YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA «AVTOMOBIL-YO’L-




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.02.2024
Hajmi0,53 Mb.
#153512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 тема
daftar ichi, loyiha (2), 2-mavzu, 3-mustaqil ishi mavzular (2), Amonov Obidjon ELEKTRONIKA 1, дадабаева ИАКТТ китоб, 1, portal.guldu.uz-umumiy pedagogika va psixalogiya fan dasturi, Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy pedagogik psixolog, MUZAFFAROVA L.N., БУВАШЕРОВ ДИЛШОД, HTMLda Web sahifalar yaratish mavzusini o\'qitish metodikasi 3, afzalshox , саволлари, Induvidal loyiha Axmadxonov Nuriddin
 
1.2. YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA «AVTOMOBIL-YO’L-
HAYDOVCHI-PIYODA-MUHIT»VA HALQ XO’JALIGI 
TARMOQLARINING O’ZARO BOG’LIQLIGI 
 
Tayanch so’zlar va iboralar: Avtomobil; haydovchi; yo’l; piyoda; avtomobil 
– haydovchi; haydovchi – yo’l; avtomobil – piyoda; yo’l – piyoda; harakat – 
muhit;vazirlar mahkamasi;mahalliy davlat hokimiyati va maxsus vakolatli davlat 
organlari. 
Avtomobil yo’llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi 
mexanik va mexanik bo’lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki 



harakatda bo’lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim 
mavjuddir. Bu tizim yo’l harakati deb ataladi.
Yo’l harakatining muammolari va maxsus tomonlari, eng avvalo, 
«Avtomobil-haydovchi-yo’l-piyoda» tizimi orqali belgilanadi. Ular o’z navbatida 
atrof-muhitda faoliyat ko’rsatadilar (1.1-rasmga qarang). 
Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y 
(yo’l), P (piyoda), M (muhit). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko’rsatibgina 
qolmasdan, atrof-muhit bilan ularning har biri chambarchas bog’liq bo’ladi. 
1.1-rasm. «Avtomobil – haydovchi – yo’l – piyoda – muhit» tizimi. 
Muhit deb, atrof-muhitning yo’l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan 
ta’siri tushuniladi va u quyidagi omillardan tashkil topadi: ob-havo (metrologik 
ko’rinish, yog’ingarchilik, shamol, harorat); tabiiy landshaft (tekislik, qir-adirlar, 
tog’lik, er osti-usti suvlari va h.k.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz 
chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.). «A-H-Y-P-M» tizimida mexanik 
«Avtomobil-yo’l» (A-Y) va biomexanik «Haydovchi - avtomobil» (H-A), 
«Haydovchi-yo’l» (H-Y), «Piyoda-avtomobil» (P-A) va «Piyoda-yo’l» (P-Y) 
hamda biologik «Haydovchi-piyoda» (H-P) tizimlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
«A-Y-H-P-M» tizimi optimal ravishda faoliyat ko’rsatishda tizimdagi 
avtomobil, haydovchi, yo’l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarining alohida hamda 
ularning birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P, A-P va boshqa tasniflari katta ahamiyatga 
ega. 
АHYP 
YP 
АP 
AH 
HY 


А 

Harakat muhiti 



Avtomobil transportining konstruktiv o’lchamlari (parametr-lari) yo’l 
harakatining tasnifiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik 
o’lchamlari tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va engil 
boshqarilishi muhim o’rin egallaydi. 
Avtomobil yo’li «A-Y-H-P-M» tizimi faoliyatiga o’zining geometrik 
elementlari o’lchamlari va transport-ekspluatastion sifatining o’zgarishi orqali 
ta’sir etadi.
Yo’l harakati xavfsizligi, eng avvalo, haydovchining ishonchliligiga, uning 
tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog’liq. 
Piyodalar yo’l harakatida alohida o’rin egallaydilar. Ular yo’l harakati 
qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo’l sharoitlarida 
harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo’l harakati 
xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda «A-H-Y-P-M» tizimdagi har bir 
tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini 
optimallashtirish orqali erishish mumkin.
Quyida O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligini turli tarmoqlarini 
harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi o’zaro bog’liqlari to’g’risida to’xtalib 
o’tamiz. 

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA «AVTOMOBIL-YO’L-

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish