• Adabiyotlar.
  • To‘qimachilik tolalarining tuzilishini mikroskop yordamida tekshirish




    Download 179.7 Kb.
    bet1/2
    Sana19.09.2023
    Hajmi179.7 Kb.
    #82840
      1   2
    Bog'liq
    1va 2 mavzuga
    1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9

    To‘qimachilik tolalarining tuzilishini mikroskop yordamida tekshirish
    Mashg`ulotdan ko`zlangan maqsad: Mikroskop tuzilishi va uning yordamida tola turlarini tadqiq qilishni o`rganish.
    Topshiriqlar.
    1. Yorug`lik mikroskopi tuzilishi va unda ishlash yo`llari bilan tanishilsin, chizmasi chizilsin.
    2. Tolalarning bo`ylama va ko`ndalang kesim yuzasini ko`rish uchun namuna tayyorlash tartibi o`rganilsin.
    3. To`qimachilik tolalaridan namuna tayyorlansin.
    4. Mikroskop orqali tolalarning ko`ndalang va bo`ylama ko`rinishlari ko`rilsin va chizmalari chizib olinsin.
    5. Mikroskopda ko`rilgan har bir tolaga izoh yozilsin.


    Adabiyotlar. 1. A.N.Kоblyakоv i dr.«Labоratоrno’y praktikum pо tekstil nоmu materialоvedeniyu» M., «Legprоmbo’tizdat», 86 g. 22 str. 2. G.N.Kukin, A.N.Sоlоv yev «Labоratоrno’y praktikum pо tekstil nоmu materialоvedeniyu» M., «Legkaya industriya», 74 g, 34-47 str.
    Asosiy ma'lumotlar To`qimachilik tolalarini tuzilishini, hossalarini o`rganish uchun mikroskopiyadan keng foydalaniladi. Mikroskopiya deb mayda, kichik obektlarni ( tolalarni, iplarni, yorug`lik, elektron va boshqa mikroskoplar yordamida kattalashtirib yaxshiroq ko`rish, rasmga olish yoki chizib olish uchun tekshirish usuliga aytiladi. Yorug`lik mikroskopiyasida ob'ektlarin tekshirish uchun quyosh nuri yoki lampa nuridan foydalaniladi. Bu usuldan tolalar sonini sanashda, tashqi ko`rinishi va ko`ndalang kesimi ko`rinishi, boshqa ba'zi struktura harakteristikalarini, iplar tuzilishini, tukliligini o`rganishda qo`llaniladi. Har qanday to`qimachilik tolalarini tekshirish uchun odatda biologik mikroskoplardan foydalaniladi. Inson ko`zi tabiiy optik tizimga va farqlash imkoniyatiga ega.
    Ob'ektni olib tashlanganda inson ko`zining farqlanishida yaxshi ko`rish qobiliyatining o`zgarishi 0,08 dan 0,2 mm gacha (D-250 mm). Biologik mikroskopning ko`rish qobiliyati spektirning ko`rish doirasi bilan birgalikda shu doirada to`lqin uzunligining chegaralanishi bo`lib, ya'ni 0,2 mkm yoki 0,0002 mm dir. Mikroskop aniq asboblardan biri bo`lib, u ikki yoqlama qabariq linzadan va obektiv, okulyar, prizma, kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi muruvvatlardan iborat bo`ladi. Yorug`lik nuri ko`zguga tushib, tekshirilayotgan tola-obekt orqali o`tib, obektivga keladi. Obektiv - bu bir nechta linzalarning sistemasi bo`lib, u tekshirilayotgan (mahsulotga) obektga yo`naltirilgan bo`lib, uning haqiqiy kattalashtirilgan tasvirini beradi. Okulyar - ko`zga yo`naltirilgan linzalar sistemasidir. Ishlash printsipi bo`yicha oddiy lupaga o`xshash, lekin bundan tashqari obektdan kelayotgan haqiqiy tasvirni qo`shimcha kattalashtirib beradi. Okulyar va obektiv- mikroskopning ko`rish qismini tashqil qiladi. Har ikkalasining yon tomonlarida sonlar yozilgan bo`lib, bu sonlarning bir-biriga ko`paytmasi mikroskop kattalashtirish darajasini belgilaydi.
    Prizma kelayotgan yorug`lik nurlari tutamini vertikal bo`yicha 450 ga burib berishga xizmat qiladi, shunday burchak ostida qilinishiga sabab mikroskop bilan ishlash qulay bo`ladi.
    Ko`zgu - yorug`likni tutib, uni linzalarga uzatadi. Yorug`lik noto`g`ri tushsa, obektni yaxshi ko`rib bo`lmaydi. Katta va kichik muruvvatlar ko`rish qismini sozlaydi. Manbadan kelayotgan (kuyosh yoki yorug`lik nuri) ko`zguga tushadi, qaytariladi va operturali irisli diafragma orqali o`tib, moslama stolchasida maxkamlangan ikkta shisha oynacha orasiga joylashtirilgan ob'ekt (tola) ga keladi.
    Ob'ektiv yordamida ko`rilayotgan namunaning birinchi oraliq tasviri olinadi, u okulyar yordamida kattalashtirilib, ko`zatuvchiga yetkaziladi. Ob'ektiv va okulyar mikroskop tubusiga mahkamlangan. Umumiy mikroskopning kattalashtirilishi okulyar va ob'ektivning kattalashtirish qiymatlariga teng bo`ladi.
    Quyidagi rasmda biologik mikroskop umumiy ko`rinishi va sxemasi keltirilgan:

    1. Ko`zgu.
    2. Linza.
    3. Opertur irisli diafragma.
    4. Kondensor.
    5. Ob'ektiv.
    6. Prizma
    7. Okulyar.

    Ob'ektiv 6,3 dan 100 gacha, okulyar esa 7 dan 15 gacha kattalashtirib berish qobiliyatiga ega. Shuning uchun mikroskopning umumiy kattalashtirish qobiliyati 44-1500 oralig`ida bo`ladi.


    Ba'zi bir tolalarni mikroskop ostida ko`rilganda u quyidagi shaklda ko`rinadi:


    Uslubiy ko`rsatmalar Mikroskop yordamida tolalarning o`rganishdan avval mikroskopni sozlash kerak. Buning uchun mikroskopni yorug`lik yaxshi tushadigan deraza, lampochka oldiga qo`yiladi. Ko`zgusini yorug`lik yaxshi tushadigan qilib bo`rab okulyar va obektivni moslab nur ular orqali to`g`ri yo`nalganini tekshiriladi. Undan so`ng tolalardan namunalar tayyorlanadi. Agar ip tarkibidagi tolalarni mikroskop ostida ko`rmokchi bo`linsa, u holda bu ipni bir necha mm li bo`lakchalarga qirqib olinadi.
    Yuqorida bayon etilgan usullardan foydalanib har xil tabiiy va kimyoviy tolalardan namunalar tayyorlanadi. Ikkita shisha oynacha orasiga joylashtirilgan
    tayyor namunalarni mikroskopning oynachasiga qistiriladi, so`ng namuna qo`yilgandan so`ng muruvvatlarni burash yo`li bilan tolaning aniq tasviri ko`rinishiga erishiladi.

    Kattalashtirib ko`ringan tola namunasini o`rganib, uning bo`ylama va ko`ndalang ko`rinishlari chiziladi. Tolalarning bir-biridan farqlanishi chizmada ko`rsatiladi har biriga xulosalar yoziladi.


    Tolalarning bo`ylama ko`rinishini mikroskop ostida ko`rish uchun quyidagi tartibda namunalar tayyorlanadi: sinov oynachasini yaxshilab artiladi, undan so`ng pipetka yoki shisha kaltakcha yordamida bir necha tomchi suv yoki boshqa suyuqlik tomiziladi. Bu tomchilarga tolalarni joylashtirib yoyib chiqiladi. Ignada bir-biriga yopishib qolmasligi va namlikni yaxshi shimib olishi uchun ularni ajratib qo`yiladi. Suvda juda shishib ketadigan tolalar uchun glitserin ishlatiladi. 2- oynachani olib extiyotlik bilan tolalar joylashgan oynakchani ustiga yopiladi, bunda suv pufakchalarini hosil bo`lib qolishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Namunani mikroskop stolchasiga qo`yib, katta-kichik muruvvatlarni sozlash yo`li bilan tolaning bo`ylama ko`rinishi tasvirini kattalashtirib ko`riladi va daftarga tola tasviri chizib olinadi. Mikroskop ostida ko`rilgan har bir tola tasviriga xulosalar yoziladi.
    Tolalarni ko`ndalang kesimini ko`rishning bir necha xil usuli mavjud.
    Shulardan eng ko`p foydalaniladigan usul prof. A.G.Arxangelskiy usulidir.

    Prof. A.G.Arxangelskiy usulida tolalarning ko`ndalang kesimini ko`rish uchun namuna tayyorlash Buning uchun tola tutami yoki ip junli pilik ichiga joylashtiriladi.


    Tolalarning ko`ndalang kesimimni tayyorlash uchun mikrotom yoki teshik qalinligi 0,5-0,7 mm gacha bo`lgan maxsus plastinkalar ishlatiladi. Yupqa metall plastinkaning kichik yumaloq tirkishidan tikuv ipini o`tkazilib, halqa hosil qilinadi.
    Shu halqaga tayyorlangan pilikni kirg`izib teshikdan o`tkaziladi. Bu holatda pilik ichidagi tolalar tutami yoki ip plastinka tirqishida qisilib qoladi. Ortiqcha ip, pilik uchlari extiyotlik bilan qirqib tashlanadi. Plastinkani esa mikroskop ostiga qo`yib, tolaning ko`ndalang kesim ko`rinishi aniqlanadi va chizmasi chizib olinadi.

    Download 179.7 Kb.
      1   2




    Download 179.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘qimachilik tolalarining tuzilishini mikroskop yordamida tekshirish

    Download 179.7 Kb.