152
Bundan tashqari, biogaz qurulmasidan qoldiq sifatida chiqayotgan bioo‘g‘it yerga
solinsa, hosildorlikni (25 – 30) %ga oshiradi. Mineral o‘g‘it sarfini (15 – 20)% ga
qisqartiradi. Bu fermer xo‘jaliklari uchun mo‘l hosil olish va mineral o‘g‘itdan
tejamkorlik bilan foydalanish uchuniqtisod bo‘ladi.
Biogaz qurulmasining hajmi qanchalik katta bo‘lsa, undan olinadigan biogaz,
elektr energiya va bioo‘g‘it shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuni hisobga olib, biogaz
qurilmasi uchun sarflangan mablag‘ shuncha tez qoplanib, foyda bera boshlaydi. Agar
fermer xo‘jaligi rahbari katta hajmdagi biogaz qurulmasini barpo etsa, olinayotgan
biogazning o‘z ehtiyojidan ortgan qismini fermer xo‘jaligiga yaqin joylashgan aholiga
sotishi yoki issiqxonalar barpo etib, qish kunlari ham bozorga mahsulot olib chiqib,
qo‘shimcha katta daromad keltirishi mumkin.
Biogaz ishlab - chiqarishni asosiy va foydalanish xarajatlari biogaz qurulmalarini
asosiy loyiha va foydalanish ko‘rsatkichlarini yig‘indisi bilan uzviy bog‘liq.
Go‘ngga ishlov berish va biogaz qurilmalarining tuzilish ko‘rsatkichlarini
aniqlash bo‘yicha masalalarning yechilishi, quyida keltirilgan usul asosida amalga
oshiriladi: deyarli barcha zamonaviy biogaz qurilmalar isitiladigan reaktorlarni
ishlatishga asoslangan, ya’ni metanogenez jarayonining amalga oshishi uchun doimiy
ravishda energiya (issiqlik, elektr yoki boshqa bir turdagi, shular qatori qayta
tiklanmaydigan) saflanadi.
Biogazdan olingan energiya summasi, uni ishlab chiqarish saflangan energiya
summasidan ancha ko‘p bo‘lgandagina texnologiya samarali hisoblanadi, ya’ni biogaz
olish shartlari quyida keltirilgan formula asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
3
,