|
1-§. O‘simliklar organizmining tuzilishi 2-§. Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi 3-§. Novda va poya
|
bet | 3/8 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 112,74 Kb. | | #141202 |
Bog'liq 2024 3 - Seminar 4 semO‘simliklar to‘qimalari: O‘simliklarning tanasi har xil to‘qima1ardan tashkil topgan bo‘ladi. Shakli jihatidan o‘xshash bo‘lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to‘qima deyiladi. To‘qimalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra 5 xi1 bo‘1adi. 1)Qop1ovchi. 2)Asosiy. 3)Mexanik. 4)O‘tkazuvchi. 5)Ajratuvchi to‘qimalar.
2-§.Vegetativ a’zolar: ildiz va uning vazifasi
Ildiz o‘sishi chegaralanmagan, asosiy vegetativ organ hisoblanadi. Ildiz rinevidlar, psilofitlar va moxsimonlardan tashqari barcha yuksak o‘simliklar uchun xosdir. Bu o‘simliklarda ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Ildiz yuksak o‘simlik1arning ayrim vakillari: shumg‘iya va zarpechakda bo‘lmaydi. Ularning parazitlik bilan hayot kechirishi ildizni yo‘qolishiga olib kelgan.
Ildiz, poyadan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1. Yerning magnit maydonining tortish kuchiga qarab intilib o’sadi.
2. Geotropizm hodisasi yaxshi ifodalangan.
3. O’sish konusi ildiz qini bilan o’ralgan.
4. Ildiz hech qachon barg hosil qilmaydi.
O‘simlik hayotida ildiz quyidagi fiziologik va mexanik vazifani bajaradi.
1. Tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalami qabul qiladi. Bu vazifani ildizning birlamchi tuzilishga ega bo’lgan yosh qismlari, ildiz tukchalarf va mikoriza hosil qilgan qismi amalga oshiradi.
2. O’simlikni tuproqqa biriktirib turadi. Natijada o’ziga xos mus- tahkamlik amalga oshadi. Masalan 4 oylik makkajo ’xorini sug’irib ol- ish uchun 130 kg kuch kerak bo’ladi.
3. Organik moddalami sintez qiladi.
4. O’simlfkni tuproqdagf mikroorgani•mlar bilan munosabati amalga oshadi.
5. Zapas oziq moddalami to’planishiga xizmat qiladi. Masalan. sabzi, lavlagi, turp, sholg’omda va hokazo.
6. Vegetativ ko’payishga xizmat qiladi.
Ildizning tuproqda tarqalishiga qarab yuzada joylashgan, chuqurda joylashgan guruhlarga ajratish mumkin.
A. P. Modestov fikricha, makkajo‘xori, bug‘doy, suli kabi o‘sim1ik ildizlari 200—250 sm, kungaboqar va lavlagi 270—280, beda 10—15 m, yantoqda undan ham chuqurda joylashadi. Bir tup kuzgi bug‘doy ildizi uzunligi 600 km, yon va ildiz tukchalari bilan birgalikda 10000 km uzunlikni 200 m2 yuzani tashkil qiladi. Ildizning chuqurlikda joylashish xususiyatini o‘simlikka agrotexnik ishlov berishda nazarda tutish lozim. Ildiz sistemasini klassifikatsiya qilishda uning kelib chiqishi, shox- lanishi va morfologik tuzilishi nazarda tutiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra ildizlar 3 guruhga bo‘1inadi. 1. Asosiy ildiz. 2. Yon ildiz. 3.Qo‘shimcha ildizlar. Asosiy ildiz urug‘ning murtak qismidagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo‘1adi. Asosiy ildizdan hosil bo‘ladigan ildizlarni birinchi tartibli yon ildizlar, birinchi tartiblidan hosil bo‘lganlarni ikkinchi tartibli, uchinchi tartibli va hokazo. Qo‘shimcha ildizlar yer osti o‘zgargan novdalar, piyozboshlar, tuganaklar va ildizpoyalardan hosil bo‘ladi.
Asosiy, qo‘shimcha va yon ildizlar o‘sim1ikning ildiz sistemasini hosil qiladi. Tuzilishiga ko‘ra o‘q va popuk ildizlar hosil bo‘1adi. O‘q ildiz ikki pallali o‘sim1ik1ar uchun xos bo‘1ib unda asosiy ilidz yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi rivojlanmaydi, uning o‘miga yon ildizlar taraqqiy etgan bo‘ladi. Bunday ildizlar bir pallali o‘simlik1ar uchun xosdir. Ildiz metomorfoziga ildiz mevalar ki radi (sabzi, lavlagi, turp, sholg‘om). lldizmevalar 3 qismdan tuzilgan bo‘ladi. Bosh, bo‘yin va haqiqiy ildiz qismidan.I1dizmevaning bosh qismida barg va bargli kurtaklar joylashgan bo‘1adi. Ildizmevaning bo‘yin qismi poyadan kelib chiqqan, silliq barg va ildiz hosil qilmaydi. Ildizmevaning haqiqiy ildiz qismi boshqa qismlaridan ko‘p miqdorda yon ildizlar hosil qilishi bilan farqlanadi. Ikki yillik yovvoyi o‘simliklar ildizmevalari tuproqda qishlab ikkinchi yili gul, meva va urug‘ hosil qiladi. Ildizmevalar anotomik tuzilishiga ko‘ra bir kambiyli va ko‘pkambiyli bo‘ladi. Bir kambiyli ildizmevalaming ayrimlarida zapas oziq moddalar ikkilamchi po‘stlarida to‘planadi (sabzida), ayrimlarida; masalan: turpda oziq moddalar ksilemada to‘planadi. Ko‘p kambiyli ildizmevalar qandlavlagida hosil bo‘ladi. Bunday tuzilishda ildizmevaning markazida kselma joylashib uni tashqi qismidan kambiy o‘rab turadi. Kambiyni tashqi tomonidan floema o‘rab turadi. Qandlavlagida uchlamchi tuzilishi xarakterli bo‘lib, zapas oziq moddalar halqalarida to‘planib boradi. Halqalar soni 8-10 tagacha bo‘lishi mumkin. Bunday tuzilish tabiatda kam uchraydi. Uni sho‘radoshlar oilasi vakillarida ham uchratish mumkin. Ildiztuganaklar yon va qo‘shimcha ildizlarda zapas oziq moddalami to‘p1anishidan hosil bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ildiz tuganaklari kartoshka tuganaklarini eslatadi, lekin ularda kurtakni yo‘g‘onlashgan qismi yo‘qligi bilan farq qiladi. Kurtaklar faqat ildiz bo‘yin qismida joylashadi. Ildiz tuganaklari faqat, kartoshka gul kabi o‘simliklarda uchraydi.
|
| |