|
1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi 2-§. Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi 3-§. Novda va poya
|
bet | 1/8 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 112,74 Kb. | | #141202 |
Bog'liq 2024 3 - Seminar 4 sem
Mavzu: O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi. Tiriklik belgilari. Fotosintez.
Reja:
1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi
2-§.Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi
3-§. Novda va poya
4-§.Barg. Bargning tashqi va ichki tuzilishi
5-§.Generativ organlar. Gulning tuzilishi, xilma-xilligi va to‘pgullar
1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi
Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo‘lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil etadi. Ana shu quruqlikda va suvda o‘suvchi o‘simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida bo‘1adigan hayot jarayonlari jumladan oziqla- nish, nafas olish, ko‘payish, transpiratsiya, fotosintez va hokazolarni. Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 mingga yaqin turli o‘simliklar borligi aniqlangan. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma’lum bir sistemaga (fîlogenetik sistema) solishni va nihoyat o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhafoza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rgatadi. “Botanika” so‘zi yunoncha “botane” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, sabzavot degan ma’noni bildiradi. Demak, botanika umuman o‘simliklar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. Bakteriyalar va zamburug‘lar geterotrof o‘simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar va lishayniklar hatto Antriktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o‘sadi. Hozirda botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o‘simlik guruhlarini; cho‘1 dasht, o‘rmon, o‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o‘rganib, ulardan xalq xo‘jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir. O‘simliklar karbonat angidrid gazini yutib, qo‘shimcha ozuqadek kislorod ishlab chiqaradi. Nobud bo‘lgan o‘simliklarda radioaktiv N2 atomlari asta-sekin radioaktiv parchalanishiga duchor bo‘1ib, qaytadan oddiy azot atomiga aylanadi.
Yer yuzidagi o‘simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko‘ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo‘1inadi. Avtotroflar - xlorofill donachalariga ega bo‘lgan yashil o‘simliklar avtotrof o‘simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o‘zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil o‘simliklar kiradi. Aftotrof o‘simliklar anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilsalar, geterotrof o‘simliklar esa uning aksini, ya’ni avtotrof o‘simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu ikki guruh o‘simliklar ishtirokida tabiatda biologik modda almashinish jarayoni bo‘lib turadi.
|
| |