|
Kimyo sanoatining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni
|
Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 21,08 Kb. | | #142898 |
Bog'liq amaliy 4
Mavzu: Kimyo sanoatining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni.
Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, mineral o'g'itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Sho’rsuv oltingugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
1940-yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» AJ) mahsulot bera boshladi.
1962-yilda Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi (bugungi kunda «Farg'onaazot» AJ) ishga tushirildi.
1964-iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi.
1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyatlari azotli o'g'itlar: ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqandkimyo» va «Qo'qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari fosforli o'g'itlar: ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta'minlaydi. «Elektroximzavod» AJ QK o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo'lish mumkin:
mineral o'g'itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi;
organik kimyo, sun'iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi;
o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi;
kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi.
«O'zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170 dan ortiq kimyo mahsulotlari turlari ishlab chiqariladi.
Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 15,0 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,5 % ni tashkil etdi.
Xususan:
Superfosfatlar ishlab chiqarish – 3,2 martaga oshdi;
Formaldegid ishlab chiqarish – 2,0 martaga oshdi;
Karbamid ishlab chiqarish – 35,6 foizga oshdi;
Akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar, suv muhitida ishlab chiqarish – 15,1 foizga oshdi;
Dinatriy karbonati (kalsiy sodasi) ishlab chiqarish –2,0 foizga oshdi;
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (36,2 %), Navoiy viloyati (14,6 %), Qashqadaryo viloyati (14,5 %) hamda Toshkent viloyati (14,1 %) hissalariga to‘g‘ri keldi.
|
| |