|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 88/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limIchki nutq - nutq faoliyatining ovoz chiqarmasdan ifoda etiladigan alohida
turi.
Kommunkasiya (lot. communio - aloqa, fikr olishuv ma'lumot berish) - til va
boshqa belgilar vositasida axboro berish.
Monologik nutq - bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Muloqot - ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir - biriga ta'sir etishi.
Nizo - o’zaro ta'sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama - qarshi qiziqishi.
Nutq - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan shakli.
Nutq madaniyati - muloqot jarayonida ma'lum til normalariga asoslangan holda ma'noli nutqni ifoda etish.
Pantomimika (yunon. panto - mimos - hamma narsaga taqlid qiluvchi)- inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonasiyalar bilan birga uning psixik holatini, ayniqsa, his – tuyg’ularini ifodalovchi harakatlari.
Pedagogik muloqot - o’qituvchining o’quvchi bilan muloqotda bo’lishi.
Refleksiya (lot. Reflexus - aks ettirish) - odam bilimlarining o’z - o’ziga, o’zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik holatlariga qaratilishi.
Resipient (lot. Recipientis - qabul qiluvchi kishi) - o’ziga yo’llangan xabarni qabul qilib oluvchi kishi.
Empatiya (yunon. empatheia - birgalikda dardlashmoq) - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyati.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Muloqot haqida tushuncha.
Muloqot turlari va vazifalari.
Muloqotning verbal va noverbal vositalari.
Muloqot shaxslararo o’zaro tasir etish.
Muloqot insonlarning bir-birini tushunishi.
Muloqot texnikasi va usullar.
Pedagogik faoliyatda muloqot.
Til va nutq tushunchalarining mazmuni.
Muloqot va muomala tushunchalarining mazmuni.
Identifikasiya tushunchalarining mazmuni.
Refleksiya tushunchalarining mazmuni.
Sterotipizasiya tushunchalarining mazmuni.
Noverbal vositalar muloqotda qanday ahamiyatga ega.
|
| |