|
-§. O‘simliklarning ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi
|
bet | 8/8 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 112,74 Kb. | | #141202 |
Bog'liq 2024 3 - Seminar 4 sem7-§. O‘simliklarning ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi
Ko‘payish barcha tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, uning mohiyati o‘ziga o‘xshash nasl qoldirish xususiyatidir. Natijada har bir turning saqlanishiga, tiklanishiga va ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Turlarni ko‘payishi hayotida ba’zi o‘simliklarda bir marta ayrimlarida bir necha marta bo‘1ishi mumkin.
Ayrim bir hujayrali o‘sim1ilkar bir yilda bir necha marta ko‘paysa, ayrimlari ikki yilda, ayrim ko‘p yillik o‘sim1ik1ar - bambuk, agovalar hayotida bir marta ko‘payadi. O‘simliklarning ko‘payishini quyidagi turlari mavjud.
I. Jinssiz ko’payish. 2. Jinsiy ko’payish. 3. Vegetativ ko‘payish.
Ko‘p yillik gulli o‘sim1iklarda vegetativ ko‘payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularning metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o‘sim1ik1ar: itburun, pechak kabi o‘simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlar vositasida qulupnay, ayiqtovon, g‘ozpanja kabi o‘sim1ilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko‘payadi.
Vegetativ usulda ko‘payuvchi o‘simlilkarning ko‘pchi1igi qishloq xo‘ja1igi ekinlari orasida begona o‘t hisoblanadi.
Payvandlash mevali o‘sim1ilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ ko‘paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o‘simliklar payvandlash yo‘1i bilan ko‘payadi.
O‘simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularning sovuqqa va kasallikka chidamliligi ortiriladi. Payvand lash 2 turga bo‘linadi: 1. Kurtak payvand. 2. Qalamcha payvand. Kur tak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o‘tkaziladi. Qalamcha payvandning 100 dan ortiq turi mavjud bo‘1ib, qalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo‘lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o‘simliklar tezda tutib ketadi. Masalan: Sibir olmasini, o‘rmon olmasi bilan payvandlash.
Har xil oilaga kiruvchi o‘simlik1arni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: michurin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo‘1ishiga olib keladi. N. V. Sitsin akatsiyaning ildiziga no‘xotni payvand qilgan. Respublikamizda yantoq ildiziga tarvuz urug‘ini ekib undan hosil olish mumkin.
Jinsiy va jinssiz yo‘1 bilan ko‘payish bir-biri bilan uzviy bog‘1iq bo‘1ib, jinssiz ko‘payishda turlar soni ortsa, jinsiy yo‘l bilan ko‘pay- ganda turning sifati yaxshilanib boradi.
Ko‘pchilik o‘simliklarda jinsiy va jinssiz usulda ko‘payish doimiy ravishda almashinib boradi.
Jinssiz ko‘payish. Jinssiz yo‘1 bilan ko‘payish sporalar va zoosporalar hosil qilish yo‘li bilan amalga oshadi. Ular murtakni o‘zida saqlagan bo‘lib, turlicha kelib chiqadi. Sporalar quruqlikda o‘suvchi o‘sim1ik1arga xos bo‘1ib, sporangiyda hosil bo‘1adi. Zoosporalar — zoosporangiyda hosil bo‘lib, unda harakatni ta’minlaydigan xivchini mavjudligi bilan sporalardan farq qiladi. Ular zamburug‘1ar suv o‘t1an uchun xosdir. Spora mug‘or zamburug‘ida sporangiyda hosil bo‘lsa, pensilium zamburug‘ida konidiya bandida hosil bo‘ladi.
|
| |