Avtobusning yo‘l varaqasini rasmiylashtirish




Download 473,73 Kb.
bet13/15
Sana14.12.2023
Hajmi473,73 Kb.
#118982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
72 kurs ishi

2.5. Avtobusning yo‘l varaqasini rasmiylashtirish
1.Avtobus — haydovchining joyini hisoblamaganda, o‘tirish uchun o‘rindiqlari 8 tadan ortiq bo‘lgan va yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi;
2.Yo‘l varaqalari va naryadlar blankalari yo‘lovchilar tashishlarini amalga oshiruvchi avtotransport vositalarining, shu jumladan yo‘nalishsiz taksilarning ishini taʼriflovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun "Chipta-hisob varaqalari".
3.Yo‘l va chipta-hisob varaqalarini to‘g‘rilash va bo‘yashga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Yo‘l va chipta-hisob varaqalarida yo‘ldagi oraliq avtovokzallarida (avtostansiyalari) va oxirgi to‘xtash punktlarida amalga oshiriladigan barcha yozuvlarning to‘g‘riligini haydovchi shaxsan kuzatib borishi shart.
5. Chipta-hisob varaqalari ikki qismdan iborat: chipta-hisob varaqasi (yirtish chizig‘igacha) va nazorat varaqasi (yirtish chizig‘idan so‘ng). Ikki qismini ham to‘ldirish majburiydir.
6. Chipta-hisob varaqalarini to‘ldirishda navbatchi dispetcherlar, chipta g‘aznachilari, haydovchilar (konduktorlar), yo‘nalish dispetcherlari, avtovokzallar (avtostansiya) va oraliq g‘aznachilari hamda tushumni qabul qiluvchi g‘aznachilar ishtirok yetadilar.
7. Chipta-hisob varaqasi bo‘yicha quyidagilar: chiptalarning seriyalari va raqamlari bo‘yicha aniq sarflanganligi, sotilgan chiptalar uchun tushum hajmi, bajarilgan qatnovlar soni, shu jumladan, reja bo‘yicha, aslida, jadvalni buzgan holda (muntazamlik ko‘rsatkichi) hamda tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi-kilometr bo‘yicha umumiy natijalari aniqlanadi.
8. Chiptalarni sotish bo‘yicha hisobdor shaxslar (haydovchi, konduktor) ish boshlanishidan oldin chiptalarni sotish uchun avtovokzal yoki avtostansiyaning navbatchi dispetcheriga chipta-hisob varaqalarini, ulardagi seriyalari va raqamlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun taqdim yetishlari lozim.
9. Avtokorxonaning foydalanish bo‘limi boshlig‘i chipta-hisob varaqalari to‘g‘ri olib borilishi va to‘ldirilishi uchun masʼuldir, shuningdek, har kuni ularning ushbu Yo‘riqnomaga muvofiqligini tekshirib boradi.
10. Yo‘l varaqalari rekvizitlari (2-ilova): avtotransport vositasi yegasining nomi (shtamp), yo‘l varaqasining raqami, oy, yil, haydovchining familiyasi, ismi, sharifi, tabel raqami, boshqarish huquqiga yega guvohnoma raqami, toifasi, avtobusning rusumi, davlat raqami va seriyasi, garaj raqami, — oyning boshlanishiga qadar foydalanish bo‘limida to‘ldiriladi.
11. Yo‘l varaqasini ishlash, tayyorlash dispetcher va avtotransport vositasi ishiga javobgar bo‘lgan foydalanish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l varaqasini ishlash, tayyorlashni boshlashdan oldin yo‘nalish dispetcheri, g‘aznachi yoki avtovokzal (avtostansiya) dispetcheri va haydovchilar tomonidan chipta-hisob varaqasida qayd yetilgan barcha yozuvlar puxta tekshirib chiqilishi lozim.
Chipta-hisob varaqasida qayd yetilgan yozuvlar asosida avtotransport vositasi, haydovchining bir kunda yoki bir smenadagi ish yakunlari belgilanadi va ular yo‘l varaqasining tegishli grafalariga kiritiladi.
Old tomonidagi 1, 2, 3, 6, 7, 8 gr.dagi maʼlumotlar yo‘l varaqasining ikkinchi betidagi 1, 2, 3, 4, 5, 6 gr.ga o‘tkaziladi.
12. Yo‘l varaqasining ichki tomonidagi "Boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi" 7 grafasiga yo‘l varaqasining 4 betidagi 3 bo‘limidagi "Avtotransport vositasini boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi haqida maʼlumotlar" kiritiladi.
13. Ish yakuni bo‘yicha asosiy maʼlumotlarni aniqlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi (yo‘l varaqasining ichki tomoni):
a) naryaddagi soatlar (yo‘l varaqasining ikkinchi beti) (8-gr.) avtotransport vositasining garajga qaytib kelgan vaqt va garajdan chiqib ketgan vaqtdan, jadval bo‘yicha haydovchi uchun ajratilgan tushlik va dam olish vaqtlarining ayirmasidan qolganlari hisobidan belgilanadi;
b) yo‘nalishdagi ish vaqti (9-gr.) avtotransport vositasining yo‘nalishdagi ish vaqti hajmini (10-gr.) tashkil yetishi lozim, buyurtma bo‘yicha (12-gr.): zaxiraviy, navbatchi (13-gr);
v) yo‘nalishdagi (10-gr.), shu jumladan, jadval bo‘yicha (11-gr.) ish soatlari, avtotransport vositasining ish boshlanishi punktiga yetib kelgan palladan faqat yo‘nalishda ishlaganidan va uning oxirgi punktdan garajga kirib kelganigacha bo‘lgan soatlar soni bo‘yicha aniqlanadi. Bu soatlarga quyidagilar: buyurtma bo‘yicha ishlagan soatlar, yo‘nalishda samarasiz bekor turib qolgan soatlar, ish vaqtida garajga kirilgan va tushlik tanaffuslari, bekorchi vaqtlar kirmaydi.
14. Avtotransport vositasining buyurtma bo‘yicha ishlagan soati (12-gr.) tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan naryad bo‘yicha aniqlanadi va:
a) haydovchining buyurtma bo‘yicha to‘liq ish kuni — garajdan chiqib ketgan palladan, tushlik vaqtini ayirgan holda, garajga qaytib kelgan pallagacha ishlagan taqdirda;
b) avtotransport vositasi yo‘nalishdan, uni yo‘nalishga qaytarmagan holda, chiqarib olinganda — avtotransport vositasi yo‘nalishdan chiqarib olingan palladan uning garajga qaytib kelganigacha;
v) avtotransport vositasi yo‘nalishdan vaqtincha, uni yo‘nalishga qaytarilishi sharti bilan chiqarib olinganda — avtotransport vositasi yo‘nalishdan chiqarib olingan palladan uning jadvalga qaytib tushgan pallagacha hisoblanadi; Yo‘nalishdan vaqtincha chiqarib olingani va uni qayta jadvalga tushirilgani to‘g‘risida yo‘nalish dispetcheri chipta-hisob varaqasida tegishli yozuvni qayd yetadi.
15. "Zaxira", "Navbatchi" 13 gr.da navbatchilikga sarflangan vaqt yoki zaxirada bekor turib qolgan soatlar qayd yetiladi.
16. 14-grafada bekorchi soatlar qayd yetiladi.
17. Yo‘nalishda bekor turib qolishlar (15-gr.) yo‘nalishda texnik va foydalanish sabablari bo‘yicha bekor turib qolish soatlarining yig‘indisini yo‘nalish dispetcherlari, avtovokzal (avtostansiya) boshliqlari tomonidan yozgan qaydnomalar asosida aniqlanadi.
18. Haydovchining yo‘nalishda ishlagan tungi soatlari (shu jumladan, buyurtma bo‘yicha) soat 22-00 dan 6-00 gacha hisoblanadi (16-gr.);
Bayram soatlari bayram kirib kelgan kun soat 00 dan soat 24 gacha (16-gr.
19. 17-grafada "Yakuniy tayyorgarlik vaqti" Podgotovitelno-zaklyuchitelnoye vremya" hisoblash qulay bo‘lishi uchun foydalanish bo‘limida chiqish va qaytish uchun 0,3 soatdan qo‘yiladi.



Download 473,73 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 473,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtobusning yo‘l varaqasini rasmiylashtirish

Download 473,73 Kb.