|
Ii-bob. Qattiq jismlarning tuzulishi va strukturasi 1-Laboratoriya ishi. Kristall ko‘pyoqlilarning simmetriya guruhlarini aniqlashBog'liq 1 laboratoriya
21
II-BOB. QATTIQ JISMLARNING TUZULISHI VA
STRUKTURASI
1-Laboratoriya ishi.
Kristall ko‘pyoqlilarning simmetriya guruhlarini aniqlash
Ishning maqsadi: Kristall panjaralarning elementar yacheykalari
turlari va kristallarda mavjud simmetriya elementlarini o„rganish.
Kerakli asbob - uskunalar: 23 dona ko„pqirrali kristallar.
Nazariy ma’lumotlar
Kristallarning strukturasi va fazoviy panjara.
Kristall panjara tushunchasi. Kristallar o„zlarining ichki
tuzilishi va ular tarkibiga kiruvchi atomlarning tabiatiga qarab
turli xil xossalarga ega bo„ladilar.
Agar fizik xossalar kristallda tanlab olingan yo‘nalishlarga
bog‘liq bo‘lsa, anizotrop qattiq jism deyiladi.
Agar fizik xossalar kristallda tanlab olingan yo‘nalishlarga
bog‘liq bo‘lmasa, izotrop qattiq jismlar deyiladi.
Kristall qattiq jismlar alohida kristallar - monokristal shaklida
uchraydi. Bundan tashqari tartibsiz orientatsiyalangan mayda
kristallar - kristallitlardan yoki zerenlardan tashkil topgan bo„lishi
ham mumkin.
Real monokristallar kamdan - kam hollarda ideal tuzilishga
ega bo„ladi. Odatda ular mozaik (naqshli) holatda bo„ladi. Butun
bir kristall mozaika bloklaridan tashkil topgan bo„lib, ularning
o„lchamlari taxminan 10
-6
m bo„ladi. Har qaysi mozaika bloklari
bir-biriga nisbatan ma‟lum burchak hosil qilib, joylashgan bo„lishi
mumkin. Bu burchak kristallni tashkil etgan atomlarning
xossasiga (tabiatiga) bog„liq holda
10 15
dan
10 15
gacha
bo„lishi mumkin.
Moddani tashkil etgan atom yoki molekulalar ma‟lum tartib
bilan joylashgan bo„lsa va ma‟lum bir davriylikka ega bo„lsa,
bunday qattiq jism kristallar deyiladi.
22
Kristalning ixtiyoriy olingan nuqtasidagi xossalari aynan bir
xil bo‘lsa, bunday kristall bir jinsli kristall deyiladi. Bir jinslilik
shartiga ko„ra 3 ta istalgan tugunlarni bir - biriga komplanar
bo„lmagan 3 ta vektor bilan birlashtirib, ularni translyatsiya qilish
bilan uch o„lchamli fazoviy panjara hosil qilinadi. Kristall
strukturasi bilan fazoviy panjara tushunchalarini bir - biridan
farqlash lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ii-bob. Qattiq jismlarning tuzulishi va strukturasi 1-Laboratoriya ishi. Kristall ko‘pyoqlilarning simmetriya guruhlarini aniqlash
|