|
PARHEZ SHIRIN TAOM VA ICHIMLIKLAR
|
bet | 17/20 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,47 Mb. | | #120318 |
Bog'liq kurs ishiPARHEZ SHIRIN TAOM VA ICHIMLIKLAR
1-son parhez dasturxoni uchun shirin taom va ichimliklar nordon bo’lmagan rezavor-mevalardan tayyorlanadi. Ular kisel, jele-muss va mevasi ezilgan kompot ko’rinishida bo’ladi. 2-son parhez dasturxoni uchun xuddi 1-son parhez dasturxoniga o’xshash taom va ichimliklar tayyorlanadi, lekin bunda nordonroq rezavor-mevalar ishlatilishi ham mumkii. 5-son parhez dasturxoni uchun yaxshi pishib yetilgan rezavor-mevalardan turli xil taom va ichimliklar tayyorlash mumkin. Rovoch kompoti (2-son parhez dasturxoni). Qaynab turgan suvga shakar solib aralashtirilib, qaynash darajasiga ko’tarilgandan so’ng, tozalanib qalinligi 1,5—2 sm da kesilgan rovoch solinib, olov o’chiriladi, biroz qalampir munchoq sepib, idish qopqog’i yopilgan holda sovitiladi. Tarqatishda stakanga quyib beriladi. Prostokvasha yoki kefir jelesi (2, 5-son parhez dasturxoni). Bo’ktirilgan jelatin plita ustida eritilib, shakar qo’shib aralashtiriladi, shakari erigach, 50—60°C 312 darajagacha sovitilib, bir xil aralashtirilgan prostokvasha yoki kefirga qo’shib, tayyorlangan qolipgasolib, sovuqxonadaqotiriladi.Tarqatishdaqolipdan bo’shatilib, ustidan murabbo kuyib beriladi. Olma suflesi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Yuvilgan olma palladia shaklida kesilib urug’i va o’zagidan tozalanib, qovurish shkafida yopiladi. Sovitilib elak yoki mashinada ezilgach, shakar bilan aralashtirib, quyuqlashguncha qaynatiladi. So’ng 70°C darajagacha sovitilib, ko’pirtirilgan tuxum oqini qo’shib yog’langan porsiyali tovaga solib 180—200°C darajadagi qovurish shkafida 12—15 minut davomida yopiladi. Tarqatishda biroz sovitilib, porsiyalai;ga boiingan holda yoki o’z porsiyali tovasida ustidan shakar uni sepilib beriladi. Alohida idishda sut yoki qaymoq bilan beriladi. N a’matakdan tayyorlangan darmondorili ichimlik (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Saralab yuvilgan na’matak mevasi ustidan qaynab turgan suv (1:10) solinib, qaynash darajasiga ko’tarilib, past olovda 10 minut qaynatiladi va qopqog’i yopilgan holda bir kecha-kunduz hisobida tindirib, sovitiladi. Tayyorlangan ichimlik elakdan o ‘ tkazilib, suzilib, shakar aralashtiriladi. Saqlash uchun muzxonadan foydalaniladi. Bir kunda iste’mol qilinadigan ichimlik miqdori 100 g dan oshmasligi kerak. Agar bu ichimlik tozalangan na’matak mevasidan tayyorlansa, uni 2—3 soat tindirish kifoya. 1 / ichimlik uchun; na’matak (butun holdagi mevasi) 100 g yoki toealangan na’matak po’sti 50 g, shakar 100 g. Limonli sabzi sharbati (2-son parhez dasturxoni). Limon po’sti tozalanib, siqib suvi olinadi. Po’sti mayda to’g’ra-lib, shakar qo’shib, suvda biroz qaynatiladi. Ishlovdan o ‘ tgan sabzi qirg’ichdan o ‘ tkazilib, tayyorlangan suyuqlik bilan aralashtirilib, biroz ushlangandan so’ng doka orqali suziladi. Suzib olingan ichimlikka siqib olingan limon sharbati qo’shib aralashtiriladi. 1 / ichimlik uchun: sabzi 1875 g, shakar 100 g, limon 133 g, suv 100 g. Xamirturushli ichimlik. Xamirturish (50 g) maydalanadi, ozgina qaynoq suv quyib, tugunchalari yo’qoIguncha aralashtiriladi. Xamirturish sovigandan keyin unga 200 g normagacha non kvasi qo’shiladi. Bunday ichimlik kamqonlik kasalliklariga, qandli diabetga va 11 parhez taomlariga tavsiya etiladi. Guruch pishirilgan suv chernika bilan ( 1, 2-son parhez dastur-xoni). Saralab yuvilgan guruch suvda ezilarli darajada pishirilib, dokada suzib olinadi. Bu suyuqlikka shakar va chernika sharbati qo’shilib qaynash darajasiga ko4arilib, elakdan o’tkazib suziladi. 1 / ichimlik uchun: guruch 75 g, suv 1500 g, chernika sharbati 150 g, shakar 75 g.
|
| |