O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsiyalar vazirligi




Download 235.5 Kb.
bet2/2
Sana02.03.2024
Hajmi235.5 Kb.
#165680
1   2
Bog'liq
Bank hisobi tahlil va auidit
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
-son Qonun imzolandi.
 
Hujjatga muvofiq bank ustav kapitalining eng kam miqdori:

  • 2023 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 200 mlrd soʻmni;

  • 2024 yil 1 apreldan e’tiboran 350 mlrd soʻmni;

  • 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran 500 mlrd soʻmni tashkil etishi kerak.

 Ma’lumot uchun: hozirgi kunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd soʻmni tashkil etadi. 
Shuningdek, imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oхirgi benefitsiar mulkdorning shaхsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida aхborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda roʻyхatga olingan yuridik shaхslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaхslar bankning muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaхslar mustasno). 
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2023 yildan kuchga kirdi.
2.1. Bank ustav kapitali miqdorining o‘zgarishi ustav kapitali miqdorining oshirilishi yoki kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Ustav kapitali miqdorining oshirilishi
2.2. Bank ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
2.3. Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav kapitalini oshirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foydaning bir qismini yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan qismining to‘lanishi;moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan bank foydasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish va aksiyadorlar tomonidan aksiyalar oshirilgan nominal qiymatining yetishmaydigan qismining to‘lanishi.Nominal qiymati oshirilishi tufayli ishtirok etishdan bosh tortgan aksiyadorga tegishli nominal qiymati oshirilgan aksiyalar amaldagi qonunchilikka binoan potensial aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirilishi mumkin.
2.4. Ustav kapitalini oshirish uchun mazkur Nizomning 1.3-bandiga muvofiq belgilangan bankning vakolatli organi e’lon qilingan aksiyalar, shu jumladan ularning miqdori, nominal qiymati, toifasi, turlari, ular beradigan huquqlar to‘g‘risidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bank ustaviga kiritish haqida qaror qabul qiladi (1-ilova).Bankning yagona muassisi bo‘lib davlat hisoblangan hollarda bankning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror Huqumat tomonidan qabul qilinadi.
2.5. E’lon qilingan aksiyalarga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish mazkur Nizomning 1.5 — 1.7-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
2.6. Qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki aksiyalar nominal qiymatini e’lon qilingan aksiyalar umumiy soni doirasida oshirish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish uchun Litsenziyalash departamentiga quyidagilar topshiriladi:
qonunchilik bilan belgilangan bank vakolatli organining qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalar nominal qiymatini e’lon qilingan ustav kapitali doirasida oshirish yo‘li bilan ustav kapitalini oshirish to‘g‘risidagi qarori;
bankning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti, agar aksiyalarning ochiq obuna yo‘li bilan tarqatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;aksiyalar yopiq holda taqsimlanganda bank vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi axborot;
Bank kengashi raisi imzolagan ustav kapitalini oshirish va aksiyalar emissiyasiga rozilik berish to‘g‘risida Markaziy bank nomiga berilgan iltimosnoma;
izohlar berilgan aksiyalarni joylashtirish rejasi (2-ilova).
2.7. Taqdim etilgan hujjatlar Qimmatli qog‘ozlar departamenti tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular qonunchilik hamda mazkur Nizom talablariga mos kelgan taqdirda, Markaziy bankning ko‘zda tutilgan ustav kapitalini oshirishga roziligi beriladi.Amalga oshirishga rozilik berilganda emissiya prospektiga yoki aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotga belgi qo‘yiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rozilik berish bir oy muddat ichida amalga oshiriladi.
2.8. Bank ustav kapitalini oshirishga rozilik bermaslik uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:ustav kapitalini oshirish rejasi iqtisodiy me’yorlar va bank ustav kapitali miqdorini Markaziy bank talablari bilan muvofiqlashtira olmasligi yoki har qanday aksiyador ishtiroki ulushini qonunchilik talablari bilan muvofiqlashtira olmasligi;taqdim etilgan hujjatlarning qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlari talablariga mos kelmasligi;ustav kapitalini oshirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan rejaning tuzilishi yoki uslubi bank omonatchilari manfaatlariga yoxud bank moliyaviy ahvoliga xavf solishi mumkinligi.
Markaziy bankning qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishiga rozilik bermasligi asoslangan bo‘lishi va bir oy muddat ichida yozma ravishda bankka yuborilishi lozim.
2.9. Aksiyalar ochiq usulda joylashtirilganda bank quyidagilarni bajarishi lozim:
2.9.1. Emissiya prospektiga o‘zgartirishlar kiritish uchun qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishi;
2.9.2. Emissiya prospektini matbuotda e’lon qilishi;
2.9.3. Aksiyalarni joylashtirishi;
2.9.4. Ustav kapitali miqdorining oshirilishi tufayli bank ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan birga amaldagi qonunchilikka muvofiq bankning vakolatli organi bilan aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunini tasdiqlashi;
2.9.5. Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi organga aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi;
2.9.6. Aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlarini matbuotda e’lon qilishi;
2.9.7. Markaziy bankka ustav kapitali miqdorining oshirilishi munosabati bilan bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi iltimosnomani taqdim etish bilan birga aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berishi;
2.9.8. Litsenziyalash departamentiga aksiyalarni joylashtirish yakunlari bo‘yicha aksiyadorlar reyestridagi o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etishi.
2.10. Aksiyalar yopiq tarzda joylashtirilganda emitent bank quyidagilarni bajarishi lozim:
2.10.1. Aksiyalar chiqarilishini qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazishi;
2.10.2. Aksiyalarni bo‘lajak investorlar doirasida joylashtirishi;
2.10.3. Aksiyalarni chiqarish yakunlari bo‘yicha ustav kapitali miqdorining oshirilishi munosabati bilan bank ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan birga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolatga ega bo‘lgan organ bilan aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunini tasdiqlashi;
2.10.4. Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi organga aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi;
2.10.5. Markaziy bankka bank ustav kapitali miqdorining oshirilishi munosabati bilan bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olishi to‘g‘risidagi iltimosnomani taqdim etish bilan birga aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berishi;
2.10.6. Litsenziyalash departamentiga aksiyalarni joylashtirish yakunlari bo‘yicha aksiyadorlar reyestridagi o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etishi.
2.11. Aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ustav kapitali oshirilganda bank quyidagilarni bajarishi lozim:
2.11.1. Bankning barcha aksiyalarini ularni nominal qiymati oshirilgan aksiyalar bilan almashtirish uchun yig‘ib olishi;
2.11.2. Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi organda emissiya prospektini (ochiq aksiyadorlik banklari uchun) yoki aksiyalar chiqarilishini (yopiq aksiyadorlik banklari uchun) ro‘yxatdan o‘tkazishi;
2.11.3. Emissiya prospektini matbuotda e’lon qilishi (ochiq aksiyadorlik banklari uchun);
2.11.4. Ustav kapitalini mazkur Nizomning 2.3-bandiga muvofiq ravishda shakllantirishi;
2.11.5. Ustav fondi miqdorini oshirish va uni Markaziy bankda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan birga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolatga ega bo‘lgan organ bilan aksiyalarni chiqarish va ularni joylashtirish yakunini tasdiqlashi;
2.11.6. Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi organga aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi;
2.11.7. Aksiyalarni chiqarish va ularni joylashtirish yakunlarini matbuotda e’lon qilishi (ochiq aksiyadorlik banklari uchun);
2.11.8. Markaziy bankka bank ustav kapitali miqdorining oshirilishi munosabati bilan bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi iltimosnomani taqdim etish bilan birga aksiyalarni chiqarish va joylashtirish yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berishi lozim.
2.12. Qayd etilgan talablar bilan birga emitent banklar qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi organning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazishga doir me’yoriy hujjatlari talablarini bajaradilar.

USTAV KAPITALI MIQDORINING KAMAYTIRILIShI


2.13. Aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoki aksiyalar umumiy sonini qisqartirish, jumladan, keyinchalik ularni bekor qilish sharti bilan sotib olish orqali Bank ustav kapitali kamaytirilishi mumkin.
Agarda bank ustavida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, aksiyalarning bir qismini sotib olish va ularni bekor qilish yo‘li bilan bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat etiladi.
Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishda banklar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishlari lozim.
2.14. Agar ustav kapitali kamaytirilishi natijasida uning hajmi bank ustavidagi tegishli o‘zgarishlarni qayd qilish sanasida aniqlanadigan, Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, bank ustav kapitali miqdorini kamaytirishga ruxsat berilmaydi.
2.15. Ustav kapitalini kamaytirish hamda bank ustaviga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi (davlat yagona muassisi hisoblangan bankda qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi). Qarorda ustav kapitalining kamaytirilishi sabablari ko‘rsatiladi va uni kamaytirish tartibi belgilaniladi.
Joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan ustav kapitalini kamaytirishda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi qarorida sotib olinadigan aksiyalar turlari, bank tomonidan sotib olinadigai har bir turdagi aksiyalar soni, sotib olish narxi, to‘lov shakli va muddati, shuningdek aksiyalarni xarid qilish muddati belgilanishi lozim.
Aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yo‘li bilan ustav kapitalini kamaytirishda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiniig ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi qarorida aksiyaning yangi nominal qiymati, aksiya narxi hamda aksiyalar yangi nominal qiymati o‘rtasidagi farqni aksiyadorlarga qaytarish shakli va muddati, shuningdek ushbu farqni qaytarish muddati belgilanishi zarur.
2.16. Aksiyalarni sotib olish (aksiya narxi va yangi nominal qiymati o‘rtasidagi farqni qaytarish) 30 kundan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bank tomonidan oddiy aksiyalarni sotib olish (aksiya narxi va yangi nominal qiymati o‘rtasidagi farqni qaytarish) bozor narxiga muvofiq ravishda, imtiyozli aksiyalar esa - jamiyat ustavida ko‘zda tutilgan narxda amalga oshiriladi.
2.17.Ustav kapitalini kamaytirish uchun Litsenziyalash departamentiga quyidagilar topshiriladi:bank ustav kapitalini kamaytirish uchun rozilik berish to‘g‘risida iltimosnoma;mazkur Nizomning 2.15-bandiga muvofiq bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi qarori (davlat yagona muassisi hisoblangan bank uchun hukumat qarori).
2.18. Taqdim etilgan hujjatlar Litsenziyalash departamenti tomonidan ko‘rib chiqiladi, ular qonunchilik va mazkur Nizom talablariga mos kelgan hollarda Banklarni ro‘yxatga olish komissiyasiga ustav kapitalini kamaytirishga rozilik berish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rozilik berish bir oy muddat ichida amalga oshiriladi.
2.19. Bank ustav kapitalining kamaytirilishiga rozilik berilmasligi uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:ustav kapitalining kamaytirilishi natijasida Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy me’yorlar hamda bank ustav kapitali eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablarning buzilishi ehtimoli yoki har qanday aksiyador ishtiroki ulushi ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan miqdordan oshishi;taqdim etilgan hujjatlarning qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlari talablariga mos kelmasligi;ustav kapitalining kamaytirilishi omonatchilar manfaatlariga va bank moliyaviy ahvoliga aniq xavf solishi mumkinligi.
Markaziy bankning ustav kapitalini kamaytirishga rozilik bermasligi asoslangan bo‘lishi va oxirgi zarur hujjat olinganidan keyin bir oy muddat ichida yozma ravishda bankka yuborilishi lozim.
2.20. Aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yo‘li bilan ustav kapitalini kamaytirishda bank quyidagilarni bajarishi zarur:
2.20.1. Bankning barcha aksiyalarini nominal qiymati kamaytirilgan aksiyalar bilan almashtirish uchun yig‘ib olishi;
2.20.2. Aksiyadorlarga aksiya narxi va aksiyalar yangi nominal qiymati o‘rtasidagi farqni to‘lashi;
2.20.3. Aksiyalarni ro‘yxatga oluvchi organ talablarini bajarishi.
Xulosa
Bankning o'z resurslari bank kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni ifodalaydi. Rol va kattalik ustav kapitali tijorat banklarining o'ziga xos xususiyati borki, u boshqa faoliyat bilan shug'ullanuvchi korxona va tashkilotlardan farq qiladi, chunki banklar o'z mablag'lari hisobidan mablag'larga bo'lgan umumiy ehtiyojning 10 foizdan kamrog'ini qoplaydi. Odatda davlat banklar uchun o'z mablag'lari va qarz mablag'lari o'rtasidagi nisbatning minimal chegarasini belgilaydi. Bankning o'z resurslari zarur shart moliya bozorida uning barqarorligi. Bank tuzishning dastlabki bosqichida o'z mablag'lari ustuvor xarajatlarni qoplaydi, ularsiz bank o'z faoliyatini boshlay olmaydi. Kelgusida banklar o'z resurslari hisobiga o'zlari kamaytirishi kerak bo'lgan zaxiralarni yaratadilar kredit xavfi o'z resurslari uzoq muddatli aktivlarga investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. O'z mablag'lari ulushi bank umumiy majburiyatlarining 12% dan 20% gacha. Resurslar va tijorat banklarini boshqarishga alohida e'tibor qaratish kerak, bu mablag 'to'plash bilan bog'liq faoliyat, bu mablag' manbalarining hajmi va tegishli tuzilishini joylashtirish bilan bevosita bog'liqligini aniqlash. Banklar o'z va qarz mablag'larini ishlatganda eng muhim vazifa bir vaqtning o'zida bank aktivlarining maksimal rentabelligini va likvidlikning maqbul darajasini ta'minlashdir
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Daromadning asosiy hajmi banklarga kredit investitsiyalari, qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar va investitsiyalar hisobidan taqdim etiladi; Bankning umumiy likvidligi resurslarni yuqori likvidli aktivlarga joylashtirish orqali ta'minlanadi: markaziy bank va boshqa tijorat banklaridagi korrespondentlik hisobvaraqlarida. Resurslarning ma'lum bir qismi banklar tomonidan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishga sarflanadi. Bunday aktivlar likvid emas va daromad keltirmaydi, deb tavsiflanadi, lekin ular boshqa tadbirkorlik sub'ektlari kabi bankning normal ishlashini ta'minlash uchun zarurdir.

Download 235.5 Kb.
1   2




Download 235.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsiyalar vazirligi

Download 235.5 Kb.