|
O’zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 19/20 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,47 Mb. | | #120318 |
Bog'liq kurs ishiIII.Xulosa
Kasalliklarni davolash va ulaming oldini olish uchun ishlatiladigan taomlar parhez yoki davolovchi taom deb ataladi. Parhez taomlar umumiy ovqatlanish qoidalariga asoslangan bo‘lib, sifat jihatdan muhim ozuqaviy mahsulotlar bilan balanslangan bo‘lishi kerak. Parhez taomlarini kasalxonalarda, sanatoriylarda, parhez taomli oshxonalarda, ochiq umumiy ovqatlanish korxonalarining parhez taomlari boiim larida, o ‘quv korxonalari, zavod, fabrika, institut va boshqa korxonalarning kasallik oldini olish boMimlarida va boshqa joylarda tashkil qilish mumkin. Parhez, insonni salomat va sodiq saqlash uchun muhim amaldir. Bu maxsulot va tarkibiy moddalar to'plamini kontrol qilishni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda ko’pgina chet davlatlari qatorida o’zimizning diyorimizda keng tarqalgan kasalliklardan biri bu – semizlikdir. Bu kasallikning asosiy kelib chiqish sabablaridan biri bu - noto’g’ri ovqatlanish hisoblanadi. Bu kasallik bilan inson uchun xavfli kasalliklardan hisoblanadi.Bizning diyorimizda ko’pchilik bunga e’tibor berishmaydi ammo aslida bu kasallikdan qutulish ya’ni ortiqcha vazndan qutulish uchun parhez taomlardan iste’mol qilish kerakligini bilishsa ham qilishmaydi.Ko’pchilik o’zlaricha parhez retsept tuzib olishadi va buning uchun mutaxasis yoki shifokotga borib ko’rinish shart emas deb o’ylaydi. Aslini olganimizda bu xato hisoblanadi chunki mutaxasis yoki shifokor bizga to’g’ri va tez fursatda foyda beradigan tavsiyalarni berishadi. Mening fikrimcha sog’lom insonlar ham ba’zida parhez qilib turishlari o’zlarini sog’lig’i uchun foydali bo’ladi deb hisoblayman. Sababi biz parhez qilganimizda kunlik tanavul qiladigan taomlarimizdan yengilroq taomlarni iste’mol qilamiz va oshqozon ichak tizimiz uchun bu biroz yengil bo’ladi. Oldindan oshqozon- ichak tizimimizda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklarni oldini olgan bo’lamiz.
Parhez taomlar iste'mol qilishda sog'liqni saqlash va salomat hayotga olib kelishda muhim rol o'ynaydi. Har qanday parhez taomni tanlashda, tadqiqotlarga e'tibor bering va shaxsiy xususiyatlar va talablaringizni hisobga oling. Bunda juda ko'p taom turlari parhez qilib tayyorlanishi mumkin va bu taomlar salomatlik va sog'liqni saqlash uchun muhim bo'ladi.
|
| |