• Tayanch so’zlar va iboralar
  • Yo’l harakatini tashkil etish
  • Davlat ahamiyatidagi daraja.
  • Vazirliklar darajasi.
  • Muhandis xizmati darajasi.
  • Harakatni tashkil etishning maqsad va vazifalari tayanch so’zlar va iboralar




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana08.02.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #153512
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 тема




    1-bob. YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY 
    YO’NALISHLARI 
     
    1.1. HARAKATNI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
     
    Tayanch so’zlar va iboralar: harakat; qonun; me’yor; transport oqimi; 
    xavfsiz harakat. 
    Avtomobil yo’llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir 
    haydovchi o’ziga qulay harakat tartibini tanlaydi hamda o’zi tanlagan harakat 
    tartibining boshqa harakat qatnashchi-lariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. 
    Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat tartibiga 
    ta’sir qilishi muqarrar. Yo’l harakatida avtomobillarning o’zaro ta’siri harakat 
    miqdori qancha ko’p bo’lsa, shuncha orta boradi.
    Yo’l harakatini tashkil etish – transport vositalari oqimini maksimal 
    darajada yo’lning geometrik o’lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil 
    bo’laklarida xavfsiz harakat tartibini va yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlashga 
    qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo’l harakatini tashkil etish tamoyillari 
    transport oqimini to’g’ri yo’naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo’yicha 
    guruhlarga ajratishga, har bir yo’l bo’lagi uchun rastional tezliklarni belgilashga, 
    haydovchilarga o’z vaqtida harakat marshruti va yo’l sharoiti to’g’risida axborot 
    berishga qaratilgan. 
    Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish (harakatni 
    boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor ob’ektlarini «yashil to’lqin», «yashil 
    ko’cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi – sekinlashuvchi, reversiv, rezerv 
    tasmalardan foydalanish, ba’zi bir ko’chalarni bir tomonlama harakatga o’tkazish 
    va h.k.) chorrahalarni har xil sathda o’tkazish, shuningdek, transport vositalarining 
    harakat marshrutini rastional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo’l harakatini 
    tashkil etishda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida avtobus va 
    trolleybus, 
    shuningdek, 
    yalpi 
    yuk 
    tashuvchi 
    avtomobillarning 
    optimal 



    harakatlanish grafigini to’g’ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig’iz soatlarda 
    harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo’l bo’laklaridagi 
    transport oqimining harakatini aylanma yo’llar orqali o’tkazishga intiniladi. 
    Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama 
    radio aloqa o’rnatiladi. Bu esa harakat o’zgarishini yo’lda nazorat qilish imkonini 
    beradi. Yo’l harakatini tashkil etishda quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: 
    «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni; 
    yo’l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; 
    yo’l va ko’chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari. Shuningdek, harakat 
    xavfsizligi bo’yicha soha me’yoriy hujjatlari. 
    Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo’ldagi transport 
    vositalari va piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir-biridan farqlash lozim. 
    Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo’l 
    xo’jaliklari, yo’l harakati xavfsizligi organlari va hokimiyat vakillari 
    shug’ullanadilar.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo’l harakatini tashkil qilishning asosiy 
    maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo’lning turli 
    bo’lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o’tkazish tushuniladi. 
    Harakatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    – transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash; 
    – avtomobillarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini har qanday ob-havo 
    sharoitida ta’minlash va eng yaxshi yo’l sharoitlarini vujudga keltirish; 
    – harakat xavfsizligini yo’lning har qanday bo’lagida va turli ob-havo 
    sharoitlarida ta’minlash; 
    – atrof-muhitni bulg’atmaslik; 
    – transport vositalarining va yo’l inshootlarining tez ishdan chiqmasligini 
    ta’minlash. 
    Harakatni tashkil qilish bo’yicha qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli 
    bajarish uchun turli vazirliklar, korporastiyalar, konsternlar, uyushmalar va 
    hokimiyatlar darajasida keng ko’lamli faol ishlar olib borilishi zarur. Harakatni 



    tashkil qilishdagi echiladigan masalalar ko’lamiga qarab, ularni uch darajaga 
    bo’lish mumkin: 
    1.  Davlat ahamiyatidagi daraja. Bu darajada yo’lda harakatlanish qonun va 
    me’yorlari tuziladi, «Avtomobil – haydovchi – yo’l – piyoda – muhit» tizimidagi 
    elementlarga talab standartlashtiriladi, yo’l tarmog’ining rivojlanish rejalari 
    tuziladi, davlat miqyosida avtomobillashtirish ko’lami muvofiqlashtiriladi. 
    2.  Vazirliklar darajasi. Bu daraja yo’lovchilarni va yuklarni tashishni 
    takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini ishlab chiqarish; yo’llarni 
    qurish, ta’mirlash; yo’lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vositalarni 
    ishlab chiqarish; haydovchilarni tayyorlash va yo’l qoidalarini yo’l harakati 
    qatnashchilariga targ’ibot qilish masalalari ko’rib chiqiladi. 
    3.  Muhandis xizmati darajasi. Bu darajada yo’lda harakatni tashkil qilish 
    bo’yicha izlanishlar; yo’lning xavfli bo’laklarida harakatlanish sharoitlarini 
    yaxshilash; yo’lning turli bo’laklarida bo’ylama va ko’ndalang ko’rinishni 
    yaxshilash; transport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish; harakatni tashkil 
    qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalarni tatbiq etish va ishlatish; haydovchilar 
    va piyodalarning yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borish 
    masalalari hal qilinadi. 

    Download 0,53 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Harakatni tashkil etishning maqsad va vazifalari tayanch so’zlar va iboralar

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish