• Google , Yandex va Facebook
  • Axborot tizimi(AT)
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti axborot tizimlari fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari tayyorladi: Olimov Abdumajid




    Download 42,29 Kb.
    bet2/10
    Sana19.05.2024
    Hajmi42,29 Kb.
    #243530
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Axborot tizmlari

    Tim Bernars-Lee 1989-yilda Butunjahon Oʻrgimchak Toʻri (inglizcha: World Wide Web) deb atalgan va butun dunyo boʻylab maʼlumot ulasha oladigan tizimga asos soldi. Shundan buyon Butunjahon Oʻrgimchak Toʻri ulkan rivojlanishlarga erishdi va hali ham rivojlanib kelyapti. Maʼlumotlar asosan veb brauzer orqali ulashiladi.
    Veb Dasturlash esa veb brauzerda ishlaydigan veb sahifa va veb ilovalarni ishlab chiqish va ularning sifatini doimiy ravishda nazorat qilish sohasidir. Kundalik ravishda dunyo aholisining juda katta qismi foydalanadigan GoogleYandex va Facebook tarmoqlari Veb Dasturlashning namunalaridir Veb Dasturlash va Veb Dizayn oʻzaro yaqin soha hisoblanadi. Veb Dizayn — veb sahifa va veb ilovalarning koʻrinishini yaratish boʻlsa, Veb Dasturlash ularga turli xil imkoniyatlarni qoʻshishga yordam beradi. Web va mobil texnologiyalar asosida dasturlash bugungi kunda har qachongidan ham ko’ra jadalroq rivojlanayapti. Web texnologiyalar hayotning turli jabhalariga qanchalik chuqur kirib borib, qanchalik ko’p dasturchilar orasida mashxur bo’layotgan bo’lsa, mobil texnologiyalar ham huddi shu ko’rsatkich bilan ommalashib, ixtisoslashgan dasturchilar doirasini kengaytirib bormoqda. Dasturchilik sohasiga endi kirib kelayotgan, hozircha aniq bir yo’nalishni tanlab olmagan o’rganuvchilar uchun web yoki mobil yo’nalishdagi dasturchilikning birini tanlash masalasi uzoq o’ylashga majbur qiluvchi mavhum jumboq bo’lishi mumkin. «Web dasturlashni oson o’rganish mumkinmi, yoki mobil dasturlash sohasiga tezroq kira olamanmi?«, «Mobil dasturlash orqali ko’proq pul ishlash mumkinmi, yoki web dasturlashdagi ishlar uchun ko’proq to’lashadimi?«, kabi savollar u yoki bu yo’nalishni tanlab olmagan yosh o’rganuvchilarni qiynashi tabiiy. Ushbu maqolada har ikki yo’nalishning o’ziga xos jihatlari, foydali tomonlari va kamchiliklarini birma-bir tarozi pallalariga qo’yishga urinib ko’ramiz.

    Mavzu: Axborot tizimlari turlari. Axborot manbalarini boshqarish


    Axborot tizimi(AT) — axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi(ISO/IEC 2382:2015) hamda tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar) tizimidir.AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash], yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari — hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir. Axborot tizimini tor doirada tushunish uning tarkibini maʼlumotlar, dasturlar va texnik vositalar bilan cheklaydi. Ushbu komponentlarning integratsiyasi axborotni boshqarish jarayonlarini va oxirgi foydalanuvchilarning axborotni olish, oʻzgartirish va saqlashga qaratilgan maqsadli faoliyatini avtomatlashtirish imkonini beradi.
    Axborot tizimi(AT) axborotni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish uchun moʻljallangan rasmiy, ijtimoiy-texnik, tashkiliy tizimdir[4]. Sotsial-texnik nuqtai nazardan, axborot tizimlari toʻrt komponentdan iborat. Bular: vazifa, odamlar, tuzilma (yoki rollar) va texnologiya. Axborot tizimlarini maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash, maʼlumotlarni axborot bilan taʼminlash, bilimga hissa qoʻshish, shuningdek, qaror qabul qilishni osonlashtiradigan raqamli mahsulotlar komponentlarining integratsiyasi sifatida taʼriflash mumkin.Kompyuter axborot tizimi — axborotni qayta ishlovchi yoki sharhlovchi odamlar va kompyuterlardan tashkil topgan tizim. Bu atama baʼzan oddiygina dasturiy taʼminot oʻrnatilgan kompyuter tizimiga murojaat qilish uchun ham ishlatiladi.„Axborot tizimlari“ shuningdek, odamlar va tashkilotlar maʼlumotlarni toʻplash, filtrlash, qayta ishlash, yaratish va tarqatish uchun foydalanadigan maʼlumotlarga va kompyuter texnikasi hamda dasturiy taʼminotining qoʻshimcha tarmoqlariga tegishli tizimlar haqidagi akademik sohaviy tadqiqotdir. Asosiy eʼtibor aniq chegaraga ega boʻlgan axborot tizimiga, foydalanuvchilar, protsessorlar, saqlash, kirish, chiqish va yuqorida aytib oʻtilgan aloqa tarmoqlariga qaratiladi. Silver va boshqalar(1995) dasturiy taʼminot, apparat, maʻlumotlar, odamlar va protseduralarni oʻz ichiga olgan AT haqida ikkita fikrni taqdim etadi.
    Hisoblash mashinalari assotsiatsiyasi „Axborot tizimlari mutaxassislari biznes va boshqa korxonalarning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun axborot texnologiyalari yechimlari va biznes jarayonlarini integratsiyalashga eʼtibor qaratishadi“ deb taʼriflaydi.

    Mavzu: Berilganlar bazasi



    Download 42,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 42,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti axborot tizimlari fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari tayyorladi: Olimov Abdumajid

    Download 42,29 Kb.