O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 386,08 Kb.
bet55/66
Sana15.05.2024
Hajmi386,08 Kb.
#234492
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy

I nternet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohanrabodek tortmoqda.
Lekin masalaning ikkinchi, g`oyat e`tibortalab jihati ham bor. Ba`zi mamlakatlarda virtual olamga g`arq bo`lish oqibatida o`zining yoxud o`zgalarning joniga qasd qilish odatiy holga aylanayotgani ham sir emas. Yoki qator davlatlarda real hayotni virtual hayotga almashtirgan, ruhiy nosog`lom bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etilayotganini ham hech kim inkor etolmaydi.
K ompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun vaqtini ham, pulini ham, alaloqibat salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib bormoqda. Bolg`a bilan uy qurish ham, boshni yorish ham mumkin. Bugun yoshlarimizning, ayniqsa, bolalar va o`smirlarning internetdan foydalanishini shu ikki holatning qay biriga qiyoslash to`g`ri bo`ladi?
Taassufki, so`nggi paytlarda ko`ngilni g`ash qiladigan bunday holatlar ko`p kuzatilmoqda
– Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma`lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar bo`lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko`ra, deylik, pornografik, tanishuv saytlariga kirib yoki onlayn o`yinlari bilan kun o`tkazish kayfiyatida bo`lganlardir.
Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o`ziga bo`ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o`smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, onlayn o`yinlarini o`ynovchilar ham asosan o`smirlardir. O`smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o`ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o`g`il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn o`yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
V irtual olamda insonning vaqtni idrok qilish tizimi buziladi, ijtimoiy faolligi kamayadi. Kompyuter qarshisida vaqt o`tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. Virtual vositalarning salbiy ta`siri ma`naviy-axloqiy tanazzul bilan chegaralanib qolmay, insonning immun tizimini susaytirmoqda, umurtqa pog`onasi va ko`z kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.

Download 386,08 Kb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Download 386,08 Kb.