O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti




Download 0,64 Mb.
bet7/12
Sana19.05.2024
Hajmi0,64 Mb.
#244182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2.03. Marketing fan Sillabus 2023-2024

Talaba mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishiga yo‘naltirilgan.
“Marketing” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

  • fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;

  • amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib borish;

  • belgilangan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;

  • Prezident asarlarini, O‘zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni mustaqil o‘rganish va konspektlashtirish;

  • testlar yechish;

  • amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo‘yicha muammoli vaziyatlar (keyslar) muhokamasida ishtirok etish;

  • munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • ko‘rgazmali materiallar (ishlanmalar) tayyorlash;

  • ilmiy maqola, tezislar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlash;

  • axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va bozor munosabatlariga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;

  • belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash;

  • talabalar turar joyidadagi ma’naviyat xonasi, ARM, kompyuterli o‘quv xonalari imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish;

  • fakultativ darslar va maxsus o‘quv-seminarlar ishlarida ishtirok etish;

  • kafedralar va fakultetning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.

Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo‘ysundirilganki, butun o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‘zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas.

2


Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Download 0,64 Mb.