• Birinchi
  • Maqsadli auditoriya
  • Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar




    Download 386,08 Kb.
    bet52/66
    Sana15.05.2024
    Hajmi386,08 Kb.
    #234492
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy

    Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar
    Mediaauditoriya – OAVning, shuningdek ommaviy axborot taqdim etuvchi boshqa manba va yetkazib beruvchilarning mahsulotidan har kuni foydalanadigan aholi, bolalar va kattalar hisoblanadi. Mediaauditoriyani o‘rganishning ikkita an’anaviy usuli mavjud. Birinchi usulda mediamahsulotdan foydalanuvchi barcha iste’molchilar, yoki media va kommunikatsiya sanoati o‘zi uchun “maqsadli auditoriya” deb hisoblaydiganlar o‘rganiladi. Ikkinchi yondashuv esa qabul qilish nazariyasiga asoslangan, ya’ni auditoriya tarkibiga media va axborotni qabul
    qilish va talqin etishning faol ishtirokchilari kiritiladi. Bundan tashqari, ushbu maqsadlarda faoliyat nazariyasi ham qo‘llaniladi, ya’ni media bilan faol o‘zaro hamkorlik va ishtirok tahlil qilinadi. Ayniqsa, iste’molchilar tomonidan kontent yaratilishi o‘rganilganda shu jihatga alohida e’tibor qaratiladi.
    Maqsadli auditoriya o‘z ichiga yoshi, jinsi, daromadi miqdori yoki qiziqishlari kabilarga ko‘ra umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan o‘quvchi, tomoshabin va tinglovchilarni qamrab oladi. Bular aniq guruh bo‘lib, unga mo‘ljallab media va boshqa tashkilotlar kontent yaratadi va o‘z yangiliklarini taklif etadi. Masalan, reklama beruvchilar o‘ziga muayyan auditoriyaga chiqish (ta’sir ko‘rsatish) imkonini beradigan efir vaqti yoki joyni sotib olishdan manfaatdor bo‘ladi. Xususan, televidenie sohasida reklama beruvchilar praym-taym (eng qiziqarli dasturlar efirga uzatiladigan) vaqtini sotib olishni ma’qul ko‘radi.
    Har safar mediamatnni o‘qigan yoki tinglagan vaqtimizda bizga ma’lum bir medianing maqsadli auditoriyasi sifatida qarash mumkin. Bizning munosabatimiz shaxsiy ijtimoiy bilim va tajribamizga tayanadi, biz ularni mazkur matnni anglash jarayonida qo‘llaymiz. Biz mediadan xabar yoki axborot qabul qilganimizda uni o‘z dunyoqarashimiz va mafkuramizdan kelib chiqqan holda talqin etamiz.
    Shunday bo‘lishi ham mumkinki, matnning ma’lum bir qismini qabul qilish, boshqa unsurlarini rad etish orqali ham uning ahamiyatini buzib yuborishimiz mumkin. Film yoki fotosurat mohiyatining tuzilishi (kamera rakursi, surat ko‘rinishi, redakturasi va boshqalar vositasida) ham auditoriya tomonidan turlicha talqin qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi.
    Raqamli medianing keng tarqalishi urg‘uning bosma va efir orqali tarqatiladigan axborot uchun xos bo‘lgan an’anaviy “bitta–ko‘pchilikka” kommunikatsiya modelidan “o‘zaro teng” muloqot modeliga ko‘chishiga sabab bo‘ldi.
    Bunda jamoaviy ijod va kontent almashinuvi, ya’ni media bilan va media vositasida turli o‘zaro munosabatlar osonlashadi. Raqamli kontent ko‘pdan ko‘p qurilmalar, radio, televidenie, shaxsiy kompyuterlar, eng muhimi esa, uyali telefon orqali ommabop bo‘lib bormoqda. Aynan uyali telefon kontentning barcha turlarini yetkazib berishda yetakchi vosita sifatida alohida o‘rin egallamoqda.
    Ovozni, tasvirni, tovushni va ma’lumotlarni raqamlashtirish hamda ularning konvergensiyasi auditoriyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi ufqlarni ochib bermoqda. Bundan tashqari, onlayn kommunikatsiya va texnologiyalari foydalanuvchi kontentini yaratish hamda auditoriyaning mediakontent yaratishda ijodiy ishtiroki uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Masalan, endi yangilik-xabarlarga va ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga munosabatni interfaol tarzda bildirish mumkin. Internet vositasida O‘zbekistonda ham fuqarolar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar faollashib bormoqda. Aynan Internet aholiga hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati xususidagi axborotni tezkor uzatish, turli tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega interfaol xizmatlarni amalga oshirish imkonini bermoqda.

    Download 386,08 Kb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




    Download 386,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar

    Download 386,08 Kb.