Axborot tizimlarining funksional bo‘limlari




Download 42,29 Kb.
bet9/10
Sana19.05.2024
Hajmi42,29 Kb.
#243530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot tizmlari

Axborot tizimlarining funksional bo‘limlari
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda axborot — bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir. XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og’ishmay axborot sohasiga o’tib borishi tendentsiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o’sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot hajmi oshib bormoqda. Bu o’sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo’lmoqda. 10 Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining rivojlanmaganligi insonning u to’g’risida ta’savvurga ega bo’lishi va ulardan foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko’plab vaqt axborotni qidirishga, ajratishga va foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga xizmat qilishi uchun yangi, zamonaviy vositalar kerak bo’ladi. SHuning uchun XX asr o’rtalariga kelib axborotni ishlash sohasida ko’p odamlar shug’ullana boshladi. Axborot bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog’liq. Axborotlashtirish jarayoni deganda – inson faoliyatining muxim yo’nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan kopleks chora-tadbirlar tushuniladi. Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun ko’plab, struktura jihatidan murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ko’plab mablag’larini shu sohaga jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda yangi axborot oqimi qanchalik tez ko’paysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham tezlashmoqda, bu o’z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda. Har bir injener, xizmatchi, rahbar o’z faoliyati davomida ko’plab qog’ozlarga bitilgan axborotni tahlil qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun ko’plab vaqt sarflashga to’g’ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday muammolarni samarali echish jamiyatni axborotlashtirish masalasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir. Axborot madaniyati deganda – jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy vositalardan va usullaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi tushuniladi. Axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmui. Axborot texnologiyalari industriyasining yuzaga kelishi ularning axborot jamiyatini yaratishni qanday ta’minlashiga bog’liq. Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaradi hamda iste’molchilarga etkazadi. Axborot mahsulotlari deganda avvalo, an’naviy yo’l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek ma’lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi.

Mavzu:


Download 42,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 42,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlarining funksional bo‘limlari

Download 42,29 Kb.