-§.Barg. Bargning tashqi va ichki tuzilishi




Download 112,74 Kb.
bet5/8
Sana19.01.2024
Hajmi112,74 Kb.
#141202
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2024 3 - Seminar 4 sem

4-§.Barg. Bargning tashqi va ichki tuzilishi
Barg vegetativ a’zo sifatida yuksak o‘simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o‘simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi. Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘1ib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg plastikasini hosil qiladi.
Fotosintez jarayonini K.A.Temiryazov har tomonlama o‘rganib, ko‘p yillik mehnati asosida “quyosh, hayot va xlorofill” nomli asa rini yozadi. Bu asrda fotosintez jarayoni tabiatda energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o‘tish qonuniga amal qiladi dedi.
Bu jarayonni 1840-yilda J. B. Busenko tomonidan taklif qilingan quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo‘1gan organik moddalar hosil bo‘1adi.
Olimlarning hisoblashlaricha yer sharidagi barcha yashil o‘simliklar har yili 2 mlrd t azot, 6 mlrd. tonna fosforni o‘z1ashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t or- ganik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.
Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Suv bug‘1anish jarayoni natijasida o‘simlik tomonidan shimilgan suv barg vositasida parlatiladi. Bu jarayon natijasida ajratilgan mineral moddalar o‘simlik tomonidan foydalaniladi. Suv bug‘1atish xususiyati tufayli o‘sim1ikda tinimsiz suv harakati ta’minlanadi. Suv bug‘1anish jarayoni tufayli, cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simlik tanasida havo temperatura 7-80 C ga past bo‘ladi. Masalan: Bir tup makkajo‘xori yoz bo‘yi 150 kg suv parlatsa, kungaboqar 200 kg, mosh 5 kg, suv bug‘1atadi. 1 ga maydondagi suli eqilgan joydan 3 000 000 kg, karom eqilgan joydan 2700 kg suv bug‘1ati1adi.
Bargning tuzilishi. Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘1adi. Barg bandi, plastinkasi, yon bargcha va barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib turadi. Barg bandi barg asosi va plastinkasini orasida hosil bo‘1adi. Uning vazifasi bargni yorug‘likka qaratib, mexanik vazifani bajarishidir. U ayrim o‘sim1iklarda yaxshi rivojlangan bo‘1sa, ayrimlarida bo‘lmaydi. Bunday barglar o‘troq barglar deyiladi. Bunday barglar gallagulli o‘simliklarda hosil bo‘lib, barg qinchasi, tilchasini hosil qilib bo‘g‘indan bo‘g‘ingacha masofada joylashadi.Yon bargchalar mayda bo‘lib asosan 2 tadan bo‘1adi. Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim o‘simliklarda ular tushib ketadi (qamish, olma, nok). Masalan: moshda, g‘o‘zada uch burchakli bo‘lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. Vegetatsiya davrida har bir o‘sim1ikda quyidagi toyifadagi barglar hosil bo‘ladi.
Pastki yarusdagi barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz bosh- lardagi barglar kiradi. O’rtayarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi.
Yuqori yarusdagi barglarga g’unchani va to’p gullarni o’rab turuvchi barglar kiradi.
Bargni o‘lchami har xil. Masalan: But guldoshlar oilasi vakillari bir necha mm barg hosil qilsa, tropik o‘simliklar 10 - 22 mga yetadigan barglar hosil qiladi. Makkajo‘xori l m gacha, bananniki l m, eni 40 - 50 sm, Afrika, Amerikada o‘sadigan Palmaniki uzunligi 20 – 22 m. eni 10 - 12 m va h.k. Bargni miqdori o‘simlik yuzasini ko‘paytirib beradi. Masalan: 1 ga maydondagi makkajo‘xori bargi 12 ga yuzaga ega bo‘lsa, kartoshka bargi 40 ga yuzani hosil qiladi.
O‘simliklarda morfologik tuzilishga ko‘ra oddiy va murakkab barglar hosil bo‘ladi. Oddiy barg deb faqat bitta barg plastinkasi bo‘lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo‘lsa murakkab barg deyiladi. Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so‘ngra bandi to‘kiladi.
Odiiy barglar barg plastinkasining shakliga qarab: dumaloq, ovalsi- mon, tuxumsimon, uzunchoq, nashtarsimon, nayzasimon kabi barglarga ajratiladi. Barg kirrasining tuzilishiga ko‘ra: tekis qirrali, tishsimon, arrasimon bo‘ladi. Murakkab barglarda o‘zining kichkina barglari bilan barg asosiy bandga birikib turadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Uchbarglilar (dukkakdoshlar) 2. Panjasimon (akatsiya, no’xot) 3. Tok patsimon (yongokda) 4. Juft patsimon (yasmik, no’xotak).
Bargni tomirlanishi. Bargdagi o‘tkazuvchi bog‘1am1arni tarmoqlanib joylanishdan hosil bo‘1adi.
Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o’simliklarda).
2. Yoysimon tomirlanish. (zupturumda).
3. To’rsimon tomirlanish ikki pallalilarda).
4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otkulokda).
5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug’liklarda).
Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg uchigacha bitta barg tomiri hosil bo‘ladi. Bunday tomirlanish yuksak sporali o‘simlik1ar, mox, plaun, ochiq urug‘1i1ar (igna barglilar) va yopiq urug‘liklardan elodiya o‘simligida uchraydi. Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot kechirish davri turlichadir. Ayrim o‘sim1iklarda barg atigi bir necha oy hayot kechirib keuyin tushib ketadi. Ayrim o‘sim1iklarda 1,5-5 yil hatto 12-15 yildan keyin tushadi. Bunday o‘simliklar doimiy yashil o‘simlik1ar deb nomlanadi. Ularda barglar almashinuvi muntazam, uzoq vaqt davom etadi. (Masalan qarag‘ayda, emanda 1-3 yil, lavr daraxtida 4 yil). Velvichi daraxtida (Afrika cho‘1ida o‘sadi) 100 yil hayot kechiradi. Barg to‘ki1ishi yoki xazonrezgilik me’yoriy biologik jarayon hisoblanadi. Kuzga kelib o‘simlikni suv va mineral moddalarni qabul qilishi qiyinlashib qoladi natijada organik moddalami sintezi sekinlashadi. Kuzda barglar dastlab sargayib keyin qizara boshlaydi. Bu xlorofill pigmentlarining hayotchanligini susayishi asosida amalga oshadi. To‘ki1gan barglar tuproqda mineral moddalar sostavini oshi- shiga, ildizni sovuq urishidan saqlashga, urug‘larni himoya qilishga xizmat qiladi. Bargning shakl o‘zgarishi - metamarfozi. Evolutsiya jaryonida ko‘pchi1ik yuksak o‘sim1iklar vegetativ organlarida bo‘lgani singari barg ham o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajaradgan bo‘1gan.
Barg metomorfoziga tikanaklar, muylovlar, zapas oziq modda to‘p1ovchi barglar, tangacha barglar va hasharotxo‘r o‘sim1ik barglari misol bo‘1adi. Ko‘pchi1ik hasharotxo‘r o‘sim1iklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fillodiya deyiladi. Kaktus, astragal, qushqo’nmas o‘sim1iklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylana- di. Mosh, no‘xot, kovok, yovvoyi no‘xot o‘sim1iklarida barg plastinkasi o‘ziga xos mo‘ylov1ar hosil qiladi. Oq akatsiyada kovil, qarag‘ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hasharotxo‘r o‘simliklarda bezli to‘qimalar bo‘1ib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar hasharotlarni jalb qilish va parchalash xususiyatiga ega. Hasharotxo‘r o‘simlik1arni 450 dan ortiq turi mavjud bo‘1ib, ular rossiyankalilar, puzirchatkalilar, nepentesoviklar oilasiga mansubdir.

Download 112,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 112,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§.Barg. Bargning tashqi va ichki tuzilishi

Download 112,74 Kb.