|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
|
bet | 2/11 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 83,58 Kb. | | #264138 |
Bog'liq DAK (5)II. Umumiy qoidalar
1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo‘nalishlari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasidagi har bir ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibi a’zolari “Avtomatlashtirish va Boshqaruv” kafedrasi mudiri bildirgisi asosida tayinlanadi.
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bitiruvchining bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;
yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga bakalavr akademik darajasini berish masalasini hal qilish;
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari o‘z faoliyatlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari, malakatalablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.
III. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi
10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, ushbu ta’lim muassasasida ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning yetakchi mutaxassislaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Bir kishi ketma-ket bir oliy ta’lim muassasasida tegishli ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.
12. Oliy ta’lim muassasasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i bilan Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining iste’molchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat bo‘ladi.
14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Zaruriyat bo‘lganda attestatsiya sinovlarining biri bo‘yicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarining davlat attestatsiyasidan o‘tmagan yo‘nalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
|