13
1.3. XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISHDA SHAHAR KO’CHA-
YO’L TARMOQLARINING O’RNI
Tayanch so’zlar va iboralar: ko’cha-
yo’l tarmoqlari; magistral ko’challar;
tarmoq zichligi; yonilg’i sarfi; vaqt yo’qotish: chiqindi gazlar; transport
shovqini;tor va berk ko’cha.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo’l sohasining roli
katta bo’lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga faol qarab borishi maqsadida uni
yuqori
darajadagi
avtomagistrallar
bilan
ta’minlash,
transport
kommunikastiyalarini a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi,
bu esa birinchi
navbatda avtomobil yo’llarini va shahar ko’cha-yo’l tarmoqlarini ustuvor tarzda
rivojlantirib borishni talab etadi.
O’zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo’laklarini
shakllantirish bo’yicha markaziy tadbirlar o’tkazilmoqda hamda Respublika va
chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil yo’llari integrastiyasi va hamkorlik
bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi Prezident va Vazirlar
Mahkamasining qarorlarini misol qilib ko’rsatish mumkin:
– Prezidentning 2018 yil 27 noyabr 4035-sonli «Avtomobil yo’llarini qurish
va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg’or xorijiy uslublarini
joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 may
VM-377-sonli «O’zbekiston Respublikasi yo’l xavfsizligini ta’minlash
tizimini
yanada takomllashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi;
Shunindek 2 fevral 2021 yili O’zbekiston, Afg’aniston va Pokiston oliy
darajadagi uchrashuvida “Mozori Sharif-Qobil-Peshavor” 573km lik temir yo’l
qurilishi loyihasiga kelishildi. Bu kelishu natijasida bizni mamlakatimizdan dengiz
portlariga borish 15-16 kunga qisqarishi kutilmoqda. Kelishilgan loyihani amalga
oshirish uchun O’zbekiston Rkspublikasining janubiy viloyatlardagi umum
14
foydalanuvdagi avtomobil yo’l
tarmoqlari hamda Termez, Qarshi, Denov va
boshqa
shaharlani
yo’l-ko’cha
tarmoqlarini
transport-ekspulatastion
ko’rsatkichlarini oshirish talab etiladi.
O’zbekiston Respublikasi etarli darajada zich avtomobil yo’llar tarmog’iga
ega. 2019 yil 1 yanvar holatiga ko’ra respublikamizdagi yo’llarning umumiy
uzunligi 184000 km, shu jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari
42695 km ni tashkil etadi. Respublika bo’yicha umumiy avtomobil yo’l
tatmog’inig zichligi 41.0/100 km.kvadratni tashkil etadi.
Quyida Toshkent va Namangan shaharlarining ko’cha-yo’l tarmoqlarini
xavsiz harakatlanishga ta’siri to’g’risida to’htalamiz.
O’zekiston respublikasida 2013 yil statistik ma’lumotlariga ko’ra jami
shaharlar soni 119 tani tashkil etadi.Shaharlar aholi yashash soniga nisbatan
quydagi turlarga bo’linadi (1.1-jadval).