|
O‟zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 31/82 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272089 |
Bog'liq avtomatik rostlagichTuzilishi va turlari. Avtomatik rostlagich boshqarilayotgan kattalikni o`lchash, bu kattalikni berilgan topshiriq bilan taqqoslash hamda boshqarilayotgan ob`ektga tizimga quyilgan talablarga asosan boshqaruv ta`siri hosil qilish uchun ishlatiladigan texnik qurilmalar majmuasidan iborat.
Avtomatik rostlagich umumlashtirilgan holda quyidagi tarkibga ega:
5.2.1-rasm. Avtomatik rostlagichning umumlashgan sxemasi
TBQ-topshiriq beruvchi qurilma; TQ- taqqoslovchi qurilma;
RQ- rostlash qurilmasi;
IBQ- ish bajaruvchi qurilma; O`Q- o`lchovchi qurilma; BO- boshqaruv ob`ekti;
AR- avtomatik rostlagich.
Avtomatik rostlagich tarkibiga TBQ, O`Q, IBQ lar ham kirish mumkin (5.2.1-rasm).
Avtomatik rostlagichlar ushbu belgilar bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi:
Qaysi maqsadga mo`ljallanganligiga asosan:
harorat rostlagichi,
kuchlanish rostlagichi,
tezlik rostlagichi,
bosim rostlagichi,
sath rostlagichi va x.k.z.,
Ishlatiladigan energiya turiga asosan:
gidravlik,
pnevmatik,
elektrik,
aralash va h.k.z.
Kirish signalining vaqt bo`yicha o`zgarishiga asosan:
uzluksiz,
uzlukli (releli, impul`sli, raqamli),
Ishlash algoritmiga asosan:
proporsional,
integral,
proporsional-integral,
proporsional-integral-differensial,
holat,
o`zgarmas tezlikli rostlagichi.
Ishlash algoritmi yoki rostlash qonuni deb rostlagichning chiqish va kirishini bog`lovchi matematik ifodaga aytiladi.
|
| |