11
-
umumiy
foydalanishdagi
avtomobil
yo’llarini loyihalash, qurish,
rekonstrukstiya qilish, ta’mirlash va saqlashda yo’l harakati xavfsizligi sohasidagi
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi;
- yo’l harakati qatnashchilarini yo’l qoplamasining holati, gidrometeorologik
va boshqa sharoitlar to’g’risidagi zarur axborotlar bilan ta’minlaydi;
- avtomobil yo’llarining harakatlanish uchun xavfli
uchastkalarini aniqlaydi
va bu uchastkalarda yo’l harakatini tashkil etishni takomillashtirish bo’yicha chora-
tadbirlarni ko’radi;
- og’ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport
vositalarining qatnov yo’nalishlarini
belgilashda ishtirok etadi, shuningdek yo’l
servisi ob’ektlarini joylashtirishga rozilik beradi.
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Davlat Yo’l
Harakati Xavfsizligi Xizmati:
- yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha davlat dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- yo’l harakati xavfsizligi sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi;
- yo’l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo’l
harakati qoidalariga
hamda boshqa qonun hujjatlarining yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid
qismiga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- og’ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport
vositalarining qatnov yo’nalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
- foydalanishdagi transport vositalarining texnik
holati ustidan nazoratni
amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik ko’rigini o’tkazadi;
- yo’llarning va temir yo’llarni kesib o’tish joylarining saqlanishi, ularning
yo’l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
O’zbekiston respublikasida harakat xavfsizligini ta’minlash
borasida olib
boriladigan yo’l tashkilotlaridagi,avtotransport korxonalaridgi, ichki ishlar vazirligi
yo’l harakat xavfsizligi xizmat boshqarmalaridagi, turliy vazirliklardagi,
boshqarmalardagi, shahar va tuman
xokimiyatlari miqyosidagi, shunindkek,
12
xususiy firma va idoradagi barcha ishlar O’zbkiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasi xuziridagi “Yo’l harakat xavfsizligini ta’minlash kommisiyasi”
tomonidan 1.2. rasmda ko’rsatilgan tizim bo’yicha amalga oshiriladi.
1.2-rasm. O’zbekiston Respublikasida harakat xavfsizligini ta’minlovchi xalq
xo’jaligi tarmoqlarining bog’lanish tizimi.
Maxsus vakolatli
davlat organlari
Davlat
qo‘mitalari,
departamentlar,
vazirliklar,
kompaniyalar,
uyushmalar,
konsernlar,
boshqarmalar,
tashkilotlar,
korxonalar,
MChJ, OAJ, YoAJ,
fondlar va h.k.