O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
SMI1A4-GURUH TALABASI
Mustaqil ish
Fan:O’zbek TILINI SOHADA QO’LANISHI
BAJARDI: MAJITOV M
QABUL QILDI: SADULLAYEVA M
REJA:
1.Seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish va uy ishlarini bajarish.
2.O’zbek tilining imlo qoidalari va soha egalaring savodxonligi.
Sohaga oid ijodiy mant yaratish
3.Sohaga oid berilgan mavzu boyicha esse yozish
4.Ish qog’ozlaridan namuna yozish
5.Uslublar va ularning qo’llanilishi yuzasidan matn yaratish
Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish.Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar asosan, talabalarning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini o‘tagan. XX asr boshlarida seminar mashg‘ulotlari talabalrning umumiy ilmiy duyoqarashani kengaytirishda, ularni muayyan fan, tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan.
Ilmiy davrlarda ham olib borilgan tadqiqotning avtoreferati , hisobotlari, ilmiy ma’ruza va ocherklar ham seminar shaklida tashkil etiladigan anjumanlarda soha mutaxassislari e’tiboriga havola etiladi. Bu kabi seminarlarda, odatda, olimlar o‘rtasida ilmiy munozaralar tashkil etiladi. Masalan, 1874 yildan 1875 yilgacha Kiev-Mogilyan akademiyasida professori M.Avenariusius tashabbusi bilan seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar keng qo‘llanila boshlandi.
Seminar (lot. “seminarium” – 1) bilimlarni ko‘chirib o‘tkazish; 2) manba, maskan) – OTM tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining muhim shakllaridan biri
U o‘quv fani bo‘yicha dasturda belgilangan mavzu bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida muhim, bir qadar murakkab masalalarning muhokamasini tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi. Seminar mashg‘ulotlari chog‘ida talabalarning nazariy bilimlari boyiydi, ularda mustaqil fikrlash, axborotlarni izlash va tahlil qilish , bahs-munozaraga kirishish, muammo yuzasidan to‘g‘ri xulosalarga kelish, o‘z fikrini ilgari surish va uni himoya qilish qobiliyatlari rivojlanadi.
Seminar mashg‘ulotining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimini real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. Shu sababli seminar mashg‘ulotlari talabalarni ta’lim jarayonida faol qatnashishga jalb etish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Mashg‘ulot maqsadiga erishish uni tashkil etish jarayonida qator vazifalar hal etilishi lozim. Ular seminar mashg‘ulotining funktsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
O‘quv mashg‘ulotining bu shakli muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ya’ni:
nazariy ma’lumotlarni tartibga solish va mustahkamlash
mavjud bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
amaliy hamda tadqiqot ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish;
- talabalarningo‘quv-bilishfaoliyatininazoratqilish
Bu kabi mashg‘ulotlarda pedagog va talabalar o‘rtasidagi faol muloqot asosida mavjud nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish uchun talab qilinadigan zarur shart-sharoit ta’minlanadi.
Seminar (lot. seminarium — koʻchatxona; maktab) —1) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri.
Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza, i.t.ning muhokamasidan iborat. S, albatta, mavzuni ilmiy tadqiq etgan professoroʻqituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti harakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, institut hamda xalq xoʻjaligi sohalarida keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi.
Taʼlimning S. shakli darslar, asosan, bahsmunozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va Qad. Rim maktablarida vujudga kelgan. 17-asrdan boshlab Gʻarbiy Yevropa universitetlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllanilganligi S.ning taraqqiyoti va hozirgi shaklga kelishida muxim oʻrin tutadi.
Zamonaviy S.lar muayyan predmetni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan. S. mashgʻulotlari davomida talaba (oʻquvchi)lar ilmiy ish yuritish tajribasi, oʻz xulosalarini ogʻzaki va yozma ravishda ifodalay olish hamda nuqtai nazarlarini asosli himoyalash malakasiga ega boʻladilar. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud: muayyan kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan S.; kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan S; ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. S. mashgʻuloti oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir. S. mavzulari tegishli professoroʻqituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlanadi. S. mavzusini qiziqishlariga koʻra, talaba (oʻquvchi)larning oʻzlari tanlashlari mumkin. S. rahbari oʻtkaziladigan S.ning maqsadi, mavzumundarijasi, uning metodologik yoʻnalishini maʼruza, maʼruzasuhbatlar vositasida tushuntirib beradi. Undan keyin har bir mavzu boʻyicha aniq talablar belgilab beriladi, adabiyotlar roʻyxati ilova qilinadi. S rahbari esa bunda maslahatchi sifatida ishtirok etadi. S. mashgʻulotlarining mahsuli, odatda, referat boʻladi. Referatlar mashgʻulot davomida tinglanadi va muhokama etiladi. Referatlar mavzuga mos kelishi, metodologik asosi toʻgʻri boʻlishi, mantiqan izchil va aniq ifodalanishi, ilmiy xulosalar asosli hamda amaliyotga aloqador boʻlishi kerak. Muhokama jarayonini fikr almashuv tarzida, barcha savollarga javob topa olish imkonini beradigan darajada tashkil etish S. rahbarining asosiy vazifasidir. S. mavzulari keyinchalik talaba (oʻquvchi)larning kurs, diplom ishlari mavzusiga aylanadi. Ular hatto dissertatsiya mavzusi darajasigacha ham chiqishi mumkin; 2) muayyan agrotexnik tadbir boʻyicha oʻtkaziladigan maslahat yigʻilishi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi biror agrotexnik tadbir boʻyicha paydo boʻlgan yangiliklarni tegishli mutaxassislarga tanishtirish maqsadida oʻtkaziladigan S.lar keng yoyilgan. Mas, chigit yoki bugdoy ekish, paxta yoki don hosilini yigʻib olish boʻyicha oʻtkaziladigan S.lar; 3) Oʻzbekistonda nomzodlik yoki drlik ilmiy darajasiga daʼvogarning tayyorgarligini sinab koʻrish uchun i.t. muassasasi va oliy oʻquv yurtlaridagi olimlarni oʻz ichiga oluvchi ilmiy tuzilma. Nazariy S deb ataladigan bu tuzilma majlisida daʼvogar oʻz dissertatsiyasidagi asosiy gʻoyani bayon etib beradi. S aʼzolari esa turli savollar bilan uning tayyorgarlik darajasini sinovdan oʻtkazadilar.
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash , fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Seminar mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o‘rnatiladi, jonli suhbat olib boriladi , o‘zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadini amalga oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo‘l keladi. Bu usullar yordamida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi , o‘z-o‘zini baholash va boshqa larning fikrlarini hurmat qilish , mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o'tishi bilan u eskirdi, amaliy ehti-yojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqil-likning qo'lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chi-qish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O'zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339-sonli «0'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash ha-qida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo'lib, quyi-dagi bo'limlarni o'z ichiga oladi.
1. Harflar imlosi:
unlilar imlosi (1—7-bandlar);
undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
Asos va qo'shimchalar imlosi (33—37-bandlar).
Qo'shib yozish (38-50-bandlar).
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).
Ajratib yozish (57—56-bandlar).
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).
Ko'chirish qoidalari (75—82-bandlar).
UNLILAR IMLOSI
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o'rin ajratilgan.
!A a harfi savol, zamon, bahor so'zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «o» yoziladi.
|