Quvvat va har oratni rostlash usullari




Download 1,8 Mb.
bet41/82
Sana23.09.2024
Hajmi1,8 Mb.
#272089
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
avtomatik rostlagich

Quvvat va har oratni rostlash usullari


Isitish elementlarini ulash sxemasi va ularnig soni uskunaning quvvati ham da quvvatni rostlash talablariga qarab aniqlanadi.


Elektrik isitish uskunasining quvvatini
U 2
Р
R
formulaga muvofiq ta‘minlovchi kuchlanishni yoki isitish elementlarining qarshiligini o‘zgartirib rostlash mumkin.
Qishloq xo‘jalik uskunalarini ta‘minlovchi tarmoqning kuchlanishi 380/220 V ga teng qilib olinadi. Xizmat ko‘rsatish xavfli bo‘lgan (ayniqsa, zax binolardagi, isitish elementlari ochiq va xokazo) uskunalar uchun 36, 24 yoki 12 V li past kuchlanish ishlatiladi.
Elektrik isitish uskunalarining quvvatini rostlash va issiqlik rejimlarini boshqarish uchun isitish elementlarini har xil kuchlanishga qayta ulash usuli keng qo‘llaniladi. Bir fazali uskunalarda elementlarni faza kuchlanishidan liniya kuchlanishiga va, aksincha, liniya kuchlanishidan faza kuchlanishiga ulash, uch fazali uskunalarda esa «yulduz» dan «uchburchak»ga almashlab ulash mumkin. Pasaytirilgan kuchlanishda ishlaydigan isitish elementli uskunalarda pasaytiruvchi transformatorning ikkilamchi kuchlanishi pog‘onali o‘zgartiriladi.
Isitish uskunasining quvvatini va har oratini uning qarshiligini o‘zgartirib rostlash uchun elektrik isitish elementlarinig ulanish sxemasini o‘zgartirish kerak. Buning uchun har bir fazada isitish elementlarining bir qancha seksiyasi o‘rnatiladi. Bu seksiyalarni navbat bilan yoki ham masini baravariga ketma-ket, parallel yoki aralash (ketma-ket-parallel) ulash mumkin. Bu tadbirlar va «yulduz» dan
«uchburchak» ka almashlab ulash usuli birgalikda elektrik isitish uskunasining quvvatini va shunga muvofiq ravishda har oratli rejimini keng diapazonda rostlashga imkon beradi. Qishloq xo‘jalik elektrik uskunalarining quvvati va har oratini rostlashning bu usuli keng qo‘llaniladi. Isitish uskunalarinig quvvati o‘zgarmas bo‘lganda har orat isitish elementlarini ulash va uzish yo‘li bilan rostlanadi. Isitish elementlarini ulash va uzish operatsiyalari dastaki usulda yoki avtomatik bajariladi. Buning uchun rubilniklar, paketli uzgichlar, magnitli ishga tushirgichlar, kontaktorlar va boshqa kommutatsiyalovchi apparatlar ishlatiladi.Molxonalarda, qishloq xo‘jalik maxsulotlari omborida, quritgichlarda,
issiqxonalarda uskunaning issiqlik berish ish unumi o‘zgarmas bo‘lganda xavo har orati ventilyasiyaning ta‘sirini kuchaytirish yoki kamaytirish, ya‘ni ventilyatorning ish unumini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanadi.Elektr bruderlarda har orat rejim bruderning osilish balandligini va ulanish sxemasini o‘zgartirish (lampalar guruxini parallel yoki ketma-ket ulash) orqali rostlanadi. Elektrodli suv isitkichlarning quvvatini rostlash uchun elektrodlar orasida tok o‘tadigan yo‘l qisman to‘siladi. Oqimli suv isitkichlarda suvning har oratini beriladigan suv miqdorini o‘zgartirib rostlanadi.

Download 1,8 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quvvat va har oratni rostlash usullari

Download 1,8 Mb.