II BOB. Yevropa ittifoqi markaziy bankining valyuta siyosatini jahon valyuta tizimiga tasiri




Download 73,99 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2024
Hajmi73,99 Kb.
#264747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Evropa ittifoqi markaziy bankining valyuta siyosatini jahon valyuta

II BOB. Yevropa ittifoqi markaziy bankining valyuta siyosatini jahon valyuta tizimiga tasiri
2.1 Yevropa valyuita tizimi taraqqiyoti.
Yevropa valyuta tizimi - bu jahon (hududiy) valyuta tizimi bo`lib, u iqtisodiy integratsiya doirasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlarning umumiy yig`indisi, «umumiy bozor» mamlakatlari integratsiya jarayonlarini rag`batlantirish va valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir15.
Yevropa valyuta tizimi - jahon valyuta tizimining (Yamayka) quyi shaklidir. G`arbiy Yevropa integratsiya majmuining o`ziga xos jihatlari, uning Yamayka valyuta tizimidan farqlanuvchi quyidagi tarkibiy tamoyillari bilan tavsiflangan edi: • Yevropa valyuta tizimi, evropa valyuta birligi - EKYuga asoslanadi;
• Oltinning amaldagi zahira aktivlar sifatida ishlatilishi;
• Valyuta kurslarining tartibi belgilangan, o`zaro tebranishlar doirasidagi valyutalarning «evropa valyuta iloni» shaklidagi suzishiga asoslanishi;
• Yevropa valyuta tizimida valyutaning davlatlararo hududiy tartibga solinishi, markaziy banklarga valyuta interventsiyasi bilan bog`liq bo`lgan to`lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplashga kreditlar ajratish yo`li bilan amalga oshiriladi.
EKYu bilan SDRning taqqoslama tavsifi, ularning umumiy va farqli jihatlarini ochib beradi. Umumiylik ularning: xalqaro hisob-kitoblarda jahon kredit pullar sifatidagi ko`rinishida; banknotlarda emas, balki naqd pulsiz shaklda amal qilishida; ular shartli qiymatini aniqlashda valyuta savati usulidan foydalanishda, schetlarda chegaradan ortiq saqlagani uchun emitentni mamlakatlarga foiz to`lashi zarurligi kabilarda namoyon bo`ladi. EKYu va SDRning farqli jihati sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin
EKYuning emissiyasi, SDRnikidan farqli ravishda, Yevropa valyuta ittifoqiga a`zo mamlakatlar oltin va dollardagi rasmiy zahiralarining 20 foizini birlashtirish orqali ta`minlangan edi;
EKYuni emissiyasi SDRnikiga qaraganda egiluvchan edi. EKYuni chiqarish summasi oldindan rasmiy belgilan-magan edi va u Yevropa valyuta ittifoqiga a`zo mamlakatlar oltin-dollar zahiralarining o`zgarishiga qarab tartibga solingan; EKYuni emissiya hajmi SDRnikidan ancha yuqori edi;
Valyuta savati nafaqat EKYuning kursini aniqlashga xizmat qilgan, balki u birorta xam xalqaro valyuta birligi bajarmagan hisob-kitoblarda valyutaning paritet setkasi vazifasini bajargan;
EKYuning kurs tartibi, o`zaro tebranishlar doirasida («evropa valyuta iloni») birgalikda suzishga asoslangan edi. Bu EKYu va boshqa evropa valyutalarning barqarorligini ta`minlardi;

SDRdan farqli ravishda, EKYu nafaqat rasmiy, balki xususiy sektorda ham qo`llanilgan. EKYu faoliyat doirasining kengayishiga quyidagi sabablar bor edi:


EKYu valyuta savati va «evropa valyuta iloni», valyuta riskini pasaytirardi;
Xar qanday bank EKYuni valyuta savatiga mos ravishda «nazorat kila olardi». Bank o`z mijozi bilan kelishgan holda valyuta savatiga valyuta kushishi yoki undan olishi mumkin edi;
EKYU barqaror valyuta sifatida, mukobil jahon valyutasi hisoblangan nobarqaror dollardan ko`ra ko`proq jahon xo`jaligining ehtiyojlarini qondira olardi.
Bir-necha yil davom etgan kizgin tortishuvlardan so`ng, 1987 yilda valyuta integratsiyasining rivojlanishida muhim rol uynagan, Yagona evropa akti imzolandi. 1991 yil «Delor rejasi» asosida, valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma bosqich shakllantirishni ko`zda to`tuvchi, Yevropa ittifoqi to`g`risidagi Maastrixt shartnomasi ishlab chiqildi. 1992 yilning fevralida Maastrixtda (Niderlandiya) 12 ta mamlakat tomonidan Yevropa ittifoqi shartnomasi ro`yxatdan o`tkazildi va 1993 yilning 1 noyabridan ishga tushdi16. Keyinchalik EIiga Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya kushildi. Maastrixt shartnomasiga asosan, iqtisodiy va valyuta ittifoqi uchta bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1990 yil 1 iyul - 1993 yil 31 dekabr) - EI iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil topishi. EIni tashkil etish bo`yicha barcha tayyorgarlik ishlari ishlab chiqildi. Shuningdek, bu davrda EI ichida va EI bilan boshqa uchinchi mamlakatlar o`rtasida kapitalning harakatlanishi bo`yicha barcha to`siqlar olib tashlandi. EIga a`zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlarini yaqinlashtirish bo`yicha, shuningdek, inflyatsiyaga qarshi va davlat byudjeti siyosatini muvofiqlashtirish bo`yicha qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ikkinchi bosqich (1994 yil 1 yanvar - 1998 yil 31 dekabr) a`zomamlakatlarni evroni qabul qilish bo`yicha harakatlari yanada aniqlashtirildi. Ushbu bosqichda, Yevropa Markaziy bankining(EMB) huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik holatini belgilash uchun Yevropa valyuta instituti tashkil etildi. Shuningdek, mazkur bosqichda:
• a`zo mamlakatlarning markaziy banklari tomonidan davlat sektori korxonalariga yordam ko`rsatish hamda davlat qarzlarini sotib olishni ta`qiqlovchi qonunlar qabul qilindi; Xuddi shu ta`qiqlar EVI tashkil etilishining uchinchi bosqichiga kelib, EMBga tegishli bo`ldi;
• davlat sektori korxonalarining moliya institutlarini mablag`laridan foydalanishdagi imtiyozlari bekor qilindi;
• a`zo mamlakat davlat sektorining majburiyat-larini boshqa mamlakat yoki EI tomonidan olinishi ta`qiqlandi; Bu tadbir «kafolatlashdan bosh tortish to`g`risidagi kelishuv» degan nom oldi;
• ishtirokchi-mamlakat davlat byudjetidagi taqchillikning me`yoridan (davlat byudjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 3 foiz, davlat qarzlari YAIMga nisbatan 60 foizdan) oshirmasligi talabi qo`yildi;
• zarur bo`lganda, markaziy banklarga xuddi EMB kabi maqom va mustaqillik berish qabul qilindi17.
1998 yil 2 mayda Yevropa Ittifoqi EVIining uchinchi bosqichida qaysi mamlakatlarga evroga utishga ruxsat berish haqidagi qarorni qabul qildi. Uchinchi bosqichda (1999-2002yy.)1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, evro hududiga kiruvchi ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari evro kursiga nisbatan belgilandi, evro ularning umumiy valyutasi bo`ldi. U EKYuni ham 1:1 nisbatda almashtirdi. Ishtirokchi-mamlakatlar uchun yagona pul-kredit siyosatini yurituvchi EMB o`z faoliyatini boshladi. Yagona pul-kredit siyosatining instrumentlari orqali, tijorat banklari va yirik kompaniyalarni evroda operatsiyalarni amalga oshirishi rag`batlantirildi. 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, hisob-kitoblar uchun, evro hududiga kiruvchi mamlakatlarning milliy valyutalarini evroga nisbatan qattiq kursi belgilandi.
Xalqaro valyuta munosabatlarining subyektlari bo’lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya institutlari hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi davlatlar o’rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. 0’z navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlaming valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlari- ning chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to’g’ri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Komission to’lovlar bu qarz beruvchi bankka belgilangan muddat mobaynida zarur kredit resurslarini qarz oluvchi ixtiyoriga berish va rezervda saqlash majburiyati uchun to’lanadi. Shuningdek, komission to’lovlar agar kredit alohida banklar tomonidan emas, balki banklar uyushmasi tomonidan berilsa, kredit operatsiyalarini o’tkazishni boshqarish uchun ham to’lanadi. So’nggi holda yetakchi bank yoki uyushma ishni tashkil etuvchi menejer kreditlashda qatnashish hissasini hamda qarzni uzishdan, foizlami to’lashdan tushadigan mablag’larni uyushma a’zolari o’rtasida taqsimlaydi. Buning uchun qarz oluvchidan boshqarish uchun bir martalik tartibda komission to’lovlar oladi.
Ichki bozorda joylashtirilmagan qismi yevrovalyutalar bozoriga yo’naltirildi. Bu esa, transmilliy banklaming kreditlash imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi. Ammo transmilliy banklaming kreditlaridan doimiy ravishda foydalanib kelgan va ushbu kreditlarga nisbatan talabning asosiy qismini shakllantirgan rivojlangan mamlakatlaming mazkur banklaming kreditlariga boigan talabi keskin kamaydi. Buning asosiy sababi neft bahosining keskin oshishi natijasida yuz bergan iqtisodiy konyunkturaning yomonlashganligi edi. Natijada, rivojlanayot- gan mamlakatlaming transmilliy banklarning kreditlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Ular o’z hukumatlarining kafolati asosida transmilliy banklarning kreditlarini keng ko’lamda jalb qila boshladilar.
Xalqaro valyuta munosabatlari o’ta beqaror, noaniq va tez o’zgaruvchi jarayon bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tar- tibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivoj- lanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a’zo mamlakatlaming valyuta kursi va to’lov balanslarini tartibga soladi, ulaming valyuta- moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlaming ko’p tomonlama to’lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlami tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali - Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
XVFning a’zosi boigan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo’la oladi. XTTB tomonidan taqdim etiladigan qarzlaming asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlaming iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlami amalga oshirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlaming xususiy sektorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.


Download 73,99 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 73,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. Yevropa ittifoqi markaziy bankining valyuta siyosatini jahon valyuta tizimiga tasiri

Download 73,99 Kb.