|
Yo‘nalishda avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi
|
bet | 12/15 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 473,73 Kb. | | #118982 |
Bog'liq 72 kurs ishi2.4. Yo‘nalishda avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi.
Nozimlik boshqaruv murakkab tizim bo‘lib u quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Nozimlik boshqaruv tiziminig asosiy tarkiblari.
Nozimlik boshqaruvi tizimining qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tizim o‘zining funksional vazifalarini bajarayotganida tezkorlikni, aniqlikni, boshqaruvning yeng yangi va zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashni taʼminlashligi kerak. Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi shahardagi avtobus saroylari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchilarni tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va harakat chastotasiga qarab 5 ta guruhga ajraladi:
Guruh Shahar aholisi soni
1 50 ming kishigacha
2 50-100 ming kishigacha
100-250 ming kishigacha
250-500 ming kishigacha
500 ming kishidan ko‘p
Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari va tarkibiy qismlari rasmlarda keltiilgan.
Nozimlik boshqarish texnologiyasining tarkibiy qismlari.
Yo‘nalishda avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi
Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportining ishini tashkil yetish va boshqarish texnologiyasining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Bugungi kunda mavjud adabiyotlarda nozimlashtirish - avtotransport vositalarining harakatini bir markazdan boshqarish va sozlash manosida qo‘llanib kelinayapti. Yo‘lovchi tashuvchi transport ishini ratsional tashkil yetish ishlari ikki qismdan iborat bo‘ladi. 1. Birinchisi tashkiliy masalalar, yani yo‘lovchi tashish rejasini ishlab chiqish va asoslash. 2. Ikkinchi masala-boshqaruv masalalari. Bu masalalar o‘z ichiga yo‘nalishlarda transport harakatini nazorat qilish va boshqarish hamda tashish bo‘yicha tasdiqlangan rejani bajarilishini taʼminlash. -81 - Birinchi masala bilan avtokorxonalarninig tasarruf xizmati bo‘limi shug‘ullanadi. Boshqaruv masalalari bilan yesa nozimlik xizmatchilari shug‘ullanadilar. Nozimlik xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - avtobuslarni harakat jadvaliga amal qilgan holda saroydan chiqishini taʼminlash va nazorat qilish; - avtobuslar harakatini yo ʼ nalish jadvalida belgilangan tartibda kelishini "Avtomobillarda yuk va yo‘lovchilar tashish asoslari"kuzatish va nazorat qilish. - avtobuslarning harakati yo‘nalish jadvalida belgilangandan farq qilgan holatda harakat yo‘nalishini qayta tiklash. - yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida avtobuslar harakatini boshqarish. - harakat muntazamligini taʼminlash va hokazo. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruv tizimi Avtobuslar harakatini muvofiqlashtirish vakolatlari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi unging bo‘limlariga hamda Toshkent Shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga yuklatilgan. Ular hokimiyat ijro yetuvchi organi hisoblanib transport tarmog‘i va yo‘nalish tizimining rivojlanish istiqbollarini rejalashtiradi. Yo‘lovchi avtomobil transportida harakatni nozimlik boshqarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan bo‘ladi. Bu yesa o‘z navbatida avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat yetish va butun avtobus tarmog‘i bo‘yicha harakatni tezkor boshqarish imkonini beradi. Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik markaziy nozimlik xizmatining bo‘limi boshlig‘i tamonidan amalga oshiriladi. Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U o‘z smenasida yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, harakatni muntazamligiga va avtobuslardan samarali foydalanishga javobgardir. Nozimlik tizimi avtobuslarni safarga chiqarishga tayyorlash va chiqarishni tashkil qilish, yo‘nalishlarda harakatni boshqarish va o‘z vaqtida saroyga kelishini taʼminlash bilan bog‘liq barcha faoliyatlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi saroy ichi va yo‘nalish nozimligiga ajratiladi. Nozimlik hisobati tahlili maʼlumotlari asosida nozimlik xizmati harakatni tashkil qilish rejasini takomillashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni kiritadi. Ushbu tavsiyalar nozimlik yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Nozimlik xizmati ishining sifatini taʼminlash uchun unda ishlayotgan har bir xodimning mansab yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak
|
| |