|
Sug’urta tizimi zilziladan talafot ko’rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
8. Oldindan aytish va ogohlantirish
|
bet | 18/18 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 362,5 Kb. | | #273904 |
Bog'liq Sultonboyev.N. Hayot havfsizlik fanidan mustaqil ish. Sug’urta tizimi zilziladan talafot ko’rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
8. Oldindan aytish va ogohlantirish. Aloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma’lumot asosida aholi dastlabki tayyorgarlikni zudlik bilan amalga oshirishi kerak.
Zilziladan so’ng:
1. Qutqaruv xizmati. Malakali mutaxassisga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari Shikastlanganlarga tez yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart.
2. Odamlarning mustaqil harakati. Har bir kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham qayg’urishi va yordam berishi lozim.
3. Qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, transport harakatini tiklash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim.
4. Moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida hukumat yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashlari lozim.
5. Ijtimoiy yordam va axloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guruh jabrlanganlarga yordam ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga tushib qolgan odamlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart [8].
Afsuski, bizda zilzilaga ko’p to’xtalishning imkoniyati yo’q. Ammo, yuqorida ta’kidlangan amaliy tadbirlarni aholi o’rtasida keng targ’ib qilib, ularning ma’lum darajada bilimlarini oshirishga erishsak, Shuning o’zi xavfni oldindan bilishlikka olib keladi, bu esa ayrim to’g’ri harakat choralarini ta’minlanganligidan dalolat beradi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul qilinmasin, “qutqaruv xizmati” malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, fuqaro muhofazasiga e’tibor kuchaytirilmasa, respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari yoppasiga tayyorgarlikdan o’tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natijaga erishish va eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir.
Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish sohasida yetakchi mutahassislar ma`lumot va tajriba almashuvi uchun inovasion platformasi yaratildi. O`zbekiston mutahassislarining Rossiya federasiyasining Favqulodda Vaziyatlar Vazirligiga tashrifi doirasida 2013 yilda O`zbekiston qutqaruv mutahassislari uchun o`quv treninglarini tashkil etish belgilab olindi.
• Zamonaviy texnika vositalari bilan ta`minlangan FVV Toshkent shahar bo`limining aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish “Mobil o`quv markazi” yordamida chekka joylarda yashaydigan aholi, ayniqsa qariyalar, nogironlar va ayollar uchun joylarda yuz berishi mumkin bo`lgan tabiiy ofat haqida va favqulodda vaziyat holatida harakat qiodalarini o`rgatish uchun treninglar tashkil qilish mumkin
• Seyslomogiya institute va loyiha Toshkent shahrining boshlang`ish seysmiklik korsatkichli seysmik mikrorayonlashtirish haritasini (balligi MSK-64 shkalasi boyicha) ishlab chiqish ustida ishlar olib bormoqda. Bu harita tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ishlarini olib borishda va qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda qo`l keladi.
• O`zbekiston Respublikasining va qo`shni davlatlardan kelishi mumkin bo`lgan havflar tushirilgan rel`efli haritasi va havfli ob`ekt maketi FVVning Aholi muhofazasi institutida qutqaruvchilarni o`qitish va salohiyatini oshirish jarayonida keng qo`llanilmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sug’urta tizimi zilziladan talafot ko’rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
8. Oldindan aytish va ogohlantirish
|