• Hujayraning tuzilishi.
  • 1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi 2-§. Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi 3-§. Novda va poya




    Download 112,74 Kb.
    bet2/8
    Sana19.01.2024
    Hajmi112,74 Kb.
    #141202
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2024 3 - Seminar 4 sem

    Hujayra haqida tushuncha. Hujayra haqidagi ta’limot1ar hujayraning kashf etilishi mikroskopning yaratilishi bilan bog‘liqdir. Mikroskop so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, “mikro” kichik, “skopeo” ko‘raman degan ma’noni anglatadi. 1609-yili birinchi bo‘lib mikroskopni Galiley yaratdi. Uning mikroskopi juda sodda tuzilgan linza va qo‘rg‘oshin turupkadan iborat edi. 1665-yili ingiliz olimi Robert Guk birinchi bo‘lib mikroskopdan obyektlarni tekshirish maqsadida foydalandi. U mikroskop yordamida ukrop, buzina, qamish, po‘kak hamda boshqa o‘simlik to‘qimalarida juda mayda tutash bo‘laklarni topdi va ularni kletkalar deb atadi. (“Kletka” yunoncha “Ketos”) so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘shliq degan ma’noni anglatadi. Hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir bo‘lagini tashkil etadigan kattalik bilan o‘lchanadi. Hujayra o‘simlikning eng mayda tirik qismi bo‘lib hisoblanadi. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi va bo‘linib ko‘payadi. O‘simliklar hujayrasining shakli va o‘lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir hujayrali organizmlarning hujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayoqcha shaklida bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o‘lchami ularning holati va ba jaradigan fiınksiyasiga bog‘liq. Shuning uchun ular ustunsimon, ko‘p qirrali, yumaloq, urchuqsimon va cho‘ziq bo‘lishi mumkin.
    O‘simliklar tanasidagi hujayralarning soni ham har xildir. Bir hujayrali organizmlar bakteriya, ayrim suv o‘tlari va zamburug‘larda bitta, ko‘p hujayrali organizmlarda bir necha milliardgacha bo‘ladi.
    Hujayraning tuzilishi. Hujayrani oddiy yorug‘lik mikroskopida va elektron mikroskoplarida ko‘rish mumkin. Oddiy yorug‘lik mikroskopida hujayrani quyidagi qismlari ko‘rinadi: 1) Sitoplazma; 2) hujayra shirasi — vakuola; 3) po’sti; 4) yadrosi.
    Hujayraning har bir tirik qismi organoid deb ataladi va ma’1um bir hayotiy fiınksiyani bajaradi. Hujayraning o‘lik qismlari ham tegishli rol o‘ynaydi. Hujayraning barcha organoidlari o‘zaro bog‘langan juda murakkab biologik sistemadir.

    Download 112,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 112,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi 2-§. Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi 3-§. Novda va poya

    Download 112,74 Kb.