Issiqlik generatorini boshqarish sxemasi (TG-2,5; 1,5)




Download 1,8 Mb.
bet48/82
Sana23.09.2024
Hajmi1,8 Mb.
#272089
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
avtomatik rostlagich

Issiqlik generatorini boshqarish sxemasi (TG-2,5; 1,5)


Issiqlik generatori ikki pozitsiyali ravishda qo‘l va avtomatik tartibida boshqarilishi mumkin. Avtomatik tartibida RT-2-04 tipidagi 2 pozitsiyali har orat rostlagichilardan foydalanish mumkin.
Issiqlik generatorlarining tipik boshqaruv sxemasi 3 xil boshqaruv tartibiga
ega:

  • ventilyasiya qurilmasini qo‘l yordamida boshqarish;

  • isitishni qo‘l yordamida boshqarish;

  • isitishni avtomatik tartibda boshqarish.

Avtomatik rejimda boshqarishda SA1 va SA2 tumblerlari "Avtomatik" holatiga o‘tkaziladi. Xona har orati pasayishi bilan SK1 (RT-2) har orat rostlagichining qo‘shgichlari qo‘shilib KT prog-rammali vaqt relesi ishga tushadi. Bu holda issiqlik generator avtomatik ravishda ishga tushadi.
KT vaqt relesi qo‘shilgandan so‘ng 5 minutdan keyin KT-2 qo‘shgichi qo‘shiladi va SA1:3, KT3, har orat datchigi SK3 orqali KM2 magnit ishga tushirgich ishlay boshlaydi. Bu holda yonish kamerasining xavoni xaydash motori ishlay boshlaydi.

    1. Chorvachilik xonalarini go‘ngdan tozalash jarayonini avtomatlashtirish

Ushbu jarayon asosan transporterlar va pnevmotransport uskunalari yordamida amalga oshiriladi.Eng oddiy texnologik liniya TSN-3B transporterlari yordamida qo‘l rejimi va avtomatik rejimda ishlashi mumkin (8.3.1-rasm). Avtomatik rejimda SA tumbleri qo‘shiladi yoki SB5 bosiladi.




8.3.1-rasm. Go’ng yig’ish liniyasinig boshqaruv sxemasi.
KT1 vaqt relesi ishga tushadi va KM3, KM4 magnit ishga tushirgich gorizontal ham da qiya transporterlarni ishga tushiradi. Telejka go‘ng bilan to‘lgach og‘irlik datchigi ishga tushadi va SQ3 oxirgi o‘chirgichi KT1 releni ishdan to‘xtatadi. Bir oz vaqt o‘tgach, go‘ngdan bo‘shatish uchun kerak bo‘lgan vaqt ichida avval gorizontal, so‘ngra qiya transporterlar ishdan tuxtaydi.
Shu vaqtda KT2 ishga tushadi va KT1 ni ishlash vaqtida ko‘proq vaqt ichida KM1 magnit ishga tushirgichni ulaydi. Telejka omborga jo‘natiladi va bu erda avtomatik ravishda bo‘shatiladi, so‘ngra SQ1 yordamida orqaga qaytadi. Aravaning qaytishi SQ1 bilan to‘xtatiladi va KT1 ulanadi, ish jarayoni qaytariladi. Go‘ngni yig‘ish tamomlanganda arava uzatish to‘xtaydi, SQ3 oldingi holatda qoladi. KV relesi zanjiridagi KT1:3 kontakti qurilmaninng ish vaqtidan
ko‘p bo‘lgan vaqt ichida qo‘shiladi va KV:1 kontakti qurilmani ishdan to‘xtatadi.

Download 1,8 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqlik generatorini boshqarish sxemasi (TG-2,5; 1,5)

Download 1,8 Mb.