|
Bo`lim bo`yicha nazorat savollari
|
bet | 68/82 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272089 |
Bog'liq avtomatik rostlagich
Qishloq xo‘jalik texnikalarini ta‘mirlashda qanday texnologik jarayonlar mavjud?
Qishloq xo‘jalik texnikasini tashxislash nima va uning bosqichlari qanday?
Tarkibiy kattaliklar bo‘yicha tashxislash usuli qanday bajariladi?
Akustik tashxislashning afzalliklari va kamchiliklari qanday?
Agregatlarni yuvish, ajratish, yig‘ish, jarayonlarida qanday avtomatik nazorat, rostlash tizimlari qo‘llanadi?
Detallarni tiklashning galvaniq usullarini qachon qo‘llash mumkin?
Avtotraktor motorlarini chiniqtirishning qanday usullarini bilasiz?
CHiniqtirish jarayonini avtomatik ravishda qanday uskunalar yordamida amalga oshirish mumkin?
Umumiy ma‘lumotlar
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samaradorlik ham da mexnat unumdorligini oshirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini (TJABT) yaratish va tatbiq etishdir. Xisoblash texnikasi asosida yaratilgan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlar, texnologik komplekslarni boshqarishda maxsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini ma‘lum texnologik va texnik–iqtisodiy mezonlardan foydalanib, axborotlarni markazlashgan tarzda xisoblaydi. Qishloq xujaligi ishlab chiqarishida o‘zgarib turadigan tashqi muxitning ta‘sirlari sharoitda ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish TJABT ning asosiy masalasidir.
TJABTlarni quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga bo‘lish mumkin: 1) avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xususiyati bo‘yicha (uzluksiz va diskret uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni); 2) boshqarish ob‘ektlarining murakkabligi bo‘yicha; 3)funksional algoritmik belgisi bo‘yicha (tizim xisoblaydigan boshqarish masalalari ko‘lami va axborot xajmi); 4) tizimning texnikaviy darajasi bo‘yicha.
Boshqarish ob‘ektlarining murakkablik darajasi sifatida nazorat qilinayotgan kattaliklar va boshqaruv ta‘sirlarining miqdori ifodalanadi.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi yordamida texnologik jarayonlarni avtomatik va avtomatlashtirilgan (odam ishtirokida) ravishda tashkil etish mumkin, uning ishlab chiqarishning ABTsidan prinsipial farqi ham shudir, odam bunda korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish zanjirida ishtirok etadi.
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, ya‘ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi xisoblash mashinasiga (BXM) axborotlar xajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi, ularning miqdori boshqarish vazifasi va ob‘ektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarni algoritmik ta‘minlashda qo‘shimcha talablar vujudga keladi: ular o‘zlarini iqtisodiy jixatdan oqlashlari lozim, ya‘ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bo‘yicha, ikkinchidan esa BXMning xotirasidan foydalanish xajmi bo‘yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o‘z vaqtida
«ko‘rib chiqish» kerak. Bu talablarga iterativ siklik xisoblash (staxostik approksimatsiya yo‘li bilan xisoblash, rekursiv regressiya yo‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni xal qilishda foydalanish mumkin:
1) texnologik kontrol va texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni xisoblash vazifalarini o‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish; 2) ko‘p o‘lchashli, raqamli bosh- qarishda; 3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda; 4) optimallash va koordinatlarda.
Texnikaviy darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABTni lokal, kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin.
Lokal TJABTlar – kam miqdordagi bir turli asosiy yoki yordamchi
operatsiyalar texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (apparat, qurilma, agregat). Bu oraliq jarayon bo‘lib, u yanada murakkab tizimga
o‘tishi lozim. Bunday tizimlar avtomatik ravishda bajarilayotgan vazifalarining kamligi bilan tavsiflanadi va bunda TJABT ning 0, 1, 2 sinflarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
|
| |