|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 54/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limSosiometrik metod. Bu metod kichik guruh a'zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Bunga Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh a'zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning
qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan malumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma'lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi.
Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sosiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o’zgartirilgan yangi turlari ishlab chiqarilgan. Bular shaxsning bir-birini tanlash motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sosiometriyaning Ya.M.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to’laroq axborot beradi.
Aviasiya psixologiyasi (lot. Avis - qush - yunon, psyche - pyx logos - tushuncha, ta'limot) - psixologiya tarmoqi bo’lib, uchuvchilar shaxsi va turli uchish faoliyatining psixik xususiyatlarini o’rganadi.
Akmeologiya (yunon. Akme yuksak pog’ona, ziyraklik, yuqori, logos - tushuncha ta'limot) - tibbiyot, ijtimoiy va tabiiy fanlarning tutashuvida maydonga kelib, fenomenologiyani, inson taraqqiyotining qonuniyat va mexanizmlarini, insonning kamolotga erishish pog’onasida uning bu taraqqiyoti ancha yuqori darajaga erishuvini o’rganadigan fan.
Biografik metod (yunon. bios - hayot, grapho - yozaman, ko’rsataman) - odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar orqali o’rganish usuli.
Boshqarish psixologiyasi - psixologiya fanining boshqarish faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi sohasi.
Genetik metod (denetikos - kelib chiqishga oid, methodos - tekshirish, tadqiqot) - psixik holatlarning paydo bo’lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o’rganish usullari.
|
| |