|
O‟zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 50/82 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272089 |
Bog'liq avtomatik rostlagich9.2.1-rasm. Mikroiqlimni boshqarishning MK VAUZ tizimini blok sxemasi.
1- har orat datchigi; 2- o’lchov ko’prigi; 3- har oratni qo’lda rostlash buyurtmasi; 4- kuchaytirgich demoldulyator; 5- siljish tuguni; 6-baza kuchlanish buyurtmasi; 7- differensialni belgilangan har oratga rostlash buyurtmasi; 8 – minimal kuchlanish buyurt-masi; 9, 9’, 9’’- tiristorlarni fazo-impulsli boshqarish tizimi; 10- tiristorlar; 11, 12 – ta’minlash bloklari;
Kuch bloki boshqaruv zanjirida qo‘llanuvchi tiristorlar ximoya elementlari transformatorlar joylashgan sovitgich guruxiga maxkamlangan. Boshqaruv bloki ikkita plata va boshqaruv panelidan tashkil topgan: rostlash tizimining asosiy qismi, ham da tranzistorli kuchaytirgichlar va impulsli transformator joylashtirilgan. 9.2.2-rasmda sozlash va signal berish uchun qo‘llanuvchi va boshqaruvchi elementlarning panel sxemasi ko‘rsatilgan.
SA2 qayta qo‘shgich holati xona uzunligi bo‘yicha joylashtirilib, parallel ishga tushiruvchi TSM (ITA) tipidagi datchiklarning soniga mos kelishi kerak. SA1 qayta qo‘shgich R6, R7, R8, R9 rezistorlari bilan birga har orat datchigi xisoblanadi. AI ning holati berilgan har oratni 0, 10, 20 va 30 0 S gacha ortishini
ko‘rsatadi. Qolgan elementlarning belgilanishi sxemada ko‘rsatilgan yozuvlarga mos keladi.
9.2.2-rasm. TSU-2-KLUZ boshqarish stansiyasi old panelining ulanish
sxemasi
Inkubatorlarda har orat rejimini avtomatik rostlash
Parrandalarni inkubatorlarda etishtirish uchun butun fizikaviy sharoitlar kompleksini ta‘minlash zarur. Eng muxim faktor issiqlikdir.
Xozirgi zamon elektr inkubatorlarida issiqlik rejimlarini avtomatik rostlash tizimlarini ko‘rganda, ularninng bir jarayonida tuzilganini va umumiy tartibga ega ekanini aniqlash mumkin. Inkubatorlar har oratini avtomatik rostlash funksional sxemasi 9.3.1-rasmda keltirilgan.
9.3.1-rasm. Inkubatorlar har oratini avtomatik rostlash funksional sxemasi.
Ikkita ta‘sir zanjirining har biri komanda organi K, ijrochi organ I va rostlash ob‘ektini ulaydi. Rostlash ob‘ekt-lari sifatida inkubatorni isitish tizimi N yoki uni sovitish tizimi O xizmat qiladi.Isitish tizimini boshqarish zanjiri inkubatordagi xavo har orati sozlanma har orat 1 dan kam bo‘lganda ishlaydi. Har orat 1 ga etganda komanda organi kn isitish elementlarini uzishga signal yuboradi. Xozirgi zamon inkubatorlarida K element sifatida kontaktli termometrlar va atrof- muxit har orati ma‘lum darajaga etganda ishga tushadigan manometrik relelardan foydalaniladi. Isitish tizimida ijrochi organlar sifatida MKU-48 tipidagi va boshqa oraliq relelar xizmat qiladi. Agar isitish tizimi uzilganda inkubatordagi har orat oshishda davom etsa, sovitish tizimi ishga tushadi. Sovitish tizimining komanda organi Ko, isitish tiziminikidan farqli o‘laroq, sozlanma qiy-mat 2 dan yuqori har oratda signal beradi. Barcha inkubatorlarda sovitish tizimining sozlanma qiymati
2 isitish tizimining sozlanma qiymati 1 dan katta bo‘ladi. Masalan, ―Universal-
50‖ inkubatorida isitish tizimining sozlanma har orati 1=37,40, sovitish tizimining sozlanma qiymati esa 2=37,90 S.
Sovitish tizimining komanda organlari sifatida isitish tizimidagi elementlarning o‘zi qo‘llaniladi. Bu tizimning ijrochi organi ventilyatorlar ustida joylashgan sovitish klapanlarini ishga soladi. Sovitish klapanlari inkubatorga yangi xavo kiritadi, natijada har orat pasayadi.
Sovitish tiziminig komanda organi bu tizimiga, shuningdek, signal zanjiriga ham ta‘sir etib, har oratning o‘ta ortishi to‘g‘risida xabar beradi. Ijrochi organlarni uch xil vaziyatga (<1, 1< va >2) o‘tkaza oladigan ko‘rib chiqilgan releli tizim uch pozitsiyali deb ataladi.
|
| |