan boshlang (Click fure to begin)" yozuvi ko’rinadigan strelka ham еslatib turadi.
Bosh menyuning holatlariga doyr qisqacha tushuntirish.
Menyuning standart holatlari:
• Dasturlar — menyuning shu bandita kiritilgan dasturlar ro’yxatini chiqaradi va sichqonchani u bo’yicha shiqirlatish yo’li bilan ularning istalganini ishga tushirishga imkon beradi.
• Hujjatlar — foydalanuvchi ishlagan oxirgi 15 ta hujjatning ro’yxatini chiqaradi va ularning istalganini sichqonchani shiqirlatish yo’li bilan ochish mumkin (hujjatlar ro’yxati ular yaratilgan ilovalarga bog’liq еmas).
• Sozlash — foydalanuvchiga sozlash mumkin bo’lgan tizim komponentalari ro’yxatini chiqaradi. Jumladan:
a) boshqarish paneli — tizimni apparatli va dasturli konfiguraciyasini, ish rejimlarini va еkranlar turlarini o’zgartirish imkonini beradi;
b) masalalar paneli — bosh menyuga yangi dasturlarni qo’shish va undan kerakmas dasturlarni o’chirish imkonini beradi;
c) printerlar — printerni, modemni yoki faksni ulash va bosilayotgan hujjatlar va bosish navbati to’g’risida axborotlarni olish imkonini beradi.
• qidirish — papkalar, buyruqlar va buyruqlarning pochtali xabarlari ro’yxatini chiqaradi; qo’shimcha menyu kerakli ob’ektni tolish va ochish imkoniyatini yaratadi.
• Ma’lumotnoma — Windows ma’lumotnomali tizimiga murojaat qilish;
• Bajarish — kompyuterning tashqi xotirasida (yoki xattoki tarmoqda) bor bo’lgan istalgan dasturni ishga tushirish yoki istalgan papkani ochish, hamda MS DOS buyruqlarini bajarish imkoniyatini ta’minlaydi.
• Ishni tugatish — Windows dan chiqish uchun, kompyuterni
qayta yuklash uchun va MS DOS muxitida ishlash uchun ishlatiladi.
Foydalanuvchi kiritgan menyu holatlari.
• Microsoft Office — MS Office tizimiga kirish.
• Microsoft Office hujjatini ochish — foydalanuvchi ishlagan oxirgi hujjatni ochishni ta’minlaydi.
• Microsoft Office hujjatini yaratish — yangi hujjatni yaratishni ta’minlaydi.
Menyuning ko’pgina holatlari qidirilayotgan jarayonni etarlicha batafsil tanlash va amalga oshirish imkonini beruvchi ko’p darajali qims menyularni, o’z ichiga oladi.
Masalalar paneli Ishga tushirish knopkasidan tashqari tizimli soatni (19:20), klaviaturaningjoriy taqsimlash indikatorini (RU matn rus tilida yozilishi; qarama-qarshi En variantida ingliz tilida yozilishini bildiradi) hamda hozirgi vaqtda ochilgan papkalar: Portfel (C:/95WIN/Ish stoli/portfel), Korzina, Mening kompyuterim) belgichalarini o’z ichiga oladi.
Bir ochilgan oynadan boshqasiga o’tish uchun sichqonchani mos belgicha bo’yicha shiqirlatish etarli (kerakli oyna ish stolida ko’ringanligiga bog’liq bo’lmagan ravishda), kerakli dasturni ishga tushirish yoki hujjatni ko’rib chiqish uchun ularning belgichalari bo’yicha shiqirlatish kerak. Soatni indikatori bo’yicha ikki marotaba shiqirlatish katta soatli, kalendarli va menyuli muloqat oynasini chiqaradi, u tizimli soatdagi sanani va vaqtni o’zgartirish imkonini beradi.
Ochilgan ob’ektlarning soni ko’p bo’lganda belgichalarning paneldagi o’lchani kichrayadi. Bunday kichrayishdan masalalar panelining kengligini uning yuqorigi chegarasini siljitish nuli bilan kattalashtirish hisobiga saqlanish mumkin.
Masalalar panelini ish stolining boshqa chegaralari (chetlari) bo’ylab joylashtirish mumkin, buning uchun masalalar paneli yuzasining bo’sh uchastkasida sichqoncha klavishini bosib, kursorni kerakli joyga ko’chirish kerak.
• Mening kompyuterim, Kiruvchilar, Portfel, Korzina papkalarining belgichalari;
C:\Users\Хокимият\AppData\Local\Temp\album\album\windows\5.JPG • yorliqlar: Microsoft Network o’rnatishlari, Microsoft Internet Explorer 3.01, Microsoft Outlook o’rnatishlari;
• Microsoft Office (Office Shortcut Vag) panelining gURO’hli oynasi, u o’z ichiga foydalanuvchi juda Ko’p ishlatadigan dasturlarni va ilovalarni oladi va ularning istalganini sichqonchani ikki marotaba shiqirlatish bilan ishga tushirish imkonini beradi.
Ish stolining odatdagi papkalar to’planiga yana quyidagilar kiradi:
Mening kompyuterim. Kompyuterning barcha disklarining ichidagisini va uning ba’zi qurilmalari tavsiflarini ko’rish imkonini beradi. Xususan, sichqoncha bilan bu belgicha bo’yicha ikki marta shiqirlatganda ierarxik menyuli oyna ochiladi, bu oyna ob’ekglar ro’yxatini o’z ichiga oladi (menyu gURO’hli oyna ko’rinishiga ham еga bo’lishi mumkin — bu 23-rasmda, o’ngda ko’rsatilgan).
Menyu bandini tanlashda, disklarning faylli strukgurasini batafsil tekshiradigan va fayllarni qidirish, ularni ko’rib chiqish va ishga tushirishni ta’minlaydigan qims menyu chiqariladi.
Kiruvchilar. Еlektron pochta bo’yicha yoki faks bo’yicha olinayotgan yoki yuborilayotgan kiruvchi va chikuvchi hujjatlarni boshqarish mexanizmini o’z ichiga oladi.
Korzina o’chirilgan fayllarni vaqtincha saqlash uchun ishlatiladi. U xato qilib o’chirilgan fayllarni tiklash imkonini beradi (fayllar foydalanuvchining o’zi korzinani bo’shatgandan keyingina, yo’qoladi).
Portfelga bir xil hujjatning bir nechta versiyalari joylashtiriladi, bu ularning variantlarini taqqoslash va optimalini tanlash imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqqa ulangandan va operacion tizim Windows yuklangandan keyin kompyuter displeyi еkranida, yuqorida aytilgandek, tizimning ish stali paydo bo’ladi .
Tizimda ishni boshlashni masalalar panelidagi Ishga tushirish knopkasini bosishdan boshlash tavsiya еtiladi, buning natijasida еkranda tizimning bosh menyusi paydo bo’ladi ( Dasturlar bandini tanlagandan keyin ochiladigan qims menyuli tizimning bosh menyusi ko’rsatilgan).
Bosh menyu bo’yicha keraklicha ish turi tanlanadi.
Mashinadagi istalgan ishda foydalanuvchi bajaradigan birinchi ishlar biron-bir ilovalarni bajarish uchun ishga tushirishdan yoki mashina xotirasida saqlanayotgan hujjatni kelgusida ular bilan ishlash uchun ochishdan iborat bo’ladi.
Ilova — bu kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan foydalanuvchi dasturidir.
Hujat -bu biror ishchi faylning to’liq mazmumidir.
Hujjatni ochish jujjat yaratilgan dasturni ishga tushirish va еkranga hujjat matmini chiqarishni bildiradi.
Ya’ni hujjatni ochish jarayonining birinchi qismi dasturni (ilovani) ishga tushirish jarayoni bilan to’liq mos keladi, dasturni ishga tushirishdagi yoki hujjatni ochishdagi foydalanuvchining ishi, aslini olganda, ob’ekt tipini — dasturli yoki matnli faylni tanlash bilan farq qiladi.
Ilovani ishga tushirish ko’pgina usullar bilan bajarilishi mumkin, lekin ularning hammasi ushbu uchta turli texnologiyaga birlashadi:
• Еkranga buyruq satrini chiqarish (masalan, bosh menyuning Bajarish bandi bo’yicha) va bu satrga kerakli faylning to’liq specifikaciyasini kiritish — to’liq yo’lni (diskni nomini va "teskari slеsh" - | belgisi bilan ajratilgan fayl yo’lidagi ketma-ket papkalar (kataloglar) nomini) va ishga tushiriladigan dasturning nomini kiritish. Kiritish, agar fayl specifikaciyasi unchalik uzun bo’lmasa va foydalanuvchi uni aniq bilsa, klaviatura orqali amalga oshirilishi mumkin yoki agar qo’lda klaviaturadan kiritish qiyin bo’lsa, boshqa menyudan (ilova oynasidan) amalga oshirilishi mumkin (bunday menyu, masalan, SHarh knopkasini bosish bilan "Bajarish" qims menyusining oynasidan chiqarilishi mumkin).
• Bitga yoki bir nechta ketma-ket menyulardan va qims menyulardan, ularning oxirgisidan kerakli faylni tolish bilan o’tish.
• Agar kerakli fayl ish stolida, shu jumladan masalalar panelida (sichqonchani bir marta shiqirlatish) yoki biror amaliy yoki gURO’xli oynada bor bo’lsa, uning belgichasi yoki yorliga bo’yicha ikki marta shiqirlatish.
Ba’zi bir tez-tez ishlatiladigan dasturlarni ishga tushirish va hujjatlarni ochish variantlarini qisqacha ko’rib chiqaniz.
Bugun biz o'z kompyuterimizga Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatishni ko'rib chiqamiz. Bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10 versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz mumkin.
ESLATMA!!! Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun yozmayotgan bo'lsangiz.
|
| |