1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi 2-§. Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi 3-§. Novda va poya




Download 112,74 Kb.
bet4/8
Sana19.01.2024
Hajmi112,74 Kb.
#141202
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2024 3 - Seminar 4 sem

3-§. Novda va poya
Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida bog‘lovchi zveno bo‘lib, unda hosil bo‘1gan moddalami o‘tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib mexanik funksiyani bajaradi. Novda kurtakdan yoki urug‘dan hosil bo‘ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o‘rni yoki bo‘g‘in deb nomlanadi. Birinchi bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘inigacha bo‘lgan masofa bo‘g‘in oralig‘i deyiladi.
Kurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda joylashgan singari joylashadi. Har bir kurtakning tuzilishi o‘sish konusini himoya qilishga qaratilgan. Kurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida qora rangda bo‘lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Kashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan qoplangan bo‘1adi.
Yon kurtaklar barg qo‘ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Kurtaklarni faoliyatiga qarab aktiv kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o‘simlik1arda ko‘p uchraydi. Qo‘shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo‘1adi. Kelib chiqishiga ko‘ra: Vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo‘linadi. Vegetativ kurtaklardan novda, gu1 hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to‘pgul hosil bo‘1adi. Kurtaklarning shakli va o‘lchami har xil bo‘1ib, ular yumaloq, konussimon, tuximsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo‘lishi mumkin
Kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo‘1inadi:
1. Navbat bilan — spiral, 2. Qarama — qarshi. 3. Halqasimon shaklida,
Poyalar bargli va bargsiz bo‘ladi. Bargsiz poya piyoz, qoqi o‘t, lola guldoshlar kabi o‘simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to‘pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo‘g‘izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi. Poyani o‘sishiga qarab tik o‘suvchi, sudralib o‘suvchi, ilashib o‘suvchi, o‘ralib o‘suvchi, turlarga bo‘1inadi. Bunday guruhlarning hosil bo‘lishi poyada mexanik to‘qimalaming rivojlanishiga bog‘liq. Ilashib va chirmashib o‘suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o‘simlik1arga qo‘ypechak, no‘xot, ximel, daraxtsimonlardan — tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o‘zi ilashadigan o‘simlik bo‘ylab soat strelkasi bo‘ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi. Sudralib o‘suvchi novdalar bo‘g‘imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o‘simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o‘sim1iklar misol bo‘1adi.
O‘simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi o‘sim1ik hayot kechirish davri bilan bog‘1iqdir. Ba’zi o‘simlik1ar 5-7 hafta yashasa, ayrim o‘simliklar 5000 yil hayot kechiradi. O‘t o‘simliklar poyasi vegetatsiyasinig oxirida o‘z faoliyatini tugatsa, daraxt o‘simliklarda hayotining oxirigacha saqlanib qoladi. Quyida ayrim o‘simlik poyasining yashash davrlari ko‘rsatilgan. Baobab 5150 yil. Mamont daraxti 5000 yil. Kiparis 3000 yil. Eman 1200 yil. Tilog‘och 500 yil. Olma 200 yil.
O‘tsimon poyali o‘simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko‘p yillik turlarga ajratiladi. Bir yillik o‘sim1ik1ar bir vegetatsiya davrida o‘z faoliyatini tugallab, kuzga borib halok bo‘1adi. masalan: Bug‘doy, kanop, arpa, sholi va hokazo. Ikki yillik o‘simliklar birinchi yili vegitativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp. Ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik1ar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘1adi. O‘simliklar poyasini shoxlanishi va yog‘och1anishi xususiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin:
1. Daraxtlar; 2. Butalar; 3. Chala butalar
Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo‘lib, undan yon shoxlar hosi1bo‘1adi. Ularning poyasi yerdan bir necha metrgacha ko‘tari1ib turadi.
Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo‘g‘izidan hosil bo‘1adi, bo‘yi 4-6 m ga yetadi. Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho‘1 o‘simlik1ari kiradi.
Chala butalar poyaning pastki qismi yog‘och1ashib po‘kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir yillik bo‘1ib, qishga borib halok bo‘ladi. masalan: shuvoq, astragal, o’lmas o’t kabilar.

Download 112,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 112,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi 2-§. Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi 3-§. Novda va poya

Download 112,74 Kb.