|
Kompleks texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari
|
bet | 69/82 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272089 |
Bog'liq avtomatik rostlagichKompleks texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari. Bular murakkab va turli xil asosiy ham da yordamchi jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bo‘lib, bunda asosan 4 va 5 sinf TJABTlarini qo‘llash maqsadga muvofiq. SHuningdek, EXMlarda tizimning matematik ta‘minotini yaratganda, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni xisoblashda va texnologik jarayon ham da texnologik komplekslarni to‘la optimallashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlab chiqarish bo‘limlarining ishini taxlil qilib, uning kelgusidagi rivojlanishini belgilaydi.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan bosh-qarish tizimlarning asosiy vazifalari
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlar murakkab, ko‘p vazifali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning ko‘p vazifaliligi qator faktorlar bilan ifodalanadi, ya‘ni: identifikatsiyalash; kontrol, ximoya va blokirovka; rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bo‘ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi ko‘p sonli aloqalarning borligi; ayrim ob‘ektlarni bosh-qarishning markazlashuvi va, nixoyat, turli vazifalarni bajarishda bir xil texnikaviy vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. TJABTlar bajargan vazifalarni quyidagi uch guruxga bo‘lish mumkin: informatsion, boshqaruv va yordamchi.
TJABTlarning informatsion vazifalari ishlab chiqarish xodimlariga (operatorlaga, dispetcherlar) texnologik jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi xaqida aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz maxsulotlarning kamayishiga olib keladi:
texnikaviy va texnologik axborotlarni to‘plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar holatining kattaliklarini bilvosita o‘lchash; 3)
texnologik jarayon va uskunalar kattaliklarining holatini belgilash ham da signal berish; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunalarni xisoblash; 5) yuqori va qo‘shni tizimlarga ham da boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon kattaliklari, texnologik uskunalar holati va xisoblash natijalarini qayd qilish; 7) jarayon kattaliklari va uskunalar holatida berilgan miqdordan farqlarini nazorat va qayd qilish; 8) texnologik uskunaning ximoya va blokirovka vositalari ishini taxlil etish; 9) texnikaviy vositalar komplekslari holatini tashxis qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko‘rsatmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo‘shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta‘minlash.
Texnologik jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABTlarning boshqarish vazifasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta‘sirlari operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin yoki operatorga ma‘lum bir ko‘rsatmalar ko‘rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi mumkin), yoxud operator ko‘rib chiqqandan so‘ng avtomatik tarzda ta‘sir etishi mumkin. TJABT larning boshqarish vazifalari quyidagilardan iborat:
texnologik jarayonning ayrim kattaliklarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish (ximoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko‘p aloqali rostlash; 5) diskret boshqarishda programmali va mantiqiy operatsiyalarni bajarish; 6) texnologik jarayonning turg‘un holatini optimal boshqarish; 7) texnologik jarayonning noturg‘un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik ob‘ektni optimal boshqarish.
TJABT larning yordamchi vazifalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor maxsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o‘zgartishlar kiritish; 2) xisoblash masalalarini xal etish; 3) texnologik uskunalarning to‘la ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g‘ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko‘rsatish;
5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta‘minlab berish; 6) tizimning texnologik
vositalari buzilishini oldindan ko‘rsatish.
|
| |