|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/9 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #238477 |
Bog'liq RAJABOVA MALOHAT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar FAKULTETI
KOMPYUTER VA DASTURIY INJINIRING KAFEDRASI
5110100 - Matematika va informatika ta’lim YO‘NALISHI
4-KURS 120-GURUH TALABASI RAJABOVA MALOXAT BAHRIDDIN QIZINING “KOMPYUTER GRAFIKASI VA WEB DIZAYN” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:Adobe photoshop dasturining ishchi muhiti bilan ishlash
ILMIY RAHBAR: ______________________
Termiz-2024
MUNDARIJA
Kirish 2
I-BOB.ADOBE PHOTOSHOP DASTURINING TARIXI, TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI 4
1.1.Adobe photoshop dasturi yaratilish tarixi 4
1.2. Dasturning afzalliklari 9
II- BOB.ADOBE PHOOTSHOP ISHCHI MUHITI BILAN ISHLASH VA O’RGANISH 12
2.1.Adobe photoshop ishchi muhiti 12
2.2. Adobe photoshop ishchi muhiti va ishlanishi 15
III-BOB. AMALIY ISH 23
Adobe photoshop dasturida ish sohasi bilan ishlash 23
Xulosa 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 30
Kirish
Kurs ishi dolzarbligi: Adobe Photoshop — Adobe Inc1. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan koʻpfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOS, Windows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va Windows 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redaktor hisoblanadi.
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, „Adobe“ kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur boʻlgan „Photoshop — 1.0“ muallifini eʼlon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, „kompyuter grafikasi“ sohasi boʻyicha eng oldingi oʻrinda turibdi va mustaqil dastur boʻlib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari boʻlgan. Hozir 41 ta muallifi eʼlon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf boʻlib, ular yertoʻlada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini oʻrgandi. Jonn esa eski „Apple“ da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining koʻpligi shu dasturni tuzishga sabab boʻldi. Photoshop mukammal surat muharriri boʻlsada va shu sohadagi bozorda monopolashgan boʻlsada, juda qimmatligi unga nisbatan arzon yoki bepul dasturlarning yaratilishiga olib keldi. Misol uchun, GIMP2 dasturi mutlaqo bepul. Shu sababli ham Adobe firmasi ommaga oʻz mahsulotining arzon va bepul koʻrinishlarini taqdim etdi. Ular Photoshop Elements va bepul targʻib etiladigan Photoshop Albumdir. Bu dasturlarda funksiyalar juda qisqartirilgan va maʼlum bir ishlar uchun asqotadi. Adobe Photoshop Lightroom dasturi fotosuratlarni shunchaki kichik tahrirlash uchun xizmat qiladi. Adobe Photoshop dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Ular: PSD, PSB, PostScript, EPS, DCS, EPS TIFF, BMP, GIF, JPEG, TIFF, PICT, PNG, PDF, ICO, IFF, PCX, RAW, TGA, Scitex CT, Filmstrip, FlashPix, JPEG2000 va boshqalar. Eng koʻp qoʻllaniladigan formatlar: BMP (Windows Bit map — Windows ning vit xaritasi) — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qoʻllovchi dastur Microsoft Paintda keng qoʻllaniladi. JPEG, JPG (Joint Phonographic Experts Group) — hozirgi kunda eng koʻp qoʻllaniladigan formatlardan biri boʻlib, uning asosiy afzaliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida oʻzgarish boʻladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson. TIFF (Tagger Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qoʻllanadi. Lekin Tiff formatidagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilari ravishda kamayishi mumkin.
|
| |