|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 16,14 Mb. | | #252949 |
Bog'liq Abdulahatova D
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG ‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“_______________________” kafedrasi
mudiri ________________________
«_____»__________ 2024-yil
_______________________ fakulteti, _______________ kafedrasi,
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
______-bosqich _____- guruh talabasi
ABDULAHATOVA DIYORAXON ALISHER QIZI
“____________________________”
fanidan
“Chizmalarni bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar” mavzusida bajargan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: X.Raxmonjonov
Farg‘ona- 2024
MUNDARIJA
I Kirish……………………………………………….………………………….…3
II. Asosiy qism…………………………………………………………..…………5
Chizma bajarishda o`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik хatоlar………….5
Ko`pyoq chizmalarida o`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik хatоlar …….9
Kesim va qirqim bajarishdagi tipik хatоlarning оldini оlish …………13
Rеzbalarni tasvirlash va bеlgilashda o`quv-chilar yo`l qo`yadigan tipik хatоlar……………………………………………………………………...20
Xulosa va tavsiyalar………………………………………………..………….26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………..…28
KIRISH.
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarorida oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba yoshlarga mustaqillik g’oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikningmilliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yod g’oya va mafkuralarga nisbatan immuniet va tnqidiy tafakkurni mustahkamlash bo’yicha keng ko’lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borish haqidagi ko’rsatmalari diqqatga sazovordir
Chizmachilikning uslubiy tuzilishi o'quv materiallarini o'zlashtirishga, idrok qilish faolligini oshirishga, mustaqil bilim olishga, xotirani oshirishga, qiziquvchanlikni tarbiyalashga qaratiladi1.
Chizma chizish murakkab jarayon hisoblanadi, chizuvchidan sabr toqat va qunt bilan ishlashni talab qiladi. Chizmaning sifati chizuvchining qo'l sezgisiga bog'liq bo'ladi. Chizmalarni toza va chiroyli qilib chizishda, asosan, qo'l sezgisi katta ahamiyatga ega. Chiziladigan bir hil turdagi chiziqlar bir hil yo'g'onlikda, bir tekis qilib chizilishi lozim. Insonda qo'l sezgisi yaxshi rivojlangan bo'lsa, qo'liga olgan qalamni qog'os ustida mahorat bilan yurgiza oladi. Insonning qo'l sezgisini tekshirish uchun qalam uchi ingichka qilib chiqariladi (uchlanadi) va chizg'ich yordamida bir nechta chiziq chizish mashq qilinadi. Shunda chizilgan chiziqlarning ko'pchiligi bir xil chiqsa, uning qo'l sezgisi yaxshi rivojlangan hisoblanadi.
Hayotimizda chizmaning o'rni juda kattadir. Hozirgi ishlab chiqarishni chizmalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi2.
Narsalarni texnikada qabul qilingan tasvirlash usullari ko'p asrlar davomida yaratilgan.
Kurs ishining dolzarbligi.
O’quvchilarga bilim berishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda Prezidentimizning “O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta‘lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor degan so’zlarini ta‘kidlash o’rinlidir.
Kurs ishimning dolzarbligi shundaki umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarida Chizmachilikda ish o’rnini tashkil etish va chizmachilik ish qurollari bilan ishlashga o’rgatish orqali grafik bilimlarini rivojlantirish.
|
| |