|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti
|
bet | 14/18 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 362,5 Kb. | | #273904 |
Bog'liq Sultonboyev.N. Hayot havfsizlik fanidan mustaqil ish1. Transport avariyalari va halokatlari:
-ekipaj a’zolari va yo’lovchilarning o’limiga, havo kemalarining to’liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga, hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;
-yong’inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bo’lgan va temir yo’l xodimlarining, halokat hududidagi temir yo’l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida sodir bo’lgan, buning natijasida odamlar o’limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli (KTZM) moddalar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yo’l transportidagi halokatlar va avariyalar;
Portlashlarga, yong’inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZMlarning zararli xossalari namayon bo’lishiga va odamlar o’limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo’ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan yo’l transporti hodisalari;
Odamlarning o’limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunnellardagi halokatlar, avariyalar, yong’inlar;
2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
Atrof tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o’simliklarning ko’plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan darajada, yo’l qo’yilgan chegaraviy konsentrasiyalarida ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqib ketishiga olib kelgan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong’inlar va portlashlar;
3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar:
-texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong’in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatadigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishiga va o’limiga, ishlab chiqarish fondlarining nobud bo’lishiga, favqulodda vaziyatlar hududida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayoti faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong’inlar va portlashlar;
Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o’limiga olib keladigan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o’tkazishni, nafas olish organlarining muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo’llashni talab qiluvchi ko’mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog’liq avariyalar, yong’inlar va jinslarning qo’porilishi.
4. Energetika va kommunal tizimidagi avariyalar:
-sanoat va qishloq xo’jaligi mas’ul istemolchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi va boshqa energiya ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong’inlar;
-aholi hayot faoliyatini buzilishiga va salomatligiga xavf tug’ilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizasiya va kommunal inshootlaridagi avariyalar;
-atmosfera, tuproq, yer osti va usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug’diruvcha darajada konsentrasiyadagi zaharli moddalar bilan ifloslanishiga olib keladigan gaz tozalash quvurlaridagi, biologik va boshqa kommunal tizimlaridagi avariyalar.
5. Odamlar o’limi bilan bog’liq bo’lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari o’tkazishini hamda zarar ko’rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qiladigan maktab, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarning to’satdan buzilishi, yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar;
-radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;
-biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassalarda biologik vositalarning atrof muhitga chiqib ketishi bilan bog’liq vaziyatlar.
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
-suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog’lardagi ko’llardagi suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o’limiga, sanoat va iqtisodiyot ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan avariyalar.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarning bajarilishi texnogen xususiyatdagi FV natijasida sodir bo’lgan avariya va halokatlarning ko’lamiga, turiga, fuqaro muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo’lgan vaqtiga (yil davomida, kuni) ob-havoga va boshqa ko’pgina omillarga bog’liqdir. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorarlikni tashkil etish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalalashtirilgan asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman, shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo’lishi mumkin deb baShorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdagi avariya va halokatlar asos bo’lib xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o’z vaqtida tashkil etilgan va olib borilgan razvedka ma’lumotlariga hamda ma’lumotlarda aks ettirilgan aniq shart-sharoitga bog’liqdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo’lgan keyingi hatti-harakatlarga bog’langan holda olib boriladi.
Razvedka guruhi tarkibiga tabiiy ofat sodir bo’lgan hududni, shu hududda joylashgan korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatini hamda iqtisodiyot ob’ektlarini yaxshi biladigan mutaxassis kiritilishi kerak. Bordi-yu, avariya yoki halokat kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan yoki ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo’lsa, razvedka guruhi tarkibiga albatta kimyogar mutaxassis kiritilishi va u kerakli ish qurollari, anjomlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Ushbu razvedka guruhida yana tibbiyot xodimi ham bo’lishi kerak.
Texnogen xususiyatli FVlar natijasida sodir bo’ladigan avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga shu hududda joylashgan FVDT tuzilmalari jalb etiladi. Zarurat bo’lsa, fuqaro muhofazasi boshlig’ining ko’rsatmasi bilan boshqa chegaradosh hududlar, shaharlar, viloyatlar va vazirliklarga qarashli tuzilmalar ham jalb etiladi. Qutqaruv otryadlarning yig’ilish joyi ish bajariladigan yo’nalishida joylashgan aholiga yaqin joylarida tashkil etiladi, tuzilmalarning bir hududda yig’ilishiga ketadigan ishlari uchun ajratilgan vaqt hisobiga favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun tuzilmalar yig’ilgan joydan to’g’ridan-to’g’ri va tezkorlik bilan favqulodda vaziyat sodir bo’lgan hududga yuboriladi. Belgilangan marshrut davomida vayrona uyumlari va yong’inlar, buzilgan ko’priklar bo’lishi mumkinligini inobatga olgan holda tuzilmalarining harakati to’xtab qolmasligini ta’minlash chora-tadbirlari ko’rilishi kerak.
Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo’lgan hududga yetib kelgan tuzilmalar ish bajarilishi kerak bo’lgan ob’ektga tez yetib borishlarini ta’minlaydigan va ularga ajratilgan joyga yig’iladilar. Ana shu yerda ular aniq o’z vazifalarini oladilar.
Tuzilma sardori tuzilma oldiga qo’yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarilishiga mas’uliyatli shaxs hisoblanadi. U vazifani olgach, uni qo’l ostidagilarga tushuntirib beradi, sharoitga baho beradi, qaror qabul qiladi, og’zaki buyruq beradi va ishni tashkil etadi.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida tuzilmalarning doimiy o’zaro aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Tuzilmalarning bir joyda, bir vaqtda va bir maqsad uchun o’zaro kelishgan holda ish olib borishlari natijasida ular o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradilar.
Tuzilmalar topshirilgan vazifani bajarib bo’lganlaridan keyin, ish bajargan ob’ektdan tashqariga olib chiqarilib, hisoblangan vaqtda, yangi vazifani bajarish uchun tayyorgarlik ko’radilar. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan hududlarda komendantlik xizmati tashkil etiladi. Bu xizmat favqulodda vaziyat sodir bo’lgan hududga yoki ob’ektga aholini yaqinlashtirmaydi, aholini va moddiy boyliklarni evakuasiya qiladi, jamoat tartibini saqlaydi, tuzilmalar tomonidan o’rnatilgan tartibga hamda harakat qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, alohida ahamiyatga ega bo’lgan inshootlarni qo’riqlaydi. Komendantlik xizmatiga xo’jalik ob’ektlarining jamoat tartibini tuzilmalari hamda ichki ishlar xizmati xodimlari jalb etiladilar.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishga quyidagicha erishish mumkin:
1. Razvedka ishlarini o’z vaqtida va doimiy tashkil etish;
2. Boshqaruvni doimiy va qat’iyat bilan tashkil etish;
3. FVDT kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan tashkil etish, ularni favqulodda vaziyat sodir bo’lgan hududlarga olib kelish;
4. Boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma’naviy-ruhiy tayyorlash;
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda kuch va vositalarning ishlashini uzviy bog’langan holda olib borish;
6. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan ob’ektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini tashkil etish;
7. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan ta’minlash;
8. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirishda texnika xavfsizlik qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
|
| |