|
IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi
|
bet | 3/11 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 83,58 Kb. | | #264138 |
Bog'liq DAK (5)IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy ta’lim muassasasi rektori shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazadi.
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma shaklda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori asosida ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov o‘tkaziladigan fanlar dasturlari bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli o‘quv reja va fanlar dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tegishli ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari majburiydir.
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais o‘rinbosari raisligida o‘tkaziladi.
Ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazilishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qo‘yiladi yoki qo‘yilgan ijobiy baho bekor qilinadi.
20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha bakalavr darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
21. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
22. Fanlar dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va o‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi bo‘yicha 5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish 5 baholik tizimda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam bo‘lmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha kamida 5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs o‘qish muddati tugagandan so‘ng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirish bo‘yicha buyrug‘ini chiqarish lozim.
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan qayta o‘ta olmagan talabaga akademik ma’lumotnoma beriladi va u o‘rnatilgan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli kursga o‘qish uchun qayta tiklanishi mumkin.
25. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrug‘i bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.(o'z kuchini yo'qotgan)
26. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun rektor buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
28. Apellyatsiya komissiyasi o‘z xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida ma’lum qilishi lozim.
29. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi bo‘yicha yillik hisobot oliy ta’lim muassasasi Kengashida ko‘rib chiqiladi. Mazkur Kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.
|
| |