-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI (2 SOAT)




Download 386,08 Kb.
bet57/66
Sana15.05.2024
Hajmi386,08 Kb.
#234492
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy

10-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI (2 SOAT)
REJA

  1. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, ma’naviy va ruhiy zo‘ravonlik. Milliy qonunchilikda axborot hurujlari.

  2. Davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan sirlar.

  3. Prezident asarlari, farmonlari, hukumat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida media savodxonlik va axborot madaniyatini himoyalanishi.

  4. Xalqaro normalarda axboriy himoya.

Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog`i samarali va mo`tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo`yicha ilg`or axborot-kommunikatsiyalar texnolopshtarini qo`llash kengayadi. Turli xildagi axborot xududiy joylashishidan qatiy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet xalqaro kompyuter tarmog`i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat ushbu komp'yuter tarmog`i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo`qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog`i davlat boshqaruvini tubdan o`zgartirmoqda, ya'ni davlat axborotning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotga noqonuniy kirish, ulardan foyddlanish va yo`qotish kabi muammolar dolzarb bo`lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va ajratmas qismi bo`lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi prioritet masalalariga aylanmoqda. Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo`nalishlarini qayd etish mumkin. Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma'lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo`llanilgan. Ulardan biri — sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o`qiy olmagan. Asrlar davomida bu san'at — sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o`n yil oldin hamma narsa tubdan o`zgardi, ya'ni axborot o`z qiymatiga ega bo`ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o`g`irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug`iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo`lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo`lishiga olib keladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot o`zining hayotiy davriga ega bo`ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo`lmaganda yo`qotishdan iboratdir . Axborot hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi turlicha baholanadi.

Download 386,08 Kb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Download 386,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI (2 SOAT)

Download 386,08 Kb.