• 3. Yoshlar mediakontentni do‘stlariga tavsiya etadi
  • 4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi
  • Media va ijodkor yoshlar
  • Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi




    Download 386,08 Kb.
    bet49/66
    Sana15.05.2024
    Hajmi386,08 Kb.
    #234492
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy

    1. Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi.
    Kommunikatsiyaning mobilligi deganda “ko‘p kanallilik” tushuniladi. Yoshlar vaziyat va o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi.
    2. Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko‘rishadi.
    Foydalanuvchilar ko‘plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi videoklipni ko‘rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning buzilishi ehtimoli yuzaga keladi.
    3. Yoshlar mediakontentni do‘stlariga tavsiya etadi.
    Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro‘ yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi.
    4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi.
    Bir vaqtning o‘zida medianing bir necha turi qo‘llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o‘zida radio tinglashi, jurnal o‘qishi va Facebookda do‘stlari bilan muloqot qilishi mumkin.
    5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo‘ladi.
    Deyarli barcha o‘smirlarning qo‘lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3-pleer bo‘ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda. Makondagi joylashuvni o‘rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol misol bщla oladi.
    Media va ijodkor yoshlar
    Media turli ideal, qadriyat va dunyoqarashlarni taklif etadi. Kasbiy nuqtai nazardan, yoshlar taqdim etilayotgan media modellar orqali o‘zining ijodiy qiyofasini belgilab oladi, turli mass-medialarda yetakchilik qilayotgan ustoz-jurnalistlar imiji bilan o‘zini qiyoslab ko‘radi. Teleko‘rsatuv, ijtimoiy media va kontentning boshqa ko‘rinishlari vositasida ijodkor yoshlar shaxsiy kontenti orqali o‘z qadriyatlarini va olam bilan munosabatlarini shakllantiradi.
    Yaratilayotgan mediaresurs orqali ular o‘z tengdoshlariga ta’sir ko‘rsatishi, ijtimoiy xulq-atvor va xatti-harakatning ma’lum modellarini taklif etishi mumkin.

    Download 386,08 Kb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




    Download 386,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi

    Download 386,08 Kb.