|
Mobil ilovani noldan qanday yaratish mumkin?
|
bet | 6/11 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #265279 |
Bog'liq Kurs-Ishi(Ravshan)Mobil ilovani noldan qanday yaratish mumkin?
Ilovalarni nativ dasturlashda tayyor bloklar bilan kifoyalanib boʻlmaydi, mustaqil ravishda kod yozishingiz va modullarni bir-biriga bogʻlashingiz kerak boʻladi. Bu ancha qiyin yoʻl, ammo bu yangi boshlayotgan mutaxassis uchun koʻnikmalarni rivojlantirish va mobil ilovalarni dasturlash orqali mashq qilish imkoniyatidir.
Ilovani noldan yaratish uchun dasturchi ikkita muhim harakatni qilishi kerak:
1. Maqsadni aniqlab olish →
Texnologiyani tanlash har doim maqsadli auditoriya va mahsulotni testdan oʻtkazish natijasi bilan bogʻliq. Agar vazifa iPhone, iPad, “aqlli” televizor va soatlar foydalanuvchilarini maksimal darajada jalb qilish boʻlsa, u holda dasturchiga eng yangi texnologiyalar kerak boʻladi. Android uchun bu Kotlin dasturlash tili, iOS uchun — Swift. Agar maqsad operatsion tizimlarning eski versiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻlsa, Android uchun — Java, Apple mahsulotlari uchun Objective-Cʼni tanlash kerak.
2. Tilni tanlash →
Android dasturchilar Kotlin yoki Javaʼdan foydalanadi. Kotlin — uchinchi tomon taqdim etgan til boʻlib, baʼzida dastur hajmiga qoʻyilgan yuqori talablar tufayli hamma loyihalarga ham mos kelmaydi. Ammo Kotlin tilida yozilgan dasturlar zamonaviy, tezkor va xavfsizdir.
Java — keng tarqalgan taniqli til, shuning uchun dasturchilar Androidʼga asoslangan vazifalar uchun koʻpincha uni tanlaydi. Garchi u unchalik qulay boʻlmagan sintaksis va yuqori kirish chegarasiga ega boʻlsa ham.
iOS dasturlari uchun odatda Swiftʼdan foydalaniladi, u dasturlash muhitiga integratsiya qilingan, arzonroq va qaramlik tomoni yoʻq. Ammo Objective-C dasturlashda hali ham qoʻllanadi. Xususan, tizim tarkibiy qismlarining standart xatti-harakatlarini oʻzgartirishning oson usuli boʻlmagan hollarda. Masalan, dastur ishlayotganda iOS operatsion tizimi koddagi qaysi funksiyalarni chaqirishini bilish kerak boʻlganda.
Mobil ilovalarni yaratishga moʻljallangan xizmat va ilovalar sharhi
Katta ehtimol bilan, Android dasturchi Android Studio dastur muhitidan foydalanadi, Apple uchun ilova ishlab chiqadigan mutaxassislar esa Xcodeʼni tanlaydi. Muqobil muharrirlar ham mavjud, ammo ular faqat katta loyihalarda qoʻllanadi, yangi boshlayotgan mutaxassis uchun standart funksiyalar ham yetarli boʻladi.
Mobil ilovalarni ishlab chiqishda tez-tez ishlatiladigan vositalarni koʻrib chiqamiz:
iOS uchun. Apple kompaniyasi dasturchilarga integratsiyalashgan Xcode muhitini taklif etadi. U ilovalar yaratish, ular uchun dizaynlar hamda iOS, iPadOS, tvOS, watchOS va macOS platformalarida nashr etish uchun vositalarni taqdim etadi. Xcode Swift va Objective-C dasturlash tillarining manba kodini qoʻllab-quvvatlaydi. Dastur muhiti foydalanuvchi interfeysini loyihalash, ilova uchun kod yozish, uni kompilyatsiya qilish, testdan oʻtkazish va xatolarni tekshirish imkonini beradi.
Android uchun. Android uchun mobil ilovalar Android Studioda yaratiladi. U ushbu operatsion tizimda ishlaydigan smartfon, planshet, soat, televizor va boshqa qurilmalar uchun ilovalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Loyiha joylashuvini, tilni — Java yoki Kotlin, minimal qoʻllab-quvvatlanadigan SDK — Android operatsion tizimining bu ilova ishlay oladigan eng qadimgi versiyasini tanlash mumkin. Android Studio uzluksiz integratsiya konsepti asosida qurilgani uchun dastur doimiy ravishda kodni tekshirib, mavjud muammolarni aniqlaydi. Bu vaqtni tejaydi va mobil ilova versiyasini Google Play va App Storeʼda ertaroq nashr etish imkonini beradi.
|
| |