|
-§.Meva va urug‘. Mevaning tuzilishi va tiplari
|
bet | 7/8 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 112,74 Kb. | | #141202 |
Bog'liq 2024 3 - Seminar 4 sem6-§.Meva va urug‘. Mevaning tuzilishi va tiplari
Urug‘ deb o‘simliklarning tarqalishiga, ko‘payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug‘ urug‘ kurtakda ro‘y bergan qo‘sh urug‘1anish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo‘ladi. U o‘zida bo‘1g‘uvchi o‘simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo‘ladi.
Ko‘pchilik daraxtsimon o‘simliklar urug‘i (limon, xurmo, pista, yong‘oq) me’yorida pishib, qulay sharoitda ekilsada, unish qobiliyati yomon bo‘ladi. Chunki, urug‘ po‘sti yogochlangan bo‘lib suvni yomon o‘tkazadi. Buning uchun bunday urug‘lar skarifikatsiya qilinishi lozim. Ikki pallali o‘sim1ik1ardan loviya, soya, beda, qovun, tarvuz, qovoqda urug‘ pallalar yerning ustki qismiga o‘sib chiqadi va fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Urug‘dan unib chiqqan o‘simlik o‘simta deyiladi. Unda ildiz, poya barg bo‘1ib, ildizdan poyaga o‘tish joyi ildiz bo‘yni deyiladi.
Ildiz bo‘ynidan umg‘pa1ladan hosil bo‘lgan barggacha bo‘lgan qism gipokotil deyiladi. Undan birinchi barggacha bo‘lgan qismi epikotil deyiladi.
Urug‘dan foydalanish. Inson hayotida muhim oziq ovqat hisoblanadi. Chorva mollari uchun oziq sifatida foydalaniladi. Sanoatda spirt va pivo tayyorlashda, yog‘ olishda, nonvoychilikda foydlaniladi. Meditsinada dori tayyorlashda. Ko‘pchi1ik o‘sim1ik urug‘1ari ekin dalalarini begona o‘t1ar bilan ifloslanishga olib kelsa, ko‘pchilik urug‘1ar zaharli hisoblanadi. Urug‘chi tugunchasining rivojlanishi natijasida hosil bo‘ladigan, o‘zida urug saqlagan organga meva deyiladi. Meva faqat yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xosdir. Mevaning shakli, o‘lchami, rangi turlichadir. Uning vazifasi urug‘ni himoya qilish tarqalishiga xizmat qilishidir.
Mevalar kelib chiqishiga ko‘ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to‘p mevalarga bo‘linadi. Haqiqiy mevalar deb, faqat tugunchaning o‘zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o‘rik, olcha, gilos, o1xo‘ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo‘1ishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok etadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o‘mi va boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo‘1ishida 1 ta tuguncha ishtirok etadi (o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri). Murakkab mevalarni hosil bo‘lishida bir nechta tuguncha ishtirok etadi. Masalan: kungaboqar, qoqio‘t, ayiqtovon va hokazo. To‘p guldan hosil bo‘lgan mevalarga to‘p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut mevalari. Mevalar meva qatining tuzilishiga ko‘ra ho‘l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho‘l mevalar ham, quruq meva- lar ham ichidagi urug‘larining soniga ko‘ra 1 urug‘li va ko‘p urug‘li mevalarga bo‘linadi. Bir urug‘li ho‘l mevalarga olcha, gilos, shaftloi, o‘rik, olxo‘ri, ko‘p urug‘1i1arga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi.
Bir urug‘1i quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug‘li kanotli mevalar kiradi. Ko‘p urug‘li quruq mevalarga dukkak, ko‘zoq, ko‘zoqcha, ko‘sak, ko‘sakcha va har xi1 shakildagi quticha mevalar misol bo‘la oladi.
|
| |