I BOB. QANDAY QILIB MOBIL ILOVA YARATISH MUMKIN?




Download 2,07 Mb.
bet3/11
Sana23.06.2024
Hajmi2,07 Mb.
#265279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs-Ishi(Ravshan)

I BOB. QANDAY QILIB MOBIL ILOVA YARATISH MUMKIN?

1.1 Mobil ilovalar yaratish bosqichlari


Ilova yaratishdan avval usiz ham ishni bitirsa boʻladimi degan savolga javob berish kerak. Hozirda koʻplab ishlar veb sahifa, ijtimoiy tarmoq va Telegram botlar yordamida amalga oshirilmoqda. Masalan, tuman poliklinikasi uchun saytning qulay va tushunarli mobil versiyasini yaratish yetarli boʻlsa, taksi buyurtma qilish xizmati toʻlaqonli mobil ilovasiz qoniqarli faoliyat koʻrsata olmaydi.

1. Gʻoya. Agar dasturchi fitnes ilova qilishni rejalashtirayotgan boʻlsa, avval auditoriyani oʻrganish va uning ehtiyojlarini bilib olishi zarur. Auditoriya 25—35 yoshlardagi, trenajyor zaliga qatnaydigan va vaznini nazorat qiladigan yosh insonlardan iborat boʻlishi mumkin. Bunda ilovada shaxsiy kabinet boʻlishi, foydalanuvchi tugmalarni qanday almashtirishi va qalqib chiquvchi oynalarni qanday yopishini oʻylash kerak boʻladi. Ilova muammoni yechishga yordam berishi – unda kaloriya hisoblagichi boʻlishi, trenerning videodarslari qoʻshilishi, foydali retseptlar joy olishini ham oʻylash kerak. Bular dasturlash uchun yechimlar tanlashga yordam beradi. Baʼzida prototip – ilovaning “qoralamasi” bilan ham ish bitishi mumkin.
2. Prototip ishlab chiqish. Muayyan muhit uchun noldan ilova yaratish – qimmat va murakkab ish. Mobil ilovaning dastlabki versiyasini yaratish uchun tashqi uskuna va kross platformalar imkoniyatlari yetarli. Ular bir marta kod yozish bilan iOS, Android va veb versiyalar — Mac OS, Windows va Linux operatsion tizimlarida ham ishlaydigan ilova olish imkonini beradi. Prototip yordamida talab qilinayotgan mahsulot tahlilini oʻtkazish bilan dasturlashni tekshirishga ketadigan vaqt va pulni tejash mumkin. Agar gʻoya ish bersa, keyingi qadamga oʻtsa boʻladi.

Prototip ishlab chiqish uchun Figma juda mos keladi
3. Kod yozish. Ilova yaratish uchun quyidagi dasturlash tillarini bilish kerak boʻladi:

  • iOS uchun mobil dasturlashga — Swift yoki Objective-C;

  • Android uchun – Java yoki Kotlin;

  • Istalgan muhitda ishlaydigan kross platforma ilovalari uchun aniq freymvorklar va boshqa dasturlash tillarini, masalan, React Native uchun JavaScript, HTML va CSS, Flutter uchun Dart kabilarni bilish talab qilinadi.

Dasturchining mutaxassisligi va auditoriyani bilishi texnologiyani tanlashga taʼsir koʻrsatadi. Agar oziq-ovqatlar yetkazish uchun ilova ishlab chiqish kerak boʻlsa, bunda raqobatchilardan ortda qolmaslik va foydalanuvchilar uchun qulay tajriba yaratishga urinish muhim. Foydalanuvchilar operatsion tizimning oxirgi yangilanishini olishi, ilova esa telefon xotirasida koʻp joy egallamasligi uchun nativ dasturlash tillaridan foydalanib kod yozishga toʻgʻri kelishi mumkin. Bular har bir operatsion tizim uchun tabiiy tillarning nomi.
Bank ilovasida esa foydalanuvchi tajribasi bilan hisoblashish u qadar zarur emas. Bunday ilovalarda foydalanuvchini ilovada olib qolishga undaydigan skrolling va triggerlar boʻlmaydi — foydalanuvchi ilovaga faqat ish yuzasidan kiradi. Bank ilovasidagi harakatlar ijtimoiy tarmoqlardagi lenta skrollingidan farqli ravishda zavq berishga yoʻnaltirilmagani uchun kichik kamchiliklar koʻzga tashlanmasligi mumkin. Shu sababli koʻpincha kross platformali dasturlashdan foydalanib, prototipni oʻzgartirishsiz qoldirish ham mumkin.
Grab taksi chaqirish xizmati ilovasi ham kross platformali texnologiyalar yordamida yozilgan. Ammo foydalanuvchilar qoʻlida nativ boʻlmagan ilova borligini payqamaydi ham — u qotib qolmaydi va turli qurilmalarda ham birdek yaxshi ishlaydi.


Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. QANDAY QILIB MOBIL ILOVA YARATISH MUMKIN?

Download 2,07 Mb.